3. Muammoli talim darajalari. O’qituvchi bilan talabaning o'zaro munosabati xarakteriga ko'ra muammoli ta'limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:
Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llashi va talabalarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish
Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan talabaning o'zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo'llanadi, konstruktsiyaaydi, o'rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko'magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.
Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim.
Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi.
Bular: 1. Versiya xarakteridagi dars.
2. Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars.
3. Ma'naviy-axloqiy muammoli dars.
Versiya xarakteridagi dars strukturasi