faoliyati
Jahon miqyosida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyati va
faoliyatini takomillashtirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
intellektual resurslarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy
shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda
jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga
oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta'minlamoqda.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud
taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Bu o‘z
navbatida mustaqil harakatlanish imkoniyatiga ega, o‘z sohasining
bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan,
boy tajriba va mahoratga, yuqori darajali kasbiy kompetentli va
innovatsiyalarni yarata oladigan kadrlarga extiyoj tug‘dirmoqda.
Shunday ekan, oliy ta'lim muassasalarida pedagogik kadrlarni tayyorlash
jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga
muvofiqdir.
Respublikamiz prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni [1], 2017 yil 20 aprelda qabul
qilingan “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori [3], 2019 yil 8 oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5847-sonli
Farmoni aynan shu masalalarga qaratilgandir.
Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim samaradorligini oshirish,
mutaxassislarning kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, rahbar
va pedagog kadrlarning innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, o‘quv
jarayonida innovatsion ta'lim muhitini va elektron axborot ta'lim
muhitini uyg‘unlashtirish orqali ta'lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy
tajribalarni o‘zlashtirish va mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash oliy ta'lim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar
sifatida belgilandi. Bu esa o‘z navbatida oliy ta'lim muassasalaridagi
innovatsion faoliyat mazmunini takomillashtirish asosida o‘qitishning
innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini ko‘rsatib beradi.
Bugungi kunda oliy ta'lim tizimida o‘quv reja va dasturlar
mazmunini takomillashtirish, o‘quv amaliyotiga zamonaviy pedagogik
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, elektron
o‘quv modullari, elektron o‘quv-uslubiy majmualar, multimediya
ishlanmalarini yaratish, masofali o‘qitish shakllarini joriy etish orqali
ta'lim sifatini takomillashtirish, malakali kasb ta'limi mutaxassislar
tayyorlashda innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalariga alohida
e'tibor qaratilmoqda.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti uzluksiz ta'lim tizimining barcha
bo‘g‘inlarida innovatsion faoliyatni ta'lim jarayoniga kirib kelishiga
sabab bo‘ldi. Zero, ta'limning xalqaro standartlarga mosligini ta'minlash
va yuqori malakali kadrlarni innovatsion faoliyatga tayyorlash ta'lim
jarayonini takomillashtirishga hizmat qiladi. Halqaro hamjamiyatda
pedagogik innovatsiyalar global miqyosda ahamiyatli ta'lim-tarbiya
jarayonlarida insoniyat uchun serqirra imkoniyatlar ochib bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga
joriy
etishning
samarali
mexanizmlarini
hamda
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi
Innovatsion
rivojlanish
vazirligini
tashkil
etish
to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli Farmoni oliy ta'lim muassasalarida
o‘qituvchilar innovatsion faoliyatini tashkil etish zarurligini
ko‘rsatmoqda.
Texnika va texnologiyalarning yuksak rivojlangan asri deb
yuritilayotgan XXI asrga kelib, ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng
joriy qilish masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi. Dissertatsiya ishida
ta'lim jarayonida “innovatsiya”, “innovatsion faoliyat”, “pedagogik
innovatsiya” kabi tushunchalarining ta'riflari, kelib chiqishi va
qo‘llanishi hamda mazkur yo‘nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar va
manbalar tahlili keltirilgan.
V.M.Polonskiy tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda innovatsiya
tushunchasi dastlab XX asrning 30-yillarida I.Shumpeter tomonidan
kiritilganligi va ilk bora innovatsion jarayonga to‘liq tavsif berilganligi
qayd etilgan.
Lug‘atlarda “innovatsiya” tushunchasiga quyidagicha izoh beriladi:
“innovatsiya” inglizcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, yangilik, yangi
hodisa deb tarjima qilinadi.
Innovatsiyalar juda murakkab va ko‘p o‘lchovli bo‘lganligi
sababli, turli tadqiqotchilar ushbu tushuncha mazmunini tushunish va
anglashda turli yondashuvga ega. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda
“innovatsiya” tushunchasining turlicha ta'riflari tasniflanadi.
D. V. Chernilevskiyning “Oliy maktabda o‘qitish texnologiyasi” nomli
qo‘llanmasida ta'lim tizimida “innovatsiya” tushunchasini qo‘llanilishiga
quyidagicha ta'rif beradi: “innovatsiya (yangilik kiritish) pedagogik
ilmiy-texnik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va amalga oshirish
jarayonidir”.
K.Angelovski innovatsiyaga oid ta'riflarini tahlil qilar ekan,
ko‘pgina olimlar innovatsiyani yangilik, yangi, yangi modellar,
yangilanish jarayoni deb e'tirof etganliklarini, lekin uning fikricha
innovatsiya bu o‘zgarish sifatida ustunlik qilishini ta'kidlaydi.
K.Angelovski “pedagogik innovatsiya”larni, ta'lim - tarbiyani
takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan o‘zgarishlar sifatida
belgilaydi. R.N.Yusufbekova “pedagogik innovatsiya” tushunchasining
mohiyatinini ochib berar ekan, pedagogika nazariyasi va amaliyotida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning mazmuni (ta'lim
tizimida innovatsiyalarni o‘zlashtirish va uni joriy etish), avval
uchramagan holatga olib keladi, natijada ta'lim-tarbiya nazariyasi va
amaliyoti rivojlanadi.
D.I.Yunusovaning tadqiqot ishida ham mutaxassislik fanlarini
pedagogik va zamonaviy AKT asosida o‘qitish orqali talabalarda
innovatsion faoliyat motivatsiyasini shakllantirish, maxsus kurs asosida
innovatsion faoliyatga nazariy va amaliy tayyorlash, pedagogik amaliyot
davrida innovatsion dars loyihalarini amalga oshirish orqali innovatsion
faoliyat ilk tajribalariga ega bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish
yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
V.A.Slastenin va L.S. Podыmovalarning fikricha yangilik
(novation) bu vosita bo‘lib (yangi metod, metodika, texnologiya, dastur),
innovatsiya (innovation) esa aniq bir bosqichlarni rivojlantiruvchi
jarayondir.
V.C. Lazarevning fikriga ko‘ra, innovatsiya o‘zgarish sifatida
emas, balki uni ta'lim tizimida qo‘llanishi kerak bo‘lgan vosita sifatida
ya'ni kasbiy faoliyat natijalarini yaxshilashni nazarda tutadi. Innovatsiya
har qanday ta'lim tizimining samaradorligini oshirishning moddiy
tomoni bo‘lgan g‘oyadir.
Pedagog olima N.Jumaniyozovaning ta'riflashicha, innovatsiyaning
maqsadi sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan
iborat. Boshqa turli-tuman, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan yangiliklardan
farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi
o‘zgarishlar mexanizmini tashkil etadi. Ta'lim tizimidagi har qanday
yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va
«innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rsatib o‘tish
zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va
ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va
yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi
faqat ba'zi elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u
holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat
ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va
uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial
o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz.
"Innovatsiya" atamasi "modernizatsiya" tushunchasi bilan bog‘liq.
Innovatsiya - mavjud ta'lim texnologiyasini, ta'lim muassasasining yangi
turini yoki ta'limni boqarishni sezilarli ravishda o‘zgartiradigan yangi
ta'lim, yangi g‘oyadir. Bu yerda innovatsiya va innovatsion jarayonlar
vosita sifatida emas, balki ularning yangilik darajasi bo‘yicha mutlaq va
nisbiydir.
A.A.Alimovning fikricha innovatsiya – bu yangilikning mazmuni
va tatbiq etilishi deb qaralsa, u holda kiritilgan yangilik esa – bu faqat
yangilikni ishlab chiqish kabi tushuniladi. Bundan novatsiya yoki
ta'limdagi yangilik – innovatsiyaning yadrosidir.
Innovatsiyalarni yaratish, tadbiq etish va joriy etish jarayoni yaxlit
innovatsion jarayonni tashkil etadi. Muayyan ta'lim muassasasida
innovatsiyalar - bu jarayonning bir qismi. Shunday qilib, odatda,
innovatsiya jarayonini innovatsiyalarni yaratish, tadbiq etish va joriy
etish orqali ta'limni rivojlantirish jarayoni deb tushunish mumkin.
Ta'lim tizimida har qanday innovatsiyaning tadbiq etilishi yoki
vujudga kelishi ta'lim jarayonining ayrim sohalarida vujudga kelgan
muammolarni
yechishga
ehtiyojni
tug‘ilishi
yoki
butunlay
modernizatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi va Rossiya ta'lim
akademiyasining
pedagogik
innovatsiyalar
Instituti
tomonidan
innovatsiya tushunchasiga birmuncha noan'anaviy ta'rif berilgan:
innovatsion ta'lim rivojlanishining elementi ta'lim muhitida turli
tashabbuslar va yangiliklarni to‘plash, olingan natija asosida ta'lim
sohasida ko‘proq yoki kamroq global o‘zgarishlarga olib keladi.
Innovatsiyalar – bu tashabbuslar va yangiliklarning turli –
tumanligi asosida paydo bo‘luvchi dolzarb muhim va tizimli o‘z-o‘zini
tashkil qiluvchi yangi ta'limdir, u ta'lim evolyusiyasi uchun asos bo‘ladi
va uning rivojlanishi uchun ijobiy ta'sir ko‘rsatadi hamda ta'limning
yanada kengroq madaniy muhitining rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi.
Innovatsion faoliyat - bu alohida faoliyat turidir. Uning maqsadi
o‘qitish tizimini yoki uni komponentlarini innovatsiya kiritish orqali
takomillashtirishdir.
V.C. Lazarev innovatsion faoliyatni yangi ta'lim tizimlarini yoki
ularning ayrim qismlarini yaratish, boshqarish va tarqatish orqali ta'lim
faoliyati
amaliyotini
maqsadli
o‘zgartirishi sifatida ta'riflaydi.
Innovatsion faoliyat ta'lim faoliyatidan farq qiladi. Ta'lim faoliyati
talabalarni rivojlantirish uchun xizmat qilsa, innovatsion faoliyat ta'lim
tizimini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.
Innovatsion faoliyat - bu alohida faoliyat turidir. Uning maqsadi
o‘qitish tizimini yoki uni komponentlarini innovatsiya kiritish orqali
takomillashtirishdir.
Innovatsiya muayyan davrlarda turli bosqichlardan o‘tadi. Bu esa
innovatsiyalarning hayot aylanish davri deb nomlanadi. Innovatsiyalar
bir marta paydo bo‘ladi, ishlatiladi va bir muncha vaqt o‘tgach, boshqa
ilg‘or ijod mahsuli bilan almashtiriladi.
S.D. Polyakov innovatsiyaning hayotiy siklining keyingi
bosqichlarini belgilaydi: yangi paydo bo‘lishi, ma'lum bir ob'ektda
rivojlanishi, diffuziya (boshqa narsalarga tarqalishi) va rouming
(innovatsiyani an'anaga aylantirish)
V.I. Zagvyazinskiy hayot siklining batafsil strukturasini taklif
qiladi: boshlash, paydo bo‘lishi, tez o‘sishi (raqib va skeptiklar bilan
kurashda), yetuklik, to‘yinganlik amalda amaliyotning kam yoki
ko‘payishi bilan bog‘liq), inqiroz va tugatish, odatda, yangi, yanada
samaraliroq, ko‘pincha umumiy tizimda innovatsiyalarni olib tashlash.
B.C. Slastenin va L.C. Podыmova innovatsiyalarning hayotiy
siklining mavjud variantlarini umumlashtirib, innovatsion jarayonni
quyidagi bosqichlarga ajratadilar:
1) yangi g‘oyaning tug‘ilishi yoki innovatsiya konsepsiyasining paydo
bo‘lishi bosqichi shartli ravishda kashfiyot bosqichi deb ataladi;
2) ixtiro bosqichi, ya'ni har qanday narsada, moddiy yoki ma'naviy
mahsulot misolida tatbiq etilgan innovatsiyalarni yaratish;
3) innovatsiya bosqichi, unda olingan innovatsiyani amaliy qo‘llash.
Ta'lim tizimida har qanday innovatsiyaning tadbiq etilishi yoki
vujudga kelishi ta'lim jarayonining ayrim sohalarida paydo bo‘lgan
muammolarni
yechishga
ehtiyojni
tug‘ilishi
yoki
butunlay
modernizatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shundan so‘ng, innovatsiyalarning mustaqil mavjudligi boshlanadi,
innovatsiya jarayoni keyingi bosqichga o‘tadi, bu faqat innovatsiyani
qabul qiladigan bo‘lsa sodir bo‘ladi. Innovatsiyalarni qo‘llash bosqichi
quyidagi uch bosqichga ajratiladi:
keng tarqalgan tanlovdan iborat bo‘lgan innovatsiyalarni tarqatish
bosqichi. Yangi sohalarda innovatsiyalarni tarqatish (diffuziya);
innovatsiyalarning o‘zidan voz kechib, o‘z yangiliklarini
yo‘qotganda ma'lum bir sohada innovatsiyalarni boshqarish
bosqichi. Ushbu bosqich samarali muqobilning paydo bo‘lishi yoki
ushbu yangilikni yanada samaralirog‘iga almashtirish bilan
tugaydi;
yangi mahsulotni almashtirish bilan bog‘liq innovatsiyalarni
qo‘llash ko‘lamini qisqartirish bosqichi.
Umuman, har qanday innovatsiya jarayoni ta'lim jarayonining ayrim
sohalarida o‘zgarishlarga ehtiyojni aniqlash bilan boshlanadi. Bu esa
ixtisoslashtirilgan ilmiy tashkilotlar, ta'lim muassasalari, ta'lim
muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarining tahliliy ishlarining natijasi
bo‘ladi.
Ta'lim innovatsiyalarini joriy etish bir necha vazifalarni hal etishni
talab etadi, jumladan: zarur o‘quv vositalari va didaktik materiallarni
chop etish, ta'lim oluvchilarga tadbiq etilayotgan innovatsiyalar haqida
ma'lumot berish, bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga
tayyorlash, maxsus o‘quv dasturlarini yaratishdir. Tadbiq etilayotgan
innovatsiyalarning qay darajada samarali ekanligi pedagogik tajriba-
sinov asosida aniqlanadi. Shu bois, innovatsiyalarning tadbiq etishda
doimiy tahlillar o‘tkazilishi kamchilik va nuqsonlarni aniqlash va ularni
bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Barcha ta'lim innovatsiyalar umumiy xususiyatga ega - ular
pedagogik tizimlarning samaradorligini oshirishning asosiy vositasi.
Shuning uchun, innovatsiyalarni yaratishda tadbiq etiladigan soha yoki
muassasa imkoniyatlari, ulardagi kamchilik va muammolar to‘liq
o‘rganilishi kerak. Innovatsiyalarni ta'lim tizimiga tadbiq etishning
asosiy omili talabalarni innovatsion faoliyatga qay darajada tayyor
ekanligidir.
A.Alimov bo‘lajak kasb ta'limi o‘qituvchisini innovatsion
faoliyatni - yangi bilimlarni egallashga va qo‘llanishga qaratilgan
faoliyat deb izohlaydi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: yangi bilimlarni
olishga
qaratilgan
fundamental
(nazariy,
tajriba-sinov)
ilmiy-
tadqiqotchilik; amaliy maqsadlarga erishi va aniq vazifalarni xal qilish
uchun asosan yangi bilimlarni qo‘llanishga yo‘naltirilgan tatbiqiy
novatorlik; amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yoki yangi
loyihalarni, mahsulotlarni, jarayonlarni, ishlab chiqarish va foydalanish
xizmatlarni, tizimlarni yoki uslublarni yaratishga hamda ularni yanada
takomillashtirishga qaratilgan amaliy tajribaviylik hisoblanadi.
Kasb ta'limi o‘qituvchisining innovatsion faoliyati quyidagi
funksiyalarni o‘zida qamrab oladi:
-
psixologik-pedagogik
tadqiqot
natijalarni
umumlashtirish,
metodikalarni takomillashtirish, yangi usul va zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish;
- ta'limiy metodlarni qo‘llashga yangicha yondashish;
- fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar va shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil qilish;
- ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni o‘z kasbiy faoliyati mazmuniga
kiritish.
Yuqorida olib borilgan tahlillarni umumlashtiradigan bo‘lsak,
innovatsion faoliyat - bu yangi bilimlarni egallashga va qo‘llanishga
qaratilgan faoliyatdir. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: yangi bilimlarni
olishga
qaratilgan
fundamental
(nazariy,
tajriba-sinov)
ilmiy-
tadqiqotchilik; amaliy maqsadlarga erishi va aniq vazifalarni xal qilish
uchun asosan yangi bilimlarni qo‘llanishga yo‘naltirilgan tadbiqiy
novatorlik; amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yoki yangi
loyihalarni, mahsulotlarni, jarayonlarni, ishlab chiqarish va foydalanish
hizmatlarni, tizimlarni yoki uslublarni yaratishga hamda ularni yanada
takomillashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Har bir inson umri davomida
ushbu faoliyatni bosib o‘tishi, ushbu faoliyatda har bir talaba o‘z
faoliyatini qobiliyati, bilimi, tashqi muhit ta'siri natijasida turlicha
namoyon etadi bu esa, jamiyatimiz uchun yangi innovatsiyalarni olib
kirishga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |