hodimlar siyosatini o’tkazishda, ijtimoiy dasturlarni joriy
etish va shu kabilarda
namoyon bo’ladi.
Ta’lim muassasasini boshqarishni zamonaviy o’rtacha darajadagi
avtomatlashtirish (AKT vositalari negizida) tizimi asosiy jarayon (
ish yuritish,
o’quvchilarning shaxsiy ishlarini yuritish, dars jadvalini tuzish va hokazo)larni
avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan turli dasturlar majmuasidan iborat. Dasturiy-
uslubiy majmuaning tarkibi ta’limda axborot va kommunikatsion
texnologiyalari
vositalarini foydalanishning asosiy tendentsiyalarini aks etadi.
Shunday qilib,
ta’limni axborotlashtirish ta’lim muassasasining tashkiliy
tuzulishini va ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilarini vazifalarini o’zgartiradi,
boshqariluvchi ob’ekt holati haqidagi axborotni olish va tahlil etish usullarini
takomillashtiradi
.
Ta’lim muassasasida axborotlashtirish tizimli xarakterga ega bo’lishi lozim,
ya’ni uning barcha: o’quv, pedagogik va boshqariluvchi faoliyati kabi tashkil
etuvchilariga ta’sir etishi kerak. Shuning uchun, ta’lim muassasasini boshqarishni
avtomatlashtirish tizimlarida yuqorida sanalgan barcha jarayonlarni: ish yuritish,
hodimlar ishlari, o’quvchilar uchun shaxsiy varaqalari, dars jadvali tuzish, test
sinovini o’tkaztiish, tashxis, nazorat, axborot-uslubiy materiallarni yaratish, o’quv
va ta’limga yo’naltirilgan elektron vositalar, o’quv muassasaning saytini yaratish va
to’latish, lokal va global tarmoqlarda axborotli o’zarota’sir, talabalarning fanlarni
o’zlashtirishi va ularning davomatini aniqlashlarni avtomatlashtirish majmuasini
ko’zda tutishi lozim.
2.
Zamonaviy
ta’lim muassasasini boshqarishini avtomatlashtirish tizimlar
obzori.
Ta’lim muassasasini boshqarishni avtomatlashtirish tizimlarini bozorda
paydo bo’lishi,
birinchidan
, ko’p amallarni bajarish vaqtini kamaytirish orqali
rahbariyat va o’qituvchilarning ishlarini engillashtiradi va bevosita o’quv jarayoniga
ajratilgan vaqtni ko’paytiradi. Ta’lim muassasasini boshqarish vaqtini kamaytiradi;
ikkinchidan
, ta’lim muassasasining infratuzulishini shakllantiradi;
uchinchidan,
o’quv jarayoni haqidagi axborotni to’plash, qayta ishlash va tahlil etish va ta’lim
muassassini boshqarish bo’yicha asoslangan qarorlar qabul qilish, eng asosiysi –
maktabning axborot ta’lim muhitii shakllantirish, ta’lim muassasasitning barcha
hodimlari va barcha darajadagi ta’limni boshqarish organlari bilan o’zaro ta’sir
tashkil etish imkoniyatini beradi.
1. «
Dostları ilə paylaş: