MS DOS operatsion tizimi
Reja:
1. MS DOS operatsion tizmi qisqacha tarixi
2. MS DOS opertasion tizimining yaratilishi
3. MS DOS operatsion tizimi asosiy buyruqlari
4. MS DOS opertasion tizimining ichki buyruqlari
5. MS DOS opertasion tizimining tashqi buyruqlari
6. MS DOS operatsion tizmida ishlash imkoniyatlari
7. Kataloglar bilan ishlash
8. Fayllar ustida amallar
9. Bosmaga chiqarish
10. MS DOS ning tashkil etuvchilari va ularning asosiy vazifalari
11. MS DOS ning asosiy qismlari
12. MS DOS ning yuklash algoritmi
Kirish
Operatsion tizim - kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U
foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira,
disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni
bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy
dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli
(interfeys)ni ta’minlaydi.
Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari
bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi
darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur
bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.
Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini
qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish,
ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi
axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". Hatto bir disketdan
ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab bo‘lmagan amalni
bajarish uchun ham (fayl - bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot
tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga
tushirish, ularning ijrosini tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish,
jadvallaridan axborotni izlash hamda ularga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha
minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar quyidagilar tufayli
murakkablashadi:
·
disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning
hammasi bilan ishlay olishi kerak. Foydalanuvchi uchun turli formatdagi disketalar
bilan ishlash mutlaqo bir xil bo‘lishi kerak;
·
disketalarda fayl ma’lum bir maydonni egallaydi, foydalanuvchi aynan qaysi
uchastkalar ekanligi haqida hech narsani bilmasligi kerak. Fayllarni joylashtirish
jadvallarga xizmat ko‘rsatish, ulardan axborot izlash, disklarda fayllar uchun joy
ajratish bo‘yicha barcha ishlar operatsion tizimi tomonidan bajariladi va
foydalanuvchi bular haqida hech narsa bilmasligi mumkin.
Nusxa ko‘chirish dasturi ishlayotgan paytda turli xildagi vaziyatlar, masalan,
axborotni o‘qish yoki yozish vaqtida uzulishlar, buzilishlar, nusxa ko‘chirilayotgan
fayl uchun disketada joy bo‘lmay qolishi va hokazolar kabi holatlar ro‘y berishi
mumkin. Mana shunday barcha vaziyatlar uchun tegishli xabarlar va to‘g‘rilovchi
harakatlarni hisobga olib qo‘yish kerak.
Operatsion tizim foydalanuvchidan bu murakkab va unga kerak bo‘lmagan
tafsilotlarni yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim etadi.
Tizim, shuningdek, turli yordamchi harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish yoki
chop etishni ham bajaradi. Operatsion tizim tezkor xotiraga hamma dasturlarni
yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan boshqarishni ularga
topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni bajaradi
va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan tozalaydi.
Odatda, IBM PC shaxsiy kompyuterni Microsoft firmasining MS DOS
operatsion tizimi yoki uning IBM firmasi tarqatadigan PC DOS varianti rahbarligida
yo bo‘lmasa, Digital
Research
firmasi
(hozirgi
Novel
firmasining
bo‘linmasi)ning MS DOS operatsion tizimi bilan qo‘shilib, o‘rin almashib ishlay
oladigan DR DOS tizimi yoki IBM firmasining PC DOS operatsion
tizimi
boshqaruvida ishlaydilar. Bundan buyon bu uchta operatsion tizimi ta'riflanadi va
bunda ularning hammasi bitta umumiy DOS so‘zi bilan ataladi.
Operatsion sistema kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday
bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EHM bilan muloqot qilish vositasi bo‘lib
xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi.
Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, diskdagi axborotlarni
o‘qish yoki axborotlarni disklarga yig‘ish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu
kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga ehtiyoj borligining
asosiy sababi undagi dasturlarsiz bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi bosqichdagi
yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi foydalanuvchini uning bajarishi va
umuman bilishi ham kerak bo‘lmagan zerikarli va juda murakkab ishlardan xolis
etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari,
operatsion sistema fayllarni ko‘chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni
tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ
xotirani dastur ishi so‘ngida bo‘shatib boshqaruvni yana o‘ziga olish kabi ishlarni
ham bajaradi.
Foydalanuvchi va EHMning muloqoti foydalanuvchining MS DOS
operatsion sistemasiga ketma-ket beriladigan buyruqlari asosida tashkil etiladi.
Buning uchun ichki va tashqi buyruqlar berilgan bo‘lib, ichki buyruqlar
COMMAND.COM buyruq faylida, tashqi buyruqlar esa alohida fayl ko‘rinishida
bo‘ladi.
1. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS
ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi
tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompyuterlar
uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u
ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi.
Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan
foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa,
mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-
DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-
DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
2. MS-DOS buyruqlari ichki va tashqi buyruqlarga bo‘linadi. Command.com
faylida mujassamlashgan ichki buyruqlar quyidagilardan iborat:
BREAK [ON|OFF]
Foydalanishi:
ijro etilayotgan dasturni uzish uchun
OFF - BREAK = OFF ni o‘rnatish uchun (oldindan boshqa parametrlar
o‘rnatilmagan bo‘lsa) (Ctrl-BREAK bosish) operator orqali uzilishni tekshirish
standart kirtish/chiqarish va standart bosma qurilmasiga chiqarish vaqtida
tekshiriladi.
BUFFERS
Yozilishi:
BUFFERS=n
Foydalanishi:
ishchi xotiradan buferni diskga kiritish/chiqarish amallarini bajarish uchun zaxiraga
olish uchun
n -zaxiraga olinadigan buferlar soni.
CHDIR
Yozilishi:
CHDIR| cd[d:] [path]
Foydalanishi:
joriy direktoriyani belgilangan yoki joriy qurilmada almashtiradi yoki joriy qurilma
va joriy direktoriya xaqida ma'lumotni monitor ekraniga chiqaradi
CLS
Yozilishi:
CLS
Foydalanishi:
displey ekranini tozalash
COPY
Yozilishi: COPY [/A] [/B] [D:][path] [filename[.ext]] [/A] [/B]
[D:][path] [filename[.ext]] [/A] [/B] [/V]
bu variant nusxa olinayotgan faylning nomi aslidan boshqa nomga ega bo‘lsa
ishlatiladi.
COPY [/A] [/B] [D:][path]
[filename[.ext]] [/A] [/B][+[D:][path]
[filename[.ext]] [/A] [/B] ...] [D:][path]
[filename[.ext]] [/A] [/B] [/V]
COPY [/A] [/B] [D:][path]
[filename[.ext]] [/A] [/B][+[[,,]D:][path]
[filename[.ext]] [/A] [/B] ...] [D:][path]
[filename[.ext]] [/A] [/B] [/V]
2 va 3 variantlarda ikki yoki undan ko‘p fayllarni birinchi fayl bilan birlashtirish
uchun ishlatiladi
Foydalanishi: fayllar yoki direktoriyalarning nusxasini olish Kiruvchi fayl
uchun:
/A - kiruvchi fayl ASCII kodi ya'ni matn shaklida qayta ishlanadi. Ushbu fayl
qiymatlari birinchi uchragan Ctrl-Z belgisigacha nusxa oladi.
/B - fayldan to‘la nusxa oladi (fayl oxiri mundarijada ko‘rsatilgan xajm orqali
aniqlanadi)
Chiquvchi fayl uchun:
/A - faylning oxirgi belgisi sifatida Ctrl-Z belgisini qo‘shib qo‘yish. /V
-
Ctrl-Z belgisini
fayl oxiriga qo‘shmasdan
/V - nusxa olinadigan disketga Yozilishini tekshirib olish + - fayllarni birlashtiradi
CTTY
Yozilishi: CTTY
Foydalanishi: birlamchi konsuldan yordamchi konsulga standart kiritish va
chiqarishni uzgartiradi
AUX, COM1, COM2 larni ishlatish mumkin CON yordami bilan birinchi konsulga
qaytish mumkin DATE
Yozilishi: DATE [mm-dd-yy]
Foydalanishi: tizim sanasini o‘zgartirish uchun. Bu sana xar bir yaratilgan fayl
uchun mundarijada yoziladi
DEL (ERASE)
Yozilishi: DEL [D:] [path] filename [.EXT]
Foydalanishi: buyruqda nomi ko‘rsatilgan faylni ko‘rsatilgan qurilmadan uchiradi
Agarda qurilma va direktoriya ko‘rsatilmagan bo‘lsa fayl joriy qurilma va
direktoriyadan uchiriladi.
·
DEL buyrug‘i yordamida poddirektoriyani o‘chirib bo‘lmaydi DEVICE
Yozilishi: DEVICE=[D:] [path] filename .EXT Foydalanishi: yangi drayverlar
o‘rnatish uchun
Drayverlar yordamida MS-DOS disk yurituvchi, klaviatura, ekran, printer, aloqa
adapteri va boshqa qurilmalar bilan aloqa o‘rnatadi DIR
Yozilishi: DIR [D:][path] [filename[.ext]] [/P] [/W]
Foydalanishi: disk yoki joriy direktoriyaning mundarijasini chiqarish uchun
Mundarijada xar bir faylning xajmi, diskga yozilgan vaqti xaqida axborot mavjud
bo‘ladi /P - ekranga mundarijani betma-bet chiqarish uchun
/W - ekranga mundarijani keng shaklda chiqarish uchun, bu xolatda faylning faqat
nomigina ko‘rsatilgan bo‘ladi
FILES
Yozilishi: FILES = n
Foydalanishi: bir vaqt ichida ochish mumkin bo‘lgan fayllar sonini belgilash MS-
DOS bir vakt ichida 20 gacha fayl (optimal son - 8) ochish uchun imkon yaratadi
MKDIR
Yozilishi: MKDIR [D:] [path] yoki MD [D:] [path]
Foydalanishi: belgilangan qurilmada direktoriya yaratish
PATH
Yozilishi: PATH [[D:] [path [[; [d:] [path]...]]
Foydalanishi: buyruqlarni topish uchun alternativ marshrutlar belgilaydi
Parametrsiz berilgan PATH buyrug‘i monitor ekranida joriy direktoriyaga kirish
marshrutini ko‘rsatadi.
PATH; qidirish buyrug‘ini bekor qiladi
PATH buyrugi faqat .EXE, .COM, .BAT kengaytmali faylarni qidirish uchun
ishlatiladi PROMPT
Yozilishi: PROMPT [so‘rov matni]
Foydalanishi: yangi tizimli so‘rovni o‘rnatadi. Matn maxsus buyruq satrlaridan
iborat bo‘lishi mumkin. Quyidagi buyruq satrlaridan foydalanish mumkin $ - belgi
$ t - vaqt d - sana
p - aktiv qurilmadagi joriy direktoriya v - versiya rakami n - aktiv qurilma g - ">"
belgisi l - "<" belgisi b - "|" belgisi Q - "=" belgisi
H - oxirgi belgini o‘chirish belgisi E - ESC belgisi
·
- CR va LF ketmaketlik (karetkani qaytarish va yangi satrga o‘tish)
Parametrlarsiz berilgan PROMPT buyrug‘i oldin berilgan parametrlarni bekor qiladi
RENAME (REN)
Yozilishi: RENAME | REN [d:] [path] filename [.ext] filename [.ext] Foydalanishi:
birinchi parametrda berilgan fayl nomini ikkinchi parametrda ko‘rsatilgan nomga
o‘zgartirish
RMDIR
Yozilishi: RMDIR [D:] path yoki RD [D:] path
Foydalanishi: direktoriyani uchirish, uchiriladigan direktoriya bo‘sh bo‘lishi kerak
Ildiz va joriy direktoriyani o‘chirib bo‘lmaydi
SET
Yozilishi: SET [name= [parametr]]
Foydalanishi: belgilangan buyruq satrini protsessor buyruqlar ichiga quyish
SHARE
Yozilishi: [D:] [path] SHARE [/F:filespace] [/L:locks]
Foydalanishi: fayllarni tashkil qilishni qo‘llash va ochiq fayllar bilan foydalanishni
tashkil qilish
X'30' (faylni ochish) tizimli chaqiruvi bilan fayllar bilan foydalaniladi. /F:filespace
- fayllarni tashkil qilishini qo‘llashda baytlarda oraliqni belgilash (ko‘rsatilmasa
=2048
bayt)
/L:block - kanallar sonini belgilash (ko‘rsatilmasa =20)
SHELL
Yozilishi: SHELL=[d:] [path] filename.ext
Foydalanishi: qo‘shimcha buyruqlar protsessorini qo‘llash
TIME
Yozilishi: TIME [hh:mm[:ss[.xx]]]
Foydalanishi: vaqtni kirtish
hh
-
soat
mm -
minut
ss
-
sekunda
xx - sekundaning yuzdan bir qismi TYPE
Yozilishi: TYPE [D:] [path] filename [.EXT]
Foydalanishi: fayl matnini monitorga chiqarish
Ctrl-PrtSc bosilganda ekrandagi fayl matni chop etish qurilmasiga chiqadi
VERSION (VER)
Yozilishi: VER
Foydalanishi: joriy operatsion tizimining versiyasi xaqidagi axborotni monitor
ekranida chiqarish VERIFY
Yozilishi: VERIFY [ON | OFF]
Foydalanishi: barcha disk bilan bo‘ladigan yozish opertsiyalarini tekshiruv rejimida
bajarishni tashkil qilish (qayta o‘qish va solishtirish)
VOLUME (VOL)
Yozilishi: VOL [D:]
Foydalanishi: belgilangan qurilmada disk nomini chiqarish CD - joriy katalogni
o‘zgartirish;
CLS - ekranni tozalash;
COPY - fayl yoki kataloglardan nusxa olish;
DATE - joriy sanani kiritish;
DELETE - faylni o‘chirish;
DIR - joriy katalogdagi fayllar ro‘yxatini ekranga chiqarish;
COMMAND.COM - buyruq protsessori;
FOR - takrorlash buyrug‘i;
GOTO - buyruq faylidagi metkaga o‘tish;
IF - buyruq faylidagi shartni tekshirish;
MD - yangi katalog tuzish;
PATH - Zaruriy qullaniladigan fayllar yolini o‘rnatish;
PAUSE - buyruq faylini ishini to‘xtatish;
PROMPT - DOS taklifi belgisini o‘zgartirish REM - buyruq faylidagi izox;
REN - fayl nomini o‘zgartirish;
RD - katalogni o‘chirish;
SET - o‘zgaruvchini belgilash;
SHIFT - buyruq fayli parametrlari nomerlarini surish;
TIME - vaqtni kiritish;
TYPE - fayl tarkibini ekranda ko‘rish;
VER - DOS versiyasini aniqlash;
VOL - formatlash jarayonida diskka quyilgan belgini ko‘rsatish
MS-DOS tashqi buyruqlari operatsion sistema bilan birgalikda tavsiya etiladigan,
aloxida-aloxida fayl ko‘rinishidagi dasturlar bo‘lib, bu buyruqlar quyidagilardir:
APPEND - berilganlarni izlash uchun qushimcha kataloglarni belgilash;
ASSIGN - disk yurituvchi mantiqiy nomini (harfni) o‘zgartirish;
ATTRIB - fayl atributini ko‘rsatish yoki o‘zgartirish;
BACKUP - fayllarning arxiv nusxalarini yaratish;
CHKDSK - diskni tekshirish va ma’lumot olish;
COMMAND - MS DOS buyruq protsessorini ishga tushirish;
DEBUG - Yuklovchi fayllarni islash jarayonini dizassemblerlanishini ko‘rib
chiqish; DISKCOMP - Yumshoq disklarni solishtirish;
DISKCOPY - Yumshoq diskdan nusxa olish;
EDLIN - sodda matn muharriri;
EXE2BIN - ЕХЕ faylini ikkilik kodga o‘tkazish;
FASTOPEN - fayllarni ochish tezligini oshirish;
FC - fayllarni solishtirish;
FDISK - qattiq diskni konfigurasiyasini o‘rnatish;
FIND - fayldagi biror jumlani izlash;
FORMAT - diskni formatlash;
GRAPHICS - ekrandagi tasvir nusxasini bosmaga tayyorlash;
HELP - DOS buyruqlari haqida ma'lumotlar beruvchi yordamchi fayl;
JOIN - disk yurituvchini berilgan katalogga mantiqan bog‘lash;
LABEL - disk belgisini ko‘rish yoki belgi qo‘yish;
MIRROR - fayllarni o‘chirishni nazorat qilib borish buyrug‘i;
MODE - qurilmalar ishi holatlarini o‘rnatish;
MORE - monitor ekraniga sahifalarga bo‘lib chiqarish;
PRINT - matn faylini fon bilan bosmaga chiqarish;
ECOVER - qismlari buzilgan faylni tiklash;
REPLASE - fayllarni yangi versiyalari bilan almashtirish;
SORT - berilganlarni saralash;
SUBST - katalog nomini disk yurituvchi belgisiga almashtirish;
SYS - sistema fayllarini diskka ko‘chirish;
TREE - diskdan kataloglar shaxobchasini chiqarish;
UNDELETE - o‘chirilgan fayllarni tiklash buyrug‘i;
UNFORMAT - formatlangan diskni qayta tiklash buyrug‘i;
XCOPY - fayldan nusxa olish (COPY ga nisbatan imkoniyati ko‘proq).
3. MS-DOS operatsion sistemasi muxitida ishlashda quyidagi ishlarni bajarish
mumkin:
1
Kompyuterni yuklash.
2
MS-DOS OSni yuklash
3
MS-DOS OS taklifnomasi. Buyruq kiritish
4
Kirilcha shriftdan lotincha shriftga o‘tish va aksincha, lotincha shriftdan
kirilcha shriftga o‘tish
5
Fayl yaratish
6
Faylni o‘chirish
7
Faylni qayta nomlash
8
Faylni nusxalash. Bir necha faylni birlashtirish
9
Diskdan faylni qidirish
10
Bexosdan o‘chirilgan faylni tiklash
11
Katalog yaratish
12
Joriy diskni almashtirish
13
Katalog mundarijasini ko‘rish
14
Katalogga kirish
15
Katalogdan chiqish
16
Katalogni o‘chirish
17
Fayl mazmunini ekranga chiqarish
18
Ekrandan ma’lumotlarni tozalash
19
Faylni chop qilish
Komputer joriy sanasini o‘zgartirish
Kompyuterdan joriy yilning kun, oyi xaqida ma’lumot olish uchun buyruq qatorida
date "Enter"
buyrug‘i beriladi, natijada kompyuter ekranida joriy yil, kun, oy xaqida ma’lumot
paydo bo‘ladi va so‘ngra kompyuter yangi ma’lumotni kiritish xaqida so‘raydi. Agar
uni o‘zgartirish kerak bo‘lmasa "Enter" bosiladi, aks xolda yangi ma’lumot (mm-oy,
dd-kun, uu-yil) kiritiladi, ular "—" simvol bilan ajratilgan bo‘lishi kerak.
Komputer joriy vaqtini o‘zgartirish
Kompyuterdan joriy kunning vaqti xaqida ma’lumot olish uchun buyruq qatorida
time "Enter"
buyrug‘i beriladi. YAngi vaqt o‘rnatilishi yuqoridagicha bo‘ladi, lekin joriy kunning
"soat", "minut", "daqiqa" lari " : " simvoli bilan ajratilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |