2.3. Ma’ruza darsining texnologik xaritasi. Texnologik xaritada ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatI (o'quv jarayoni) bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo'llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlashlarini nazorat qilishga yordam beradi.
Mavzuiy reja (ishchi dastur)dan farqli o’laroq texnalogik xaritada:
1) o'quv mashg'ulotining bosqichlari va vaqti;
2) ta'lim beruvchi faoliyati bilan birga, ta'lim oluvchining ham faoliyati;
3) ta'lim berishning usul, shakl va vositalari;
4)ta'lim maqsadlarining o'quv yutuqlari monitoringi va baholashlari ko'rsatladi;
Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko'rsatkichlari.
1-bosqich (5-10 daqiqagacha). O'quv mashg'ulotiga kirish.
Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar harakati; • Ta'lim beruvchi mavzuning nomi, reja bilan o'quv mashg'ulotining xususiyati bilan (masalan, muomoli ma'ruza o'rgatuvchili o’yin va boshqalar). Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni: mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxatini o'quv mashg'ulotida o'quv ishlarini baxolash mezonlari bilan tanishtiradi.
• Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtrladi, savollar beradilar, yozib oladilar.