Fe’l nisbatlari (darajalari). Ish-harakatning sub’ekt (bajaruvchi) va ob’ekt (bajarilayotgan narsa)ga munosabati fe’l nisbatlari deyiladi. Bu munosabat maxsus shakllar orqali ifodalanadi. Fe’l nisbatlari 5 xil.
Bosh (aniq) nisbat-munosabat ifodalanmaydi: bildi, ko‘rdi, yuvdi, osdi, kiydi.
O‘zlik nisbat-(i)n,- (i) l: yuvindi, kiyindi. Ish-harakatning bajaruvchida (bajaruvchining o‘zida, o‘z ustida) amalga oshirilishini ko‘rsatuvchi nisbat.
Majhul nisbat -(i) n, (i) l: yuvildi, kiyildi. Majhul nisbatda bajaruvchi noma’lum bo‘ladi.
Orttirma nisbat-dir (-tir),-gaz (giz,-g‘iz,-kaz,-kiz,-qaz,-qiz);-t,iz,qir,-ar,-sat. Orttirma daraja ish-harakatning boshqalar tomonidan bajarilganini bildiradi. Orttirma nisbat so‘zga birdan ortiq qo‘shilishi mumkin: jo‘nattirdi, yuvdirtirdi.
Birgalik nisbat- (i) sh. Ish-harakatning birgalikda bajarilishini ko‘rsatadi: yuvishdi.
So‘zga birdan ortiq nisbat qo‘shimchasi qo‘shilganda shu so‘zning qaysi nisbatdaligi nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo‘shimchaga qarab belgilanadi: yuvintirishdi (birgalik nis.)
Fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz bo‘ladi. Bo‘lishlilik harakatning tasdig‘ini, bo‘lishsizlik inkorni bildiradi. Bo‘lishlilikning maxsus ko‘rsatkichi yo‘q. Bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi-ma. Maqsad ravishdoshidan boshqa barcha fe’llar bo‘lishsizlik ko‘rsatkichini qabul qiladi. Harakat nomining bo‘lishsiz shakli-maslik: ko‘rinmaslik.
Etakchi-ko‘makchi fe’ldan tashkil topgan birikuvlarda-ma affiksi uch xil qo‘llanadi: 1) etakchi fe’lga qo‘shiladi: aytmay tur; 2) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: ayta ko‘rma; 3) har ikkalasiga qo‘shiladi: aytmay qo‘yma.
Fe’l mayllari: Harakat bilan sub’ekt orasidagi bog‘liqlikning voqelikka munosabati fe’l mayllari deyiladi. Fe’l mayllari 4 xil:
aniq mayl (xabar mayli, ijro mayli). Aniq maylning maxsus grammatik ko‘rsatkichi yo‘q: keldi, aytdi, yozdi;
buyruq-istak mayli buyruq, xohish-istak, maslahat ma’nolarini ifodalaydi.