Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə68/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Fe’l yasalishi. Fe’llar affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.
1. Affiksatsiya. Bu usul yordamida fe’l bo‘lmagan so‘z (ot, sifat, son, ravish, taqlidiy so‘z, olmosh, undov)lardan fe’l yasaladi; fe’ldan fe’l yasalmaydi. Fe’l yasovchi affikslar quyidagicha:
-la; ishla, gulla, oqla. Eng faol affiks bo‘lib, barcha so‘z turkumlaridan fe’l yasay oladi.
-lan, -lash; zavqlanmoq, bahslashmoq.-lan bir vaqtning o‘zida ham fe’l, ham o‘zlik nisbatni; -lash esa fe’l va uning birgalik nisbatini hosil qiladi. Shunga qaramay rivojlanmoq, og‘irlashmoq fe’llari bosh (aniq) nisbatda, deb qaraladi.
-(a)r; sifatdan fe’l yasaydi; ko‘karmoq, yoshar.
-(a)y; sifat, ravish, otdan fe’l yasaydi; kengaymoq, ko‘paymoq, qoraymoq, kuchaymoq.
-a; ot, sifatdan fe’l yasaydi; sanamoq, o‘ynamoq, oshamoq, qonamoq, atamoq, qiynamoq.
-sira; ot va olmoshdan fe’l yasaydi; suvsiramoq, uyqusiramoq, sensiramoq, yotsiramoq.
-k(-ik), -q(-iq); kechikmoq, birikmoq, zo‘riqmoq. -ira yaltiramoq, qaltiramoq, miltiramoq, yarqira.
-i ot va sifatdan fe’l yasaydi; changimoq, boyimoq, tinchimoq. 2. Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma fe’llar yasaladi. Qo‘shma fe’llar qismlari qaysi so‘z turkumlaridan iboratligiga ko‘ra ikki xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi: a) fe’l bo‘lmagan so‘zning fe’l bilan birikuvidan: taklif qilmoq, qarshi olmoq, bayon bermoq.
b) birdan ortiq yetakchi fe’lning birikuvidan: sotib olmoq, olib
kelmoq.

Ravish


Ish-harakatning, holatning belgisini, belgining belgisini bildiruvchi so‘z turkumi ravish deyiladi. Ravish morfologik jihatdan o‘zgarmas bo‘lib, asosan fe’llarga bog‘lanib keladi, hol vazifasini bajaradi.
I. Ravishlarning ma’no turlari olti xil: holat ravishi, miqdordaraja ravishi, o‘rin ravishi, payt ravishi.

  1. Holat ravishi: ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildiradi; qanday? qay holda?, qay tarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Holat (tarz) ravishlari: tez, sekin, yayov, piyoda, bekorga to‘satdan, qo‘qqisdan, astoydil, do‘stona, qahramonlarga, yuzma-yuz, ochiqdan-ochiq, zo‘rg‘a.


  2. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin