Quvvat kuchaytirgichida bo‘ladi, ya’ni kirish signali manbai bilan muvofiqlashgan bo‘ladi.
va kuchaytirgich yuklama qarshiligi qiymatlari nisbatlarini kuchlanish kuchaytirgichi ( << ), tok kuchaytirgichi ( >> ) va quvvat kuchaytirgichi ( ) ga ajratish mumkin.
Bundan tashqari, o‘zgarmas tok kuchaytirgichi parametri bo‘lib nol dreyfi hisoblanadi. Nol dreyfi bu barqarorlikni buzuvchi ta’sirlar (kuchlanish manbai qiymatining tebranishi, temperatura va boshqalar) natijasida kuchaytirgich elementlari ish rejimlarining o‘zgarishi bo‘lib, natijada kuchaytirgich chiqishida soxta signal yuzaga keladi.
Amaliyotda sanoat elektronikasida yuklamaga kerakli signal quvvatini olish uchun bir kaskadli qurilmalarda quvvat yetmaydi. Shu sababli qurilmalarda ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Ko‘p kaskadli kuchaytirgich deganda, bir nechta alohidagi kuchaytirgich kaskadlar bir-biriga ketma-ket ulangan bo‘ladi. Ko‘p kaskadli kuchaytirgichning blok-sxemasida infor- matsiyani elektr signalga aylantirgich sifatida mikrofon, antenna, foto diod va hokazolar qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘p kaskadli kuchaytirgichning birinchi kaskad mikrofoni kirish qarshiligi bilan moslashtirish uchun va shu bilan birga berilayotgan signalni kuchaytirish uchun
kaskadi quvvat kuchaytirgich kaskad bo‘lib, signalning quvvatini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan. Blok sxemaning oraliq kaskadlari quvvat kuchaytirgich kaskadining maksimal quvvatini chiqarib berish sharoitini yaratish uchun ularga berilgan signalning kuchlanishini va tokni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan. Blok sxemada β1 va β2 manfiy yoki musbat teskari aloqa zanjiri.
Ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar quyidagi xarakteristikalarga ega:
1) kuchaytirgich elementi bo‘lib tranzistorlar, tunnel diodlar, mikrosxemalar qo‘llanilishi mumkin;
2) ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar soni:
-ikkita kaskad;
-uchta kaskad va bir nechta kaskad qo‘llanilishi mumkin;
3)chastota xususiyatiga ko‘ra:
4)past chastotali kuchaytirgichlar;
5)o‘rtahol chastotali kuchaytirgichlar;
d) yuqori chastotali kuchaytirgichlar;
6)sinflar bo‘yicha:
A sinf; B sinf; AB sinf; C sinf; D sinf ishlatilishi mumkin. Misol sifatida maydonli tranzistorda bajarilgan uch kaskadli kuchaytirgichning prinsiðial sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bu sxemada VT1 tranzistori istok qaytargich uslubida yig‘ilgan. Bu kaskad mikrofon qarshiligini kuchaytirgich qarshiligi bilan moslashtiradi.
Qolgan kaskadlar umumiy istok uslubida yig‘ilib signallarni tok va kuchlanish bo‘yicha kuchaytiradi.
Oxirgi kaskad signalning quvvatini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
2. Transformatorli va transformatorsiz quvvat kuchaytirgichlari.