Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Boloniya jarayoniga qo‘shilish O‘zbekiston uchun nima beradi?



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Boloniya jarayoniga qo‘shilish O‘zbekiston uchun nima beradi? 
Boloniya jarayoni O‘zbekiston ta'lim tizimiga taxdid solishi mumkin 
yoki umuman foyda olib kelmaydi, degan fikrlar ham mavjud. Bunday 
taxminlarga bir qator omillar sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Shular 
qatoriga Boloniya jarayonida ishtirok etish yillar davomida shakllangan 
ta'lim tizimini tubdan o‘zgartirish talab etilishi, lozim bo‘lgan 
islohotlarning qimmat va uzoq vaqt talab etishi, akademik almashinuvlar 
natijasida bilimli insonlarning ketib qolish ehtimoli, milliy an'analarga 
putur yetish xavfi yuqoriligini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Qolaversa, Boloniya 
jarayoniga 
qo‘shilish 
uchun 
to‘sqinlik 
qilayotgan yana bir qancha omillar borki, ularni bartaraf etmay turib, biz 
bu jarayonga qo‘shilishimiz mushkul. Bular orasida qisqacha to‘xtalib 
o‘tish mumkin bo‘lgan omillardan: 
– Ayni vaqtda ta'lim standartlarimizning jahon talablari bilan 
muvofiq emasligi; 
– O‘quvchi va o‘qituvchilar malakasi bugungi talablarga javob 
bermasligi, ya'ni masalan ingliz tilini bilish darajasining pastligi; 
– Barcha talabalarimiz ham chet eldagi ko‘chib o‘tish, turar-joy va 
ovqat xarajatlarini qoplashga qodir emasligi. Universitetlarimiz xorijiy 
ta'lim muassasalarida stajirovka taklif etish imkoniyatiga ega bo‘lishsa-
da, ro‘yxatga olish va talabalarni almashish shartlari hammaning ham 
cho‘ntagiga to‘g‘ri kelavermasligi; 
– Xuddi shunday tarzda erkin akademik harakatlanishni ta'minlash 
uchun Universitetlarda rivojlangan infratuzilmaning (yotoqxona, tibbiy 
sug‘urta va h.k.) va mablag‘ manbalarining (sayohat grantlari va 
boshqalar) yetarli darajada rivojlanmaganligi; 
– Boloniya jarayoni universitetlarning avtonomiyasi prinsipiga katta 
ahamiyat beradi. Avtonomiya — o‘zlarining malakasi bilan bog‘liq 
masalalarni hal qilishda universitetlarning mustaqilligidir. Bizda afsuski 
barcha ta'lim muassasalari hali ham davlat qaramog‘ida va oliy ta'lim 
vazirligi qo‘li ostida faoliyat yuritadilar; 
– Oliy ta'lim tizimida hali ham korrupsiyaning mavjudligi; 
– Boloniya jarayoni masalalari doirasida amalga oshirilayotgan 
uchrashuvlar va yig‘ilishlarda O‘zbekiston qatnashuvi juda sustligi. 


Ushbu mavjud muammolarni ko‘zda tutgan xolda quyidagi 
yechimlarni taklif etsa bo‘ladi: 
1. Boloniya jarayoni bizdagi mutaxassislarning chet elda qolib 
ketishini osonlashtiradi degan shubhalarga kelsak, albatta xavf mavjud, 
chunki agar yevropada o‘zbek diplomlari qabul qilinsa (yoki hyech 
bo‘lmasa tan olinadigan bo‘lsa), bu albatta, bitiruvchilarimizni u yerda 
ish topishlarini osonlashtiradi. Ammo mutaxassislarni chet elga chiqib 
ketish jarayoni agar mamlakatimizda mavjud bir qator muammolarni hal 
qilmasak, shunday ham ro‘y beraveradi. Masalan, yurtimizdagi ish bilan 
ta'minlovchi tashkilotlar, shu jumladan, davlat, bitiruvchilarning ish 
sharoitlarini G‘arbdagidek ta'minlab bera olmasalar (masalan, ish haqi, 
kreativ 
va 
erkin 
fikrlash 
uchun 
shart-sharoitlar 
va 
h.k.) 
mutaxassislarimiz Boloniya jarayoniga qo‘shilmagan taqdirimizda ham 
chiqib ketaveradilar. Aksincha Boloniyaga qo‘shilish bizga nafaqat 
mahalliy 
mutaxassislarning 
chiqib 
ketishini 
qisqartirish, 
balki 
xorijliklarni ham ta'lim berish jarayonlariga jalb qilishimizga imkon 
beradi, bu esa O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining raqobatbardoshligini 
oshiradi. 
2. Hozirgi ta'lim standartlarini takomillashtirish maqsadida xuddi 
Qozog‘istondagi kabi mustaqil agentlik va markazlar tashkil etish lozim 
bo‘ladi. 
3. Xorijdan kelgan talabalar va xorijiy o‘qituvchilarga dars 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratish lozim. Masalan, ingliz 
tilida yangi dasturlarni ochish, talaba va o‘qituvchilarning ingliz tili 
salohiyatlarini ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha tekin kurslarni uyushtirish. 
4. Talabalarimizning erkin mobilligini ta'minlash uchun turli 
xalqaro grantlarni jalb etish, balki davlat dasturi asosida ham sarmoya 
ajratish kerak. 
5. Tajriba asosida ba'zi universitetlarga avtonomlik berish va 
ularning Boloniya jarayoniga qo‘shilishdariga yordam berish (ayniqsa, 
STeM yo‘nalishlarida); 
6. Korrupsiyaga qarshi kurashishda yuqorida tashkil etilishi taklif 
etilgan mustaqil agentlik bilan hamkorlikda dastur va yo‘l xaritalari 
ishlab chiqish. 
7. 
Boloniya 
jarayoniga 
bag‘ishlangan 
uchrashuvlarda 
O‘zbekistonning faolligini ta'minlash (bunda mustaqil agentlik xodimlari 
ham qatnashsa bo‘ladi). 
Umuman olganda Boloniya jarayonini sinchikovlik bilan tahlil qilish 
natijasida quyidagi xulosalarga kelsa bo‘ladi: 


– Boloniya jarayonida ishtirok etish Universitet bitiruvchilariga 
mehnat bozorida yangi imkoniyatlar yaratadi;- Talabalar va akademik 
almashinuvlar tajribasi globallashgan dunyoda O‘zbekiston kadrlarining 
saviyasi oshadi, rivojlangan davlatlardagi tajribalarni o‘zimizda ham 
tadbiq etishga imkon beradi; 
– Boloniya jarayoni O‘zbekistonga intellektual boylikdan samarali 
foydalanish uchun ilmiy va sanoat tadqiqot tuzilmalari yo‘nalishidagi 
innovatsion va izlanuvchan universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish imkonini beradi; 
– Boloniya jarayoniga qo‘shilish O‘zbekistonga yevropa ta'lim 
tizimidan foydalanish, diplomlar va malakalarning professionalligini 
e'tirof etish, kredit tizimini (ECTS) va diplom ilovasini joriy etish, ta'lim 
sifatini baholash, talabalar va fakultetlarning akademik uyg‘unligini 
amalga oshirish va uzluksiz ta'limni ta'minlashga imkon beradi; 
– Boloniya deklaratsiyasining tavsiyalariga muvofiq, har bir talaba 
hyech bo‘lmasa bir semestrni boshqa bir universitetda, imtiyozli 
ravishda chet elda o‘tkazishi lozim. Bunday aloqalar va almashuvlarning 
ahamiyati, ayniqsa, O‘zbekistondagi zamonaviy adabiyotning kamligi va 
ko‘pincha cheklangan va eskirib qolgan laboratoriya jihozlari sharoitida 
talabalar uchun kerakli bilimlarni olishga yordam beradi; 
– Boloniya jarayonida ishtirok etish respublika uchun ta'lim 
xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish, olimlar va o‘qituvchilarimiz 
malakasini oshirishga, xalqaro ta'lim sohasidagi O‘zbekistonning o‘rnini 
mustahkamlash uchun zarur shart-sharoit yaratishga asos bo‘ladi; 
– Diplomlarimizni xalqaro maydonda tan olinishi, kelgusida 
umumiy yevropa ta'lim maydonining bir qismi bo‘lish imkonini beradi; 
– yevropa Ittifoqi bilan tashqi savdo va investitsion aloqalarimiz 
yo‘lga qo‘yilgan va rivojlanib boryapti. Ushbu aloqalar, birinchi 
navbatda, oliy ma'lumotli kishilar va mutaxassislar tomonidan amalga 
oshiriladi. Agar ikki taraf dunyoqarashlari bir biriga yaqin bo‘lsa, bir-
birilarini tanishsa, aloqalarni yanada mustahkamlash osonroq bo‘ladi. 
Albatta Boloniya jarayoni kamchiliklardan xoli emas. Masalan, uch 
yillik bakalavriat ichida innovatsiyalarga qodir tadqiqotchi olimni 
tayyorlash qiyin. Buni anglagan ba'zi MDH mamlakatlarida fanlar sonini 
kamaytirish o‘rniga, eski darslarni, imtihonlarni qisqa muddatda 
o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu esa talabalar va o‘qituvchilarda haqli 
e'tirozlarga sabab bo‘ladi. 
Keyingi 
muammo 
Boloniya 
jarayonida 
ishtirok 
etadigan 
mamlakatlarning hammasi ham yetarlicha yuqori sifatli ta'lim 


xizmatlarini ko‘rsata olmaydi, ko‘plab talabalar cheklangan mobillik 
haqida shikoyat qiladilar (boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishda, talaba 
odatda bankdagi hisob raqamlarida ma'lum miqdorda pul borligini 
ko‘rsatishlari kerak, bu esa ba'zi davlatlarda qimmat – masalan, 
Norvegiya uchun yiliga 9,5 ming yevro), talabalarning passivligi, yangi 
qoidalarni talqin qilishda o‘zboshimchalik (bu esa ta'lim sifatini 
pasayishiga, 
bakalavriat 
dasturining 
tuzilishi 
bilan 
bog‘liq 
muammolarga olib keladi). 
Shunga qaramay, umumlashgan ta'lim tizimiga qo‘shilishning 
afzalliklari ko‘proq. Ta'limni ta'minlashda izolyasiyaga yo‘l qo‘yishdan 
qochish kerak, bugungi globalizatsiya jarayonlariga qo‘shilish, jahon 
hamjamiyatiga integratsiya qilish mamlakatimiz kelajagi uchun juda 
muhim hisoblanadi. Ta'lim dunyoviy ilmiy-intellektual, badiiy-estetik va 
ma'naviy-axloqiy madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish jarayonidir va 
haqiqiy ta'lim milliy-davlat chegaralarini tan olmasdan jahon 
tajribalariga asoslangan bo‘lishi har qanday davlat kelajagi uchun kuchli 
omildir. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin