Ms excel dasturi. Multimedianing asosiy tushunchalari



Yüklə 29,57 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü29,57 Kb.
#143136

2-mavzu. Elektron jadval muharrirlari. MS Excel dasturi. Multimedianing asosiy tushunchalari. Multimediali ilovalar yaratish texnologiyalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash.
Reja:

  1. MS Excel dasturi.

  2. Multimedianing asosiy tushunchalari

  3. Multimediali ilovalar yaratish texnologiyalari.

Elektron jadvallar Zamonaviy komp’yuterlar dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi MS Excel dasturidir. MS Excel – elektron jadvallarni tayyorlash, formulalar va funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish, ma’lumotlarni grafik tasvirlash kabi masalalarni hal etishga mo’ljallangan dastur. Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan hisoblash ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. MS Excel dasturi mana shunday ishlarni osonlashtirish va qiziqarliroq qilish maqsadida ishlab chiqilgan. MS Excel dagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval kataklarining ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlardir. Elektron jadval kataklariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin: – matnni; sonlarni; sanani; formulalarni. Matn – harflar, raqamlar, belgilar ketma-ketligidan iborat. Son – raqamlar ketma-ketligi (zarur hollarda ishora va o’nli vergul ham ishlatilishi mumkin). Sana – joriy sana. Formulalar – kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan matematik ifodalardir. Formulalar har doim «=» (teng) belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula katakka kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu katakda hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, MS Excel avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. MS Excelning asosiy ishlov berish ob’yekti hujjatlar hisoblanadi. MS Excel hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. MS Excelda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MS Excel dasturini ishga tushurish zarur. Ishchi kitobning tarkibiy elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval hisoblanadi. Har bir electron jadval 28 = 256 ta ustun va 216 = 65536 ta satrdan iborat. Ustunlar lotin alfavitining bosh harflari bilan, satrlar esa raqamlar bilan nomlanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa katak va diapazonlardir. Katak – bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir satr va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Katak kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va satr nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A ustun, 4-satr kesishmasida joylashgan katak – A4 deb nom oladi. Bir nechta ketma-ket joylashgan kataklardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan kataklarning chap yuqori va o‘ng quyi kataklar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratib yoziladi.
Masalan: A1:A4, B3:F3, C5:H8.
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki kataklarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir. MS Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin:
1. Ish stoli menyusidan quyidagilarni bajarish orqali: «Пуск» => «Программы» => «MS Excel»
2. MS Excel da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida (3.1.1-rasm), bunda MS Excel dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.
MS Excel oynasi tuzilishi. 1. Sarlavha satri. Unda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobning nomi beriladi. Shu satrning o‘ng yuqori burchagida oynaning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan. 1) Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur Masalalar panelida paydo bo‘ladi. 2) Ish olib borilayotgan muloqot oynasini ekranda to‘liq yoki dastlabki holatga keltirish tugmasi: 3) Ish olib borilayotgan muloqot oynasini yopish tugmasi: 2. Menyu satri (gorizontal menyu). Unda quyidagi bo‘limlar mavjud: «Файл» (Fayl), «Правка» (Тahrirlash), «Вид» (Ko‘rinish), «Вставка» (Qo‘yish), «Формат» (Bichim), «Сервис» (Хizmat ko‘rsatish), «Данныe» (Ma’lumotlar), «Oкно» (Oyna), «Справка» (Ma’lumotnoma). Ulardan biri bilan ishlash uchun satrdagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi. Menyular bilan ishlash MS Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi. Menyu satri Nom maydoni Standart uskunalar paneli Formula satri 3. Vositalar paneli. MS Excel ning buyruqlari bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida ushbu buyruqlar ilovalar oynasida vosita (piktogramma, tugmacha) lar shaklida tasvirlanadi. Bu vositalar bajaradigan vazifalariga ko’ra bir nechta panellarga bo’lingan. Odatda ilovalar oynasida Стандартная (Standart) va Форматирование (Bichimlash) panellari joylashgan bo’ladi. Foydalanuvchi o’ziga kerakli panellarni oynaga joylashtirishi, kerakmaslarini esa olib tashlashi mumkin. a) Стандартная (Standart) vositalar paneli bosh menyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat. b) Форматирование (Bichimlash) vositalar paneli ma’lumotlarni bichimlashga imkon beruvchi tugmalardan iborat. 4. Formulalar satri. MS Excel ga ma’lumotlar kiritilayotganda barcha ma’lumotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu satrda aks ettiriladi. 5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol kataklarining manzili va nomi ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (kataklar guruhi)ga yoki tanlangan katakka tezda nom berish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda joylashgan strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobdagi nomlangan kataklar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo‘lsa) hamma nomlarini birma-bir ko‘rib chiqish mumkin. 6. Ish maydoni. Ish maydoni ustunlar nomlari, satrlar nomlari va kataklardan iborat. 7. Holat satri. Unda katakka tegishli turli ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ischi xujjatlar bilan ishlash: 1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha kataklarini ajratib ko‘rsatish. Joriy oynadagi ishchi jadvalning barcha kataklarini ajratib ko‘rsatish uchun sichqoncha tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatga keltirish lozim. 2. Ustun nomi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi va u A dan boshlab IV gacha belgilanadi. Boshqacha aytganda, avval A dan Z gacha, keyingi ustunlar AA, AB,.....,AZ, BA,BB,...,BZ,.... va oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi. Biror ustunning barcha kataklarini belgilab olish uchun ustun nomi ustida sichqoncha tugmasini bosish kerak. 3. Faol katak indikatori. Bu qora rangdagi kontur bo‘lib, joriy katakni ajratib ko‘rsatib turadi. Ayrim hollarda u jadvallar kursori deb ham ataladi. 4. Satr nomi. Ishchi jadvalning har bir satri o’z nomiga ega bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu satrlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi. 5. Varaqlarning yorlig‘i. Bu yorliqlarning har biri yon daftarchaning yorlig‘iga o‘xshash bo‘lib, ishchi kitobning alohida varaqlari sifatida qaraladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi varaqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir varaqning o’z nomi bo‘ladi va u varaq yorlig‘ida ko‘rsatib qo‘yiladi. Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash MS Excel dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Ishchi kitob «Kнига1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi bo‘lsangiz, vositalar panelidagi «Создать» (Yangi ishchi kitob) piktogrammasiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi. Yangi yaratilayotgan kitob komp’yuter xotirasida saqlanib, hali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobda bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Ishchi jadval varaqlariga dastlab «Лист1», «Лист2»,... degan nomlar beriladi. Bu varaqlarning nomini o’zgartirish ham mumkin. Ishchi jadvaldagi varaqlarning nomini o’zgartirish. Varaq nomlarini o‘zgartirishni quyidagi usullarda amalga oshirish mumkin: 3.1.3-rasm. Varaq nomini “Формат” menyusi yordamida o`zgartirish. – «Формат» (Format) => «Лист» (Varaq) => «Переименовать» (Nomini o’zgartirish) buyruqlarini tanlagan holda yangi varaq nomini kiritish (3.1.3-rasm). – Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i ustiga olib borib chap tugmachani ikki marta bosish va yangi nomni kiritish. – Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i ustiga olib kelish va sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va kontekstli menyuda quyidagi buyruqlarni bajarish: Menyudagi «Переименовать» (Nomini o’zgartirish) buyrug‘ini tanlash va yangi nomni kiritish (3.1.4-rasm). 3.1.4-rasm. Varaq nomini kontekst menyu yordamida o`zgartirish. Eslatma: Yuqoridagi amallardan ixtiyoriy birini bajarib bo‘lgandan so‘ng ENTER tugmasini bosish kerak. Shundan keyin yangi kiritilgan nom varaqlar yorlig’ida hosil bo’ladi. Yangi kiritilgan nomlar uzunligi bo‘sh joy bilan birgalikda 31 ta belgigacha bo‘lishi mumkin. Agarda uzun nom berilgan bo‘lsa, varaqlar yorlig‘i ham shunchalik katta bo‘lib, keyingi varaq yorliqlarining nomlari ko‘rinmay qoladi. Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish Ishchi kitobga qo‘shimcha yangi varaqlar kiritish uch yo‘l bilan amalga oshiriladi:  Menyuning «Вставка» (Qo‘yish) => «Лист» (Varaq) buyruqlarini bajarish orqali;  Sichqonchaning o‘ng tugmasini varaq yorlig‘i ustida bosib, kontekstli menyudagi «Вставить» (Qo‘yish) buyrug‘ini tanlash orqali;  Shift + F11 tugmalarini bir vaqtda bosish orqali. Eslatma. Yuqoridagi amallar bajarilgandan so‘ng ishchi kitobdagi yangi qo‘shimcha varaq avtomatik ravishda faollashgan varaq holatiga o‘tadi va nomi ko‘rsatilgan o‘z yorlig‘iga ega bo‘ladi.
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.
Yüklə 29,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin