Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Nazorat savollari: 
1. 
Innovatsion faoliyat deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Innovatsion faoliyat tushunchasiga ta’rif bering. 
3. 
Novatsiya so’zining lug;aviy ma’nosi nima? 


3-BOB. BALONIYA JARAYONI, XORIJIY DAVLATLARDA 
KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA TA’LIM JRAYONINI 
TASHKIL ETISH 
 
3.1. Baloniya kelishuvi va Evropa oliy ta’lim tizimi (Germaniya, 
Fransiya, Shvetsariya...) 
Boloniya jarayoni — yevropa mamlakatlari orasida oliy ta'limni 
uyg‘unlashtirish jarayonidir. Bu tushunish oson bo‘lgan va o‘xshash 
darajalar (malakalar) tizimini yaratishini, ta'limning kredit tizimiga 
o‘tishini, ta'limning sifatini ta'minlashda erkin akademik harakatlanishni 
va yevropadagi ta'lim hamkorligini o‘z ichiga oladi. Qisqa qilib 
aytganda, bu yevropa mamlakatlarining oliy ta'lim tizimlarini 
uyg‘unlashtirish, har bir kishi uchun teng ravishda ta'limni ta'minlash, 
intellektual, madaniy, ijtimoiy, ilmiy va texnologik salohiyatni 
shakllantirish va mustahkamlash, ta'lim sifatini takomillashtirish 
jarayonidir. 
Boloniya jarayoniga qo‘shilish shartlari 
Yevropa Madaniyat Konvensiyasini ratifikatsiya qilish va oliy ta'lim 
tizimida Boloniya jarayonining maqsadlarini amalga oshirishga 
tayyorgarlik; 
– Boloniya jarayonida e'tirof etilgan ilmiy darajalar, shu bilan birga 
YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan diplomga ilova sistemasini 
qabul qilish. Diplomlarni tasdiqlash va boshqa mamlakatlarda ularning 
tengligini e'tirof etish tartibini soddalashtirish uchun Boloniya 
Deklaratsiyasi “ECTS” kredit birligida ifodalangan o‘quv fanlari, amaliy 
mashg‘ulotlar va boshqa turdagi ta'lim to‘g‘risida asosiy ma'lumotni 
o‘zida aks etuvchi maxsus ingliz tilidagi diplom ilovasini taqdim etilishi; 
– Oliy ta'lim sohasida yuqori sifatni ta'minlash, oliy ta'lim sohasidagi 
malaka va tegishli hujjatlarni o‘zaro tan olish, universitetlarning 
avtonomligini ta'minlash. 
– Qiyosiy darajadagi tizim, ya'ni uch bosqichli oliy ta'lim tizimini 
quyidagi ikki model asosida joriy etish: 
Bakalavr + magistr + aspirantura: 3 yil + 2 yil + 3 yil; 
Bakalavr + magistr + doktorantura: 4 yil + 1 yil + 3 yil; 
– ECTS sistemasi asosida kredit tizimiga o‘tish. Kreditlar, shuningdek 
(agar ular oliy o‘quv yurtlari tomonidan e'tirof etilsa), oliy ta'limdan 
tashqari, jumladan, hayot davomida bilim olish (lifelong learning – 
LLL) jarayonida ham qo‘llanilishi mumkinligi; 


– Butun hayot davomida bilim olish (lifelong learning – LLL) uchun 
shart-sharoitlar yaratilishi; 
– Qiyosiy mezon va uslublarni ishlab chiqish maqsadida ta'lim sifatini 
ta'minlashda yevropa bilan hamkorlikni rivojlantirish; 
– Oliy ta'limda, ayniqsa, o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda, 
institutlararo hamkorlik, mobillik sxemalari, birgalikdagi o‘quv 
dasturlari, amaliy mashg‘ulotlar va tadqiqotlar bilan bog‘liq muhim 
masalalarda yevropa an'analariga va tizimlariga asoslanish; 
– Talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning erkin harakatini 
(mobilligini) samarali amalga oshirishga shart-sharoitlar yaratish: 
talabalarni ta'lim olish imkoniyatlarini yaxshilash va amaliy 
mashg‘ulotlar bilan ta'minlash; o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ma'muriy 
xodimlar uchun esa natijalarni tan olish va boshqa universitetlarda 
tadqiqot, o‘qitish va amaliyotga sarflangan vaqtni hisobga olinish 
imkoniyatini yaratish; 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin