Muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D


Darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi



Yüklə 26,69 Kb.
səhifə6/8
tarix26.05.2022
ölçüsü26,69 Kb.
#59570
1   2   3   4   5   6   7   8
Darslik

Darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Axboriy funktsiya. Ta'lim oluvchi muayyan fan bo’yicha egallashimajburiy bo’lgan bilim va ko’nikmalar mazmunini qamrab olganligi.
2.Tizimlovchi funktsiya. O’quv fani mazmuni tizimlangan shaklda qat'iy etma-ketlikda va izchillikda oddiydan murakkabga rioya qilingan holda bayon qilinishini ta'minlashi.
3.Muvofiqlashtiruvchi funktsiya. Darslikning bu funksiyasi o’quv materialini loyihalash jarayonida boshqa o’quv manbalarida keltirilgan materiallarni o’rganish, ular orasida uzviylikni ta'minlash, axborot oqimini tez o’zlashtirish va olgan bilimlarini chuqurlashtirish hamda amaliy faoliyat jarayonida qo’llash yo’llarini topishni qamrab oladi.
4.Mutaxassislikka yo’naltirilganlik funktsiyasi. Darslikning mazmuni o’quvchi-talabaning mutaxassislik bo’yicha ishlab chiqarish jarayonlari, ob'ektlari, texnika va texnologiyalar to’g’risidagi asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega bo’lishini ta'minlashi hamda kelajakda ularga tayanib yangi ma'lumotlarni mustaqil tahlil qilish va o’zlashtirish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi.
5.Didaktik funksiyatsiyasi. Ta'lim oluvchining qobiliyati va ehtiyojiga mos ravishda o’quv materialini mustaqil o’zlashtirishga hamda asosiy mazmunni ajratish, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash ko’nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6.O’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash va o’z-o’zini nazorat qilish funktsiyasi. Ta'lim oluvchining o’qituvchi rahbarligida yoki mustaqil tarzda darslikdagi nazorat savollari, test materiallaridan foydalanib o’zining bilimini tekshirishi, hamda bilimiga tayangan holda amaliy mashg’ulotlarni bajara olishiga qaratilgan faoliyatlarga ko’maklashishdan iboratdir.
7. Motivatsion funktsiyasi. Ta'lim oluvchilarda mustaqil tarzda ta'lim olishga bo’lgan ishtiyoq, ehtiyoj va zaruratni uyg’otishi, etishmaydigan bilimlarni mustaqil tarzda to’ldirishga yordam berishga yo’naltirilgan. Ushbu funksiya ta'lim oluvchilarga mustaqil ravishda bajarishi lozim bo’lgan loyihalar, muammoli savollar va topshiriqlar berilishi orqali ularda izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish tarzida amalga oshiriladi.
8. Rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi funktsiyasi. O’quv materiallari asosida shaxsning davlat va xalqiga e'tiqodni, ma'naviy-insoniy xislatlarni, vatanparvarlikni, mehnatsevarlik kabi boshqa ijobiy xislatlarning faol shakllanishiga ko’mak berishdan iborat.
Har bir fan uchun yozilgan darsliklar quyidagi tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: mavzuga oid matn (asosiy, qo’shimcha, izohlovchi), qo’shimcha komponеntlar (ilyustrativ, mеtodik, asosiy shartli bеlgilar).
Darslikning mavzuga oid matnlar tarkibiy qismida mavzuning asosiy mazmun mohiyati aks etadi. Shuningdеk matnda, qo’shimcha va izohlovchi ma'lumotlar ham aks etishi mumkin.
Darslikning qo’shimcha komponеntlar qismida asosan ilyustrativ, mеtodik va shartli bеlgilar o’z ifodasini topadi. Masalan Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlari bo’yicha yaratilgan darsliklarda mavzular mazmuniga mos holda vatan timsoli, adolat bеlgisi, ma'naviyat mеzonlari ilyustrativ sur'atlarda aks etishi mumkin. Mavzularni mustahkamlash maqsadida tanya so’zlar, tеstlar, boshqotirmalar kabi shakldagi topshiriqlar o’quvchilarni matnni mustaqil o’zlashtirishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 26,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin