Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə40/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

O‘zlashgan qatlam


Arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo‘g‘ulcha, grekcha, ruscha so‘zlar o‘zlashgan qatlamni tashkil etadi.
O‘zbek tilidagi o‘zlashgan qatlamning asosini arab, fors-tojik, rus tillaridan o‘tgan so‘zlar tashkil etadi.
Arabcha so‘zlar: kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, san’at, tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq, soat, avlod, savol, sinf, millat, hikoya, maqol, hayot, shamol, qadr, dohiy, mag‘rur, xafa.
Arabcha so‘zlar diniy atamalar va turli soha nomlaridir. O‘zbek xalqi vakillariga qo‘yiladigan ismlarning ko‘pi arabcha. Arabcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega.

  1. (v) f,h,’ harflari ishtirok etgan so‘zlar,asosan, arabcha: ma’no, ta’limot, na’ra, sinf

  2. Arabcha so‘zlar siniq ko‘pligiga ega, ya’ni ko‘plik so‘z tarkibini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor,ruharvoh, xulq-axloq,she’r-ash’or.

  3. Arabcha so‘zlarda o‘zakdosh so‘z tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi: hukm- hokim,-hakam-mahkama-hokimiyatmahkuma; fikr-tafakkur-mutafakkir; kitob-maktab-kutubxonamaktub; sinf-tasnif; hurmat-ehtirom-marhamat-muhtaram;

Forscha-tojikcha so‘zlar
Forscha-tojikcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega. a)tojikcha so‘zlar o‘zbek tili lug‘ati tarkibida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan.
b) toj ch,l,g,z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar asosan tojikcha hisoblanadi: lola, gul,chaman. v) -xo‘r,-noma,-do‘z,-xon,-namo,shunos,-boz,-bon,-dor, no-, ser- qo‘shimchalari forscha-tojikchadir.
Tojikcha so‘zlar: osmon,oftob, bahor, baho, barg, daraxt,gul, xona, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, xonadon,shogird, xaridor, serob, shirin, mard, mehribon, jonajon, kamtar, kam, chala, balki, agar, ham, go‘sht, non, sozanda, sabzavot, reja, dard, ombur, tesha, bobo, dugona, do‘st, xonadon, peshona, kaft.

20-§. LUG‘AT SATHINING QO‘LLANISH DOIRASIGA KO‘RA TASNIFI


Til-umumiy, nutq esa xususiy hodisadir. Nutq ikki shaklda bo‘ladi: og‘zaki va yozma. Og‘zaki nutq bevosita, yozma nutq bavosita amalga oshiriladi.
Xalq tili o‘zbek xalqining so‘zlashuv nutqidir. Xalq tili tarkibiga adabiy til ham kiradi. Xalqning asosiy til boyligi adabiy til hisoblanadi. Adabiy til xalq tilining fonetik, talaffuz, lug‘aviy va grammatik jihatidan me’yorlashtirilgan eng yuqori shaklidir. Adabiy til me’yorlari va qoidalari shu xalq tilida so‘zlovchilar uchun umumiy bo‘ladi.
Adabiy tilning ham ikki ko‘rinishi mavjud: og‘zaki adabiy til (radio, televideniye); yozma adabiy til (matbuot tili) .
O‘zbek tiliga oid dastlabki yozma yodnomalar (O‘rxun-Enasoy yozuvlari) V- VIII asrlarga oiddir.
Tildagi so‘zlarning qo‘llanishi bir xil darajada emas. Qo‘llanish doirasi jihatidan o‘zbek tili leksikasi ikki xil bo‘ladi: 1.Umumiste’mol leksikasi ( iste’mol doirasi chegaralanmagan leksika) 2. Iste’mol doirasi chegaralangan leksika.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin