Muallifdan


Ergash so‘zning bosh so‘zga birikish usullari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə74/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Ergash so‘zning bosh so‘zga birikish usullari


Ergash so‘z bosh so‘zga quyidagi usullar orqali birikadi: boshqaruv, moslashuv, bitishuv.
1. Boshqaruv. Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi. Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: a) kelishik yordamidagi boshqaruv:
Bosh kelishik - ( bitishuv)
Qaratqich kelishik -ning ( moslashuv)
Tushum kelishik -ni (boshqaruv )
Jo‘nalish kelishigi -ga-ka,-qa ( boshqaruv)
O‘rin-payt kelishigi -da (boshqaruv)
Chiqish kelishigi -dan (boshqaruv)
Boshqaruv: olmani terish, ko‘chaga chiqmoq, maktabda o‘qimoq, ishdan qaytmoq;
b) ko‘makchi yordamidagi boshqaruvda ergash so‘z bosh so‘zga ko‘makchi yordamida birikadi: kasb haqida insho, ko‘prik orqali o‘tish. Boshqaruvda ayrim hollarda grammatik vosita ifodalanmasligi mumkin: kitob o‘qish.

  1. Moslashuv. Bosh so‘z bilan ergash so‘zning shaxs-sonda mosligi moslashuv deyiladi. Moslashuvda bosh so‘z bilan ergash so‘z qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida birikadi: dalaning fayzi.

  2. Bitishuv. Ergash so‘zning bosh so‘z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda so‘zlar tartib va ohang yordamida birikadi. Bunda ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi; go‘zal bog‘lar. Bitishuvli birikmada so‘zlar o‘rni o‘zgartirilsa, gap hosil bo‘ladi: go‘zal bog‘lar-bog‘lar go‘zal.

Birga ishlamoq, tezda kelmoq, to‘satdan baqirmoq, zimdan kuzatmoq, qo‘qqisdan boshlamoq kabi birikmalar ham bitishuv munosabatiga asoslangan. Ulardagi qo‘shimchalar kelishik ma’nosini yo‘qotgan.

GAP


So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deyiladi. Muomala vositasining eng kichik birligi gap hisoblanadi. Gap nisbiy tugallangan fikrni bildiradi. Gap quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Gap muomala vositasining eng kichik, asosiy birligidir.

  2. Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi.

  3. Grammatik shakllangan bo‘ladi (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklardan iborat).

  4. Tugallangan ohang bilan aytiladi.

Gap quyidagicha tasniflanadi.
I. Ifoda maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: darak gap, so‘roq gap, buyruq gap.


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin