Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə75/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Darak gap xabar, darak mazmunini bildiradi. Yozuvda darak gapning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Majlislar zaliga talabalar yig‘ilishdi.

  • So‘roq gap so‘zlovchi o‘zi bayon qilgan fikriga suhbatdoshining munosabatini bilishga qaratilgan bo‘ladi. So‘roq gaplar quyidagicha shakllanadi; a) so‘roq olmoshlari yordamida: O‘sha vaqtda necha yoshda eding? b) -mi, -chi, -a, -ya (so‘roq yuklamalari) ishtirokida: Manzura kelmadimi? v) so‘roq ohangi yordami bilan; -Uyga mehmon keldi. -Mehmon keldi?

    So‘roq gaplar asosan dialoglarda (birdan ortiq kishining o‘zaro muloqotida) qo‘llanadi. So‘roq gapning oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi. So‘roq gaplarning ba’zi ko‘rinishlari javob talab qilmaydi; bunday gaplarning o‘zida yashirin tarzda javobi bo‘ladi. Bunday so‘roq gaplar ritorik so‘roq gaplar deyiladi. Ritorik so‘roq gaplar mazmuniga ko‘ra ikki xil:

    1. tasdiq mazmunidagi ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplarning berilishi inkor shaklida bo‘ladi: Onani kim sevmaydi? (Onani hamma sevadi);

    2. inkor mazmunidagi ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar tasdiq shaklida bo‘ladi: Tinch uyda janjal bo‘lishini kim istaydi? (Tinch uyda janjal bo‘lishini hech kim istamaydi).

    3. Buyruq gap buyruq, undash, taklif, maslahat, chaqiriq, iltimos, yalinish mazmunida bo‘ladi: Yomon kunga qo‘yma, o‘rtoqjon, Toki yig‘ib olayin darmon.
    Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
    Buyruq gaplarniing kesimi asosan buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanadi. Buyruq gaplarning oxiriga ko‘pincha undov, ba’zan nuqta qo‘yiladi.

    1. Gap emosionallikka ko‘ra (his-tuyg‘uni ifodalashiga ko‘ra) his-hayajon gap (undov gap), his-hayajonsiz gaplarga ajraladi. Hishayajonsiz gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytiladi. Hishayajon gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. His-hayajon gaplar eh, oh, e, uh, o, uf, obbo, ey kabi undov so‘zlari orqali hosil qilinadi. Eh, tabiat qanday go‘zal!

    2. Gap modallikka ko‘ra yoki voqelikka munosabatiga ko‘ra tasdiq va inkor mazmunida bo‘ladi. Tasdiq va inkor tilda turli vositalar yordami bilan ifodalanadi (leksik, morfologik, sintaktik, intonasion vositalar). Gapning barcha turi tasdiq yoki inkor xarakteriga ega bo‘ladi; Bodom gulladi.-Yomg‘ir yog‘madi. Qo‘shiq aytasizmi?-Qo‘shiq aytmaysizmi?


    3. Yüklə 0,62 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin