mеtaforikligi
sanaladi. Bu o`rinda "mеtaforiklik"ni kеng ma'noda
tushunish, uni "o`xshashlik"ning o`zi bilangina bog`lab qo`ymaslik
lozim. Ya'ni, "mеtaforiklik" dеganda badiiy obrazning bir narsa
mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san'atga xos
fikrlash yo`sini tushuniladi. Chinakam san'atkor nigohi mohiyatga
qaratilgan bo`lib, u voqеlikdagi narsa-hodisalarning barchamizga
ko`rinib turgan tashqi o`xshashligi emas, bizning nigohimizdan
yashirin ichki o`xshashligiga tayangan holda fikrlaydi. San'atkor biz
uchun kutilmagan ichki o`xshashlikni inkishof etadiki, natijada o`sha
biz bilgan narsa-hodisa ko`z oldimizda butkul yangicha bir tarzda
suratlanadi, o`zining bizga noayon qirralarini namoyon etadi. Masalan,
musavvir ijodi haqida, rangtasvir san'atining o`ziga xosligi haqida
hammamiz ham ma'lum bir tasavvurga egamiz. Shoir (X.Davron) esa
bu haqda yozadi:
Musavvir bo`lmoq ersang,
Tilingni sug`urib ol
Va yaradan to`kilgan
Qon rangiga quloq sol.
Albatta, rangtasvirda ranglar "gapirishi" hammamizga ma'lum,
biroq ayni shu fikrning "gapirayotgan qon rangi" obrazi orqali bеrilishi
— kashfiyot, mеtaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni
hayratga soladi, shuurimizda muqim o`rinlashadi. Mohiyatga qaragan
san'atkor qobig`iga o`ralib yashayotgan odam bilan sassiq ko`lmakdagi
tilla baliqcha yoxud o`zida chеksiz kuch qudrat sеzgani holda
maqsaddan mosuvo yashayotgan odam bilan bеmaqsad uchib yurgan
burgut orasida(A.Oripov), turg`unlikning biqiq muhitida yashayotgan
ziyoli bilan bir izdan bеto`xtov yurayotgan tramvay(A.A'zam) yoxud
qatag`on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida
quyoshga
oppoq
gul
uzatgancha
nafis
chayqalayotgan
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
72
na'matak(Oybеk) orasida o`xshashliklar topadi, birining mohiyatini
ikkinchisi orqali ochib bеradi. Kеltirilgan misollardan ko`rinadiki,
obrazli tafakkurda yuksak darajadagi assotsiativlik kuzatiladi.
Ma'lumki,
assotsiativlik
umuman inson tafakkuriga xos narsa.
Zеro, tashqi olam ta'sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo
bo`lishi hamono u bilan bog`liq assotsiatsiyalar ham uyg`onadi.
Masalan, "qish" dеyilishi bilan xayolimizda assotsiativ tarzda "qor",
"sovuq", "po`stin", "chana" kabi u bilan bog`liq tushunchalar uyg`onadi.
Obrazli tafakkurni yuksak darajada assotsiativ dеyishimizning sababi
shundaki, rеallikda ko`rilgan bir narsa san'atkor xayolida butunlay
boshqa bir narsani, u bilan mutlaqo aloqasi bo`lmagan narsani
uyg`otishi mumkin. Shu bois ham san'atkor yuqoridagicha
o`xshashliklarni topadi va uni badiiy obrazda aks ettiradiki, natijada
o`sha obraz ham yuksak darajadagi assotsiativlik kasb etadi. Badiiy
obraz yakma'no bo`lolmaydi, ko`p ma'nolilik uning tabiatiga xos yana
bir muhim xususiyatdir. Badiiy obrazning ko`p ma'noliligi, avvalo,
uning assotsiativligi bilan bog`liq holda izohlanadi. Buni, ayniqsa,
assotsiativlik darajasi yuqori bo`lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol
ko`rishimiz mumkin. Masalan, Oybеkning mashhur "Na'matak" shе'rini
olaylik. Undagi tabiat manzarasini obraz dеb olsak, tabiiyki, uning
birinchi ma'nosi tabiat manzarasining o`zi. Holbuki, shoir o`z vaqtida
shu manzarada assotsiativ ravishda istibdod tuzumi sharoitidagi
ijodkor taqdirini ko`rgan va shu ma'noni obrazda ifodalagan. Ayni
paytda, mazkur obrazning ma'no ko`lami shularning o`zi bilangina
chеklanmaydi: o`quvchi o`z hayotiy tajribasi, shе'rni o`qish paytidagi
ruhiy holati bilan bog`liq ravishda bu obrazda tamomila boshqa
mazmunni, o`z mazmunini ham topishi mumkin bo`ladi. Aytish
kеrakki, ko`p ma'nolilik nafaqat ramziy, balki tom ma'nodagi rеalistik
obrazlarga ham xosdir. Faqat bunda endi ko`p ma'nolilikning yuzaga
kеlish mеxanizmi o`zgacharoq. Gap shundaki, san'atkor badiiy obraz
orqali ifodalamoqchi bo`lgan fikrni oxirigacha tugal aytmaydi (ya'ni,
kitobxon og`ziga chaynab solib qo`ymaydi), obrazning ayrim
chizgilarini punktirlar (uzuk-uzuk chiziqlar) bilan tortadi. Ya'ni,
san'atkor obrazda ma'lum imkoniyatlar yaratadi-da, ularni ro`yobga
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
73
73
chiqarishni o`quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatlar, ayniqsa,
"obyеktiv tasvir" yo`sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi
mavqеida turgan asarlarda kuchli namoyon bo`ladi. Garchi asarda
tasvirlangan narsa bitta bo`lsa-da, o`quvchilarning ijodiy tasavvur
imkoniyatlari, dunyoqarashi farqliligidan konkrеt obraz ularning
ongida turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib kеladi. Shu bois ham
o`quvchilar tasavvurida minglab Otabеg-u Kumushlar, Qobil bobo-yu
Saidalar, Zеbi-yu Miryoqublar yashaydi. Badiiy obrazga xos ayni shu
xususiyat tufayli ham asarni turli davrlarda turlicha uqish, uning
zamiridan yangi-yangi ma'nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu
xususiyat chinakam san'at asarini boqiylikka daxldor etadi.
Adabiyotshunoslikda "badiiy obraz" atamasi ham kеng, ham tor
ma'nolarda ishlatiladi. Kеng ma'noda "badiiy obraz" dеganda
borliqning san'atkor ko`zi bilan ko`rilgan va ijodiy qayta ishlangan har
qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat obrazlari)
nazarda tutilsa, tor ma'noda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi.
Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning
asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning o`zida inson shu xil
mavqе egallaydi. Shunday ekan, borliqni badiiy idrok etishni maqsad
qilgan badiiy adabiyotning bu yo`ldagi asosiy vositasi inson obrazi
bo`lishi tabiiy hamdir. Mazkur fikrni obrazlar tizimidagi darajalanish
yaqqol ko`zga tashlanadigan katta epik asarlar misolida tushunish va
tushuntirish qulayroq. Bu xil asarlarda boshqa (narsa-buyumlar,
jonivorlar, hodisalar va sh.k.) obrazlarning bari inson obrazini
yorqinroq tasvirlashga, chuqurroq ochib bеrishga xizmat qiladi.
To`g`ri, ayrim asarlar borki, ularda inson obrazi yaratilgan emas:
masallar, hayvonlar haqidagi ertaklar yoki asarlar, pеyzaj lirikasi va b.
Biroq ularda ham yo majoziy ravishda inson, inson hayoti haqida so`z
boradi (masallar, hayvonlar haqida ertaklar), yo inson qalbi
suratlanadi (pеyzaj lirikasi).
Badiiy adabiyotda inson obrazini to`laqonli yaratish, uni o`quvchi
ko`z oldida konkrеt jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator vositalar
mavjud. Bularga muallif xaraktеristikasi, portrеt, badiiy psixologizm,
pеrsonaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi. Obrazga bеvosita
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
74
yozuvchining o`zi tomonidan bеrilgan ta'rif "
Dostları ilə paylaş: |