Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə65/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Mustaqil fe’llar mustaqil, lug‘aviy ma’no bildiradi, gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi: keldi, aytdi, o‘qidi.

  • Yordamchi fe’llar harakat bildirmaydi (mustaqil ma’noga ega emas). Ular turli grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi fe’llar uch xil:

    1. bog‘lama vazifasida keluvchi, so‘z yasalishida ham ishtirok

    etuvchi yordamchi fe’llar: bo‘l, qil, ayla, et;

    1. fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi fe’llar yoki ko‘makchi fe’llar: o‘qib, chiqmoq, aytib bermoq. Ko‘makchi fe’llar turli modal ma’nolarni ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek tilida butunlay ko‘makchiga aylangan (mustaqil ma’nosini yo‘qotib, faqat ko‘makchi sifatida qo‘llanadigan) fe’l yo‘q. Mustaqil fe’llar ko‘makchi vazifasida ham qo‘llanadi. Ko‘makchi fe’l bog‘lanib kelgan fe’l etakchi fe’l deyiladi: gapirib (etakchi) bermoq (ko‘makchi). Ko‘makchi fe’llar etakchi fe’lga asosan -i (b),-a,-y ravishdosh qo‘shimchalari yordamida birikadi. Ko‘makchi fe’l etakchi fe’lga ravishdosh orqali birikkanda, tuslovchi qo‘shimchalar ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: yozib oldik. Etakchi fe’lga ko‘makchi fe’l grammatik shaklsiz (qo‘shimchasiz) birikishi ham mumkin: yozdi-oldi, aytdi-qo‘ydi. Boshla ko‘makchi fe’li deyarli barcha fe’llar bilan qo‘llana oladi.

    v) fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanib, turli ma’nolar ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo‘llanuvchi edi, ekan, emish
    (emas, esa) yordamchi fe’llari to‘liqsiz fe’l hisoblanadi.
    Fe’llar o‘timli va o‘timsiz bo‘ladi. O‘timli (ob’ektli) fe’llar ishharakatning biror ob’ektga o‘tganligini bildiradi va tushum kelishigidagi so‘zni boshqaradi: ber (qalamni), o‘rgan (hunarni), yoz
    (qoidani). O‘timsiz (ob’ektsiz) fe’llar bunday xususiyatga ega bo‘lmaydi: kul, yugur, qayt. Orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi: kuldir, yugurtir, qaytar.

    Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin