Miqdor-daraja ravishi: harakat-holatning miqdoriy belgisini yoki belgining ortiqligini bildiradi: qancha? qanday? so‘roqlariga javob bo‘ladi: ko‘p, mo‘l, ancha, kam, bir oz, picha, hiyla, sal, juda, eng, g‘oyat, nihoyat, o‘ta.
O‘rin ravishi: harakat va holatning bajarilish o‘rnini, harakat yo‘nalgan tomonni bildiradi; qaerga? qaerdan? qaerda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: uzoqda, pastda, tubanda, oldinda, unda-bunda, yuqoridan, quyidan, yaqindan, orqadan, to‘g‘riga, to‘g‘ridan, yuqoriga, ilgari, olg‘a.
Payt ravishi harakat va holatning bajarilish paytini bildiradi; qachon? qanchadan beri? so‘roqlariga javob bo‘ladi: hozir, boya, bugun, kecha, avval, oldin,endi, erta, indin, saharlab, ertalab, doim, hali-beri.
Maqsad ravishi ataylab, jo‘rttaga, qasddan.
Sabab ravishi noiloj, noilojlikdan,atayin.
II. Ravishlar belgini darajalab ko‘rsata oladi; qiyosiy daraja:-roq. Biz nariroq surildik; eng: Bahorda eng avval bodom gullaydi.
-gina (-kina,-qina) affikslari orqali hosil qilingan shakllar harakat-holatning kuchsizlanganini yoki ta’kidlanganligini anglatadi:
U sekingina shivirladi.
III. Ravish yasalishi quyidagicha:
1)affiksatsiya usuli bilan ot, sifat, olmosh kabi turkum so‘zlaridan ravish yasaladi.
-cha: qisqacha, yangicha, o‘zicha, boshqacha, eskicha, shoshgancha, bolacha, yigitcha, yashirincha, atroflicha, o‘zimcha.
-larcha; qahramonlarcha, o‘rtacha, qardoshlarcha.
-chasiga; yangichasiga, toshkentchasiga, eskichasiga.
-ligicha; xomligicha, tirikligicha, butunligicha.
-lab; ertalab, saharlab, ko‘plab, yaxshilab, kilolab, tonnalab.
-ona; do‘stona, fidokorona, g‘olibona, xolisona.
-an: taxminan, umuman, majburan, asosan...
-lay: (-layin); butunlay, tiriklay, xomlayin.
-in; yashirin, oldin.
-incha; ko‘pincha, aksincha
-chang; ko‘ylakchang, kovushchang.
-dek,-day; tog‘dek, otday, lochinday, avvalgidek.
-iga (-siga); baravariga, qatorasiga, yoppasiga.
-aki; yuzaki, yodaki, og‘zaki.
2) kompozitsiya usuli bilan qo‘shma ravishlar yasaladi. Quyidagi qo‘shma ravishlar qo‘shib yoziladi: birpas, birmuncha. Quyidagi qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi: har doim, har vaqt, har qachon, har kuni, har zamon (da), hech vaqt, hech qachon, bir oz, bir nafas, bir vaqt, bir talay, bir qancha.
Yuzma-yuz, so‘zma-so‘z, uchma-uch, dam-badam, qo‘lma-qo‘l, birma-bir, quruqdan-quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, kundan-kunga, o‘zo‘zidan kabi so‘zlar ham ravish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |