Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali


Axborot tizimiuning turlari va tarkibi



Yüklə 23,41 Kb.
səhifə3/3
tarix05.12.2023
ölçüsü23,41 Kb.
#173100
1   2   3
Malumotlar tuzilmasi mus ish 1

Axborot tizimiuning turlari va tarkibi Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalash-tirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.O`rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ayrim xususiyatlarga ega bo`lgan tizimning ko`plab tushuncha va ta`riflari mavjud. Tizim deganda, ular orasidagi va ularning xususiyatlari o`rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo`lgan, ya`ni bir-biriga chambarchas bog`langan qismlardan iborat butun bir ob`ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta`rifdagi tizimga quyidagilarni qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig`ilgan mashina; hujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog`langan ko`plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokozo.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob`ektlar», «aloqalar», «xususiyatlar». Ob`ektlar – tizimning bir bo`lagi yoki komponentlari bo`lib jismoniy, matematik o`zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo`linmalari kabi ko`plab cheklanmagan qismlarga ega. Xususiyatlar – bu ob`ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma`lum bir o`lchamga ega ob`ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi. Aloqalar – ob`ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko`ra farqlanadi. Quyidagi 2.1 - jadvalda turli elementlaradan iborat bo`lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan paytdan boshlab mavjud, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o`z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan.
XULOSA
Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. (Metallurgiya, energetika va hokozolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50 – yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo`ljallangan bo`lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgandi. Bu qog`oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib keldi.
Mavzu: Statik ma’lumotlar tuzilmasi
Reja:
  • Ma’lumotlari AATda qayta ishlash.

  • 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash turlari.

Ma’lumotlari AATda qayta ishlanadigan obyektlar o’rtasidagi munosabatlar ko’pincha nochiziqiy xarakterga ega bo’ladi. Bular mantiqiy shartlar bilan aniqlanadigan munosabatlar, «birning ko’pga» tipidagi munosabatlar yoki «ko’pning ko’pga» tipidagi munosabatlar bo’lishi mumkin. «Birning ko’pga» tipidagi munosabatlar ierarik xarakterga ega va daraxtsimon tuzilma bilan aks ettiriladi. Masalan, oliy o’quv yurti o’quv bo’linmalarining tuzilmasi, shuningdek kutubxonalarda qabul qilingan Universal
o’nlik tasniflash (UO’T) ierarxiya ko’rinishida berilishi mumkin. Kitob mundarijasi daraxtsimon tuzilma ko’rinishida taqdim etilishi mumkin. Daraxtsimon tuzilma algebraik ifodalarni echish algoritmlarini qurish uchun, ma’lumotlardan erkin foydalanishni tezlashtiradigan ma’lumotnomalarni yaratish uchun, saralash va izlash uchun qo’llaniladi. «Ko’pning ko’pga» mungosabatlari ancha universal xarakterga ega va graflar tuzilmasi bilan aks ettiriladi. «Ko’pning ko’pga» munosabatlariga misol keltirib o’tamiz
Bir vaqtning o’zida har bir korxona turli oliy o’quv yurtlaridan mutaxassislarni oladi. Buning natijasida tuzilgan sxema (5.1-chizma) ko’pchilik oliy o’quv yurtlarining ko’pchilik korxonalar bilan aloqasini aks ettiradi. Umumiy ko’rinishdagi graf bir qator cho’qqi (bo’g’im)lar va cho’qqilar juftligini bog’lovchi qirralardan iborat. Agar «qirra» va «cho’qqi» tushunchalariga ma’lum bir ma’noviy mazmun kiritilsa, graflarni ma’lumotlarni taqdim etish uchun ishlatish mumkin. SHunday qilib, grafning cho’qqilariga ma’lum bir obyektlarni qarshi qo’yish mumkin, bunda qirralar obyektlar o’rtasidagi munosabatlarga mos keladi. Ma’lumotlar bazalarining tuzilmasi bo’yicha adabiyotlarda yo’naltirilgan graf ko’rinishiga ega ma’lumotlar modeli tarmoq deb ataladi. Ixtiyoriy cho’qqilar juftligida bittadan ko’p bo’lmagan qirraga ega bo’lgan yo’naltirilgan graf ko’rinishida ifodalanadigan tarmoq oddiy tarmoq hisoblanadi.
Daraxt ba’zi cheklovlarga ega grafdan iborat, ya’ni bu tsikllarga ega bo’lmagan yo’naltirilgan grafdir. Daraxtning cho’qqi (bo’g’im)lari darajalar
bo’yicha tashkil qilingan, ya’ni ma’lum ierarxiyaga bo’ysungan. Daraxtning ixtiyoriy bo’g’imi yuqoriroq darajadagi yagona bo’g’im - yaratuvchi bilan
hamda quyi darajadagi m bo’g’imlar - yaratilgan bilan bog’langan. Eng yuqori darajada daraxtning boshida ildiz deb ataluvchi yagona bo’g’im mavjud.
Daraxt har bir shoxining oxirida joylashgan va yaratilganlarga ega bo’lmagan bo’g’imlar barglar deb ataladi. O’zaro bog’lanmagan daraxtlarning majmui
o’rmon hosil qiladi. Daraxtlarda yo’nalish albatta yaratuvchidan yaratilganga qarab bo’ladi,
shuning uchun qirralarda strelkalarni ko’rsatmasa ham bo’ladi.
Ba’zan daraxtlarni tasvirlashda genealogik daraxtlar (shajara)ni tasvirlashda ishlatiladigan alohida atamalarni qo’llash qulaydir. Masalan, yaratuvchi cho’qqini ba’zan ota deb, barcha yaratilganlarni esa - avlodlar yoki o’g’illar deb atashadi. Daraxtlarni grafik tasvirlash usulidan tashqari boshqa usullar ham mavjud. Ularning biri, masalan, kitob mundarijasini tuzishda qo’llaniladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon tuzilmasini tarmoq tuzilmalariga qaraganda ompyuter xotirasida amalga oshirish ancha qulaydir. Bundan tashqari, tarmoqlar
bilash ishlash uchun daraxtlar bilan ishlashga qaraganda ancha murakkab dasturiy ta’minot talab etiladi. U yoki bu daraxt qanoatlantiradigan shartlarga qarab, daraxtlarning turli tiplari ajratib ko’rsatiladi.
Ko’p hollarda har bir alohida darajada bo’g’imlarni ketma-ket kelishining nisbiy tartibi ma’lum ahamiyatga ega.
Har bir bo’g’imi bir xil sondagi shoxlarga ega daraxt muvozanatlashgan daraxt hisoblanadi. Muvozanatlashgan n-darajali daraxtda (n-l)-daraja to’liq to’ldirilgan bo’lsa, u simmetrik daraxt deb ataladi. Muvozanatlashgan daraxtda har bir yaratuvchi ikkitadan ko’p bo’lmagan yaratilganga ega bo’lsa, u ikkilik yoki binar daraxt deb ataladi. Ikkilik daraxtda yaratuvchidan yaratilganlarga yo’nalish o’ngga va chapga bo’lishi mumkin. Ushbu chapga bog’lanish vositasi bilan bog’langan barcha bo’g’imlar chap kichik daraxt (chap shox)ni tashkil qiladi, ushbu o’ngga bog’lanish vositasi bilan bog’langan bo’g’imlar o’ng kichik daraxt (o’ng shox)ni tashkil qiladi. kkilik daraxtlari kompyuterda qayta ishlash va saqlash uchun eng qulaydir. Biroq predmet sohasining juda kam munosabatlari bevosita ikkilik daraxt
ko’rinishida taqdim etilishi mumkin.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning turli protseduralarini bajarish uchun simmetrik daraxtlar eng qulay hisoblanadi. 5.9-chizmada olingan daraxt simmetrik emasligi ko’rinib turibdi. Simmetrik daraxtni qurish uchun ikki bosqichda bajariladigan boshlang’ich ketma-ketlikni dastlabki qayta ishlash zarur bo’ladi. Birinchi bosqichda yozuvlarning boshlang’ich ketma-ketligi kalit polyalar qiymatlarining o’sib borishi yoki kamayib borishi bo’yicha tartibga solinadi. Ikkinchi bosqichda daraxtni turli darajalarining bo’g’imlarida joylashtiriladigan kalitlar aniqlanadi. Ildiz bo’g’imda tartibga solingan ketma-ketlikning markazida joylashgan va uning ikkiga bo’ladigan kalit joylashtiriladi. Ketma-ketlikning chap va o’ng yarimlarini ikkiga bo’ladigan kalitlar mos ravishda chap va o’ng kichik daraxtlarni ikkinchi darajasining bo’g’imlarida joylashtiriladi.
XULOSA
Yuqorida ko’rib chiqilgan yozuvlar ketma-ketligini simmetrik ikkilik daraxt ko’rinishida taqdim etamiz, buning uchun esa uni kalit qiymatlarining o’sib borishi
bo’yicha tartibga solamiz: 7, 19, 21, 33, 36, 38, 51, 63, 100, 180, 260, 286, 290. 51 qiymatiga ega kalit daraxt ildiziga joylashtiriladi. 21 yoki 33 kalitlar chap kichik
daraxtdagi, 180 yoki 260 kalitlar esa o’ng kichik daraxtdagi ikkinchi daraja bo’g’imi bo’lishi mumkin. Bizning misolda 33 va 180 kalitlari tanlab olingan.
Boshqa darajalarning bo’g’imlari ham xuddi shu tarzda aniqlanadi. Qurish natijasida olingan daraxt simmetrik hisoblanadi. Simmetrik daraxt ajoyib xususiyatga ega: daraxtdagi ildizdan ixtiyoriy joygacha bo’lgan yo’llar bir xil uzunlikka ega.
ADABIYOTLAR
  • Роберт Седжвик. Фундаментальные алгоритмы на С++. Анализ.
  • Структуры данных. Сортировка. Поиск// К.:Изд. «Питер», 2014.

  • Алгоритмы: построение и анализ. 3-е изд. /
    3. Т.Х.Кормен.Ч.И.Лейзерсон, Р.Л.Ривест, К.Штайн. – М.: Вильямс, 2013. – 1328 с.
    4. Вирт Н. Алгоритмы и структуры данных. //М., ДМК, 2010. – 272 с.
    Даступа С., Пападимтриу Х., Вазирани У. Алгоритмы. – М.: МЦ-НМО, 2014 -320 с.
    5. Кнут Д.Э. Искусство программирования. Том 1. Основные алгоритмы. М.: Вильямс, 2010. – 720 с

Yüklə 23,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin