Yuklama
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no ifodalash uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘z yuklama deyiladi. Yuklama tuzilishi jiihatidan ikki xil: a) affiks holidagi yuklamalar:-mi,-chi,-a (-ya),-da,u (-yu),-oq (-yoq)-gina (-kina,-qina): b) so‘z holidagi yuklamalar: axir, faqat, xuddi, nahotki, hatto, hattoki.
Affiks holidagi yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi; faqat -mi,-oq (yoq),-gina yuklamalari so‘zga qo‘shib yoziladi: borasanmi?
Yuklama turlari
So‘roq va taajjub yuklamalari:-mi,-chi,-a,-ya, nahot, nahotki.
Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari:-da,-u (-yu),-ku,-oq (yoq), hatto, hattoki, axir.
Ayiruv va chegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina,-gina (kina,-qina).
Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq.
Gumon yuklamasi: -dir.
Inkor yuklamasi: -na..., na
Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi mumkin: Yolg‘iz o‘zi aytmaganiga achindi.
MODAL SO‘ZLAR
Fikrning voqelikka munosabatini bildirgan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi.
Fikrning aniqligini, realligini tasdiqlovchi modal so‘zlar: albatta, shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz, haqiqatdan, darhaqiqat.
Fikrning taxminligini, gumonligini, noaniqligini bildiruvchi modal so‘zlar: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan, haytovur, chog‘i.
Fikrning o‘zaro munosabatini va tartibini bildiradi(yoki fikrning oldingi fikrga bog‘liqligini bildiradi): demak, xususan, aksincha, masalan, jumladan, chunonchi, binobarin, xullas, avvalo. Demak, xullas, masalan, jumladan, umuman, chunonchi kabi modal so‘zlar fikrni umumlashtirish, xulosa bildirish, dalil keltirish ma’nolarini bildiradi. Avvalo, dastlab,.. kabilar fikrning tartibini bildiradi.
Modallikni ifodalaydi: lozim, mumkin, shart, zarur.
Tasdiqni bildiradi: bor, mayli, xo‘p, ha.
Inkorni bildiradi: yo‘q, aksincha.
Afsuslanish, ajablanishni bildiradi: afsuski, attang, ajabo.
Modal so‘zlar quyidagi sintaktik vazifalarda keladi:
a) diologlarda so‘z-gap vazifasida(-ha); b) kirish so‘z vazifasida. Kirish so‘z vazifasida turli so‘z turkumlari, jumladan modal so‘z kelishi mumkin. Modal so‘zlar quyidagi so‘z turkumlari bilan bog‘langan; shular asosida shakllangan.
ot bilan : xaqiqatdan, darxaqiqat, chamasi, aftidan, afsus.
sifat bilan: shubhasiz, so‘zsiz, shekilli.
v) fe’l bilan: demak, demoqchi.
g) ravish bilan: albatta, avvalo, ayniqsa.
d) yordamchi so‘zlar bilan: balki, koshki, haytovur.
Dostları ilə paylaş: |