Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 214,96 Kb.
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü214,96 Kb.
#39693
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish 3

2.Fotoeffekt nazariyasi:
Fotoeffektning faqat 1-qonunini to'lqin nazariya asosida tushuntirish mutnkin. Lekin, 2-, 3- va 4- qonunulami to'lqin nazariya tushuntirishga ojizlik qiladi.

To'lqin nazariyaga ko'ra haqiqatan ham ixtiyoriy to'lqin uzunlikdagi yorug'lik intensivligi ortgan sari fotoelektronlarning energiyasi ham ortib borishi kerak edi. Lekin, tajribalaming ko'rsatishicha fotoelektronlaming energiyasi yorug'lik intensivligiga mutlaqo bog'liq emas ekan.

Ikkinchidan, to'lqin nazariyaga ko'ra elektron metalldan ajralib chiqishi uchun kerak bo'lgan energiyani har qanday uzunlikdagi to'lqindan olish mumkin. Faqat intensivlik etarlicha katta bo'lishi kerak. Lekin, to'lqin uzunligi “qizil chegara”dan katta bo'lgan yorug'lik intensivligi har qancha katta bo'Isa ham fotoeffekt hosil qila olmadi. Aksincha, to'lqin uzunligi "qizil chegara"dan kichik bo'lgan yorug'lik juda past intensivlikka ega bo'lsa ham fotoeffekt hosil qila oldi. Bundan tashqari nihoyat zaif intensivlikdagi yorug'lik tushayotganda to'lqin nazariyaga asosan, metalldagi elektron metalldan chiqishi uchun kerak bo'lgan energiyani yig'ib olishi uchun soatlab vaqt kerak. Tajribalarda esa metallga yorug'lik tushishi va va fotoelektron vujudga kelishi orasida 10-9s chamasi vaqt o'tar ekan. Boshqacha aytganda, fotoeffekt hodisasi inersiyasiz jarayon ekan deyish mumkin.

Demak, yorug'likning to'lqin nazariyasi va fotoeffekt orasida mos kelmasliklar mavjud ekan. Shuning uchun yorug'likni uzluksiz elektromagnit to'lqini deb tasawur etish yorug'likning tabiatini to'la aks ettirmas ekan, degan fikr paydo bo'ldi. Bu fikr 1905 yil Eynshteyn yorug'likning kvant tabiatini yaratishiga asos bo'ldi. Eynshteyn Plank gipotezasini rivojlantirib quyidagi g'oyani ilgari surdi:




Yüklə 214,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin