Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali



Yüklə 23,41 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü23,41 Kb.
#173100
1   2   3
Malumotlar tuzilmasi mus ish 1

Qayta ishlash usuliga ko`ra ma`lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo`linadi. Jumladan, boshlang`ich axborot odatda voqelikda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi o`z asosiga ko`ra birlamchi ma`lumotlarga tayanadi.
Hosila axborot dastlabki,
Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir. SHu bilan birga, tadqiqotlarda boshlang`ich axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma`lumotlar kiritiladi. SHu munosabat bilan boshlang`ich va hosila axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko`rib chiqish lozim.
Tadqiqot ob`ekti nuqtai nazaridan axborot. Eng avvalo tashqi makromuhit ta`sirini hisobga olgan holda ma`lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banklaridan foydalanish uchun asoslangan yunalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini o`rganishga yo`naltiriladi.
Vazifasiga ko`ra axborot, ma`lumotnoma, tavsiyanoma, me`yoriy va signalli turlarga bo`linadi. Ma`lumotnoma axborot ko`proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob`ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma`lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo`ladi. Xorijiy ma`lumotnoma axborotini
avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildanyilga uzluksiz ko`payib bormoqda. Tavsiyanoma axborot o`z navbatida bosma nashrlarda e`lon qilingan va tijorat ma`lumotlar bazalaridagi ma`lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o`tkazish natijalariga ko`ra shakllanadi. Me`yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi.
Taqdim etish usuliga ko`ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo`linadi. Matn axboroti eng ko`p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko`rinishida maxsus dasturiy vositalar qo`llanilmokda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma`lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo`ljallangan. Axborot o`zining barqarorligiga ko`ra o`zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo`linadi. O`zgaruvchan axborot ob`ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. SHartli-doimiy va doimiy axborotlar muxitning doimiy o`lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o`zgarmas bo`lib qoladi.

Yüklə 23,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin