Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

 
 
 


Kasb ta’limi pedagogining innovatsion faoliyatidagi 
SMART- hususiyatlari 
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar ko‘p jihatdan jamiyat 
tomonidan ta'lim tizimiga qo‘yiladigan talablarga va ta'limni amalga 
oshirish shart-sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi, bunday 
sharoitlardagi jadal o‘zgarishlar ta'limni rivojlantirish maqsadlari va 
strategiyasini 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
asosida 
modernizatsiyalash ehtiyojini kuchaytirdi. Zamonaviy axborot ta'lim 
texnologiyalar, elektron dasturlarini keng joriy etilishi, elektron ta'lim 
resurslarini yaratilishi, innovatsion faoliyatga asoslangan o‘qitish 
metodikasini o‘quv - uslubiy ta'minotini ishlab chiqish va amalga 
oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Ta'lim muammolariga bag‘ishlangan Halqaro va Respublika 
konferensiyalar, oliy ta'lim muassasalari seminarlariga ko‘ra, ta'lim 
jarayonida quyidagi qarama-qarshilik va ziddiyatlar mavjudligi 
aniqlangan:

ta'lim resurslar ko‘lamning cheklanganligi;

ta'lim sifatining pasayib borishi;

jahon mehnat bozorida raqobatbardoshlilikning susayishi;

ta'limda innovatsiyalar va innovatorlarga ehtiyojni ortishi.
Mamlakatimizda zamon talablari asosida kasbiy ta'lim jarayonini 
tashkil etish, jumladan, kasbiy ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini 
joriy etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-sonli farmonlari [2], 2018 yil 3 
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta'limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3504-sonli 
Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy xujjatlar 
mazmunida aynan kasbiy ta'limni axborotlashtirish sharoitida ta'lim 
sifatini oshirish masalasi e'tirof etilgan.
Hozirgi zamon ta'lim tizimi rivojlanishining ustivor yo‘nalishi 
ta'limni axborotlashtirish bo‘lib, bu yo‘nalish quyidagi innovatsion 
jarayonlar bilan tavsiflanadi: 

elektron va masofaviy o‘qitish texnologiyalariga asoslanadigan 
axborotlashtirilgan ta'lim xizmatlarini joriy qilish; 

interfaol va multimediyali texnologiyalarga asoslanadigan ochiq 
raqamli ta'lim kontentlari va dasturiy-metodik ta'minotni ishlab 
chiqish; 



telekommunikatsiya tuzilmalari (axborot-ta'lim muhiti, ta'lim 
portallari)ni yaratish. Bunday sharoitlarda ta'lim oluvchilarning kasbiy 
faoliyatga tayyorlashda zamonaviy axborotlashgan jamiyat talablariga 
mos innovatsion faoliyatga tayyor bo‘lgan o‘qituvchilarga ehtiyoj 
tug‘iladi.
“Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi birinchi marta Yaponiyada 
qo‘llanilgan bo‘lib, unga quyidagicha ta'rif berilgan: axborotlashgan 
jamiyat yuqori sifatli axborot ustun bo‘ladigan jamiyatni bildirib, 
axborotlarni saqlash, taqsimlash va ulardan foydalanish kompyuter 
texnologiyalariga asoslangan zamonaviy vositalar yordamida amalga 
oshiriladi.
Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilaridan biri E.Toffler 
bunday jamiyatga xos bo‘lgan qirralarni “uchinchi to‘lqin” nomi bilan 
quyidagicha tavsiflab bergan: siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha 
qirralaridagi innovatsiyalarning yuqori darajasi; mehnat, shaxslararo 
munosabatlarning 
psixologik, 
ijtimoiy 
va 
etik 
maqsadlarga 
yo‘naltirilganligi xarakteri; ortiqcha axborotlarning kishi madaniyatiga 
ta'siri; madaniyat va jamiyatning har bir kishiga yo‘naltirilganligi. 
Pedagogik olimlarning tadqiqotlarida hozirgi zamon axborotlashgan 
jamiyatining asosiy tavsiflari asoslab berilgan. Axborotlashgan 
jamiyatda alohida bir kishi, kishilar yoki korxonalar guruhi istalgan 
joyda va istalgan vaqtda ahamiyati katta bo‘lgan vazifalarni hal qilish 
uchun avtomatlashtirilgan tarzda tasarruf etish asosida axborotlarni va 
bilimlarni egallashi mumkindir. 
Shunday qilib, axborotlashgan jamiyat – bu barcha turdagi axborot 
texnologiyalarini, 
kompyuterli 
telekommunikatsiyalarni, 
axborot 
resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish asosida fuqarolarning 
huquqlarni ro‘yobga chiqarish va ularning axborotlarga ehtiyojlarini 
qondirish uchun optimal shart-sharoitlarni yaratishning ham ijtimoiy-
iqtisodiy, ham ilmiy - texnik xususiyatdagi jarayonidir. 
So‘nggi o‘n yilliklarning texnologik innovatsiyalari shu haqida 
guvohlik beradiki, XXI asrda axborotlashgan jamiyatning o‘z 
rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tdi. Shunga ko‘ra, 2010 
yilda Seuldagi “Katta yigirmalik” Sammitida axborotlashgan 
jamiyatning yangi bosqichi - SMART-jamiyat bosqichi ko‘rsatib 
o‘tilgan bo‘lib, unda kishilar tomonidan yuqori texnologiyali texnik 
vositalarning va internetning qo‘llanilishi fuqarolar, davlat muassasalari, 
xususiy kompaniyalar orasidagi o‘zaro aloqalarning yangi sifatini 
belgilab beradi va turmush faoliyatining ijtimoiy, iqtsodiy sohalari 


yaxshilanishiga olib keladi. “SMART” tushunchasi jamiyat 
rivojlanishining yangicha zamonaviy bosqichini ta'kidlab, u ijtimoiy 
paradigmaning o‘zgarishiga, yangi g‘oyalar, bilim va intelelktual 
kapitalning kishilar tomonidan generatsiyalanishi jarayoniga asoslanib, 
bunda ular mazkur jarayonlarni innovatsion texnologiyalar yordamida 
amalga oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlangan bo‘ladilar. 
SMART-jamiyat g‘oyasi zamonaviy axborot muhiti sharoitlarida inson 
hayotining barcha jihatlarini yaxshilashga intilishni ifodalab, bu 
insonning nafaqat axborot tashuvchisi sifatida, balki inson axborotli 
faoliyatining faol ta'sir ko‘rsatuvchi sohasi sifatida ham belgilanadi. 
Ko‘pchilik mamlakatlar uchun birinchi o‘rindagi yo‘nalishga aylangan 
SMART- ta'lim va zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida 
axborotlashgan muhitni modernizatsiyalash bugungi kunlarda global 
tendensiya sifatida namoyon bo‘lmoqda [128].
Rossiyada 
SMART-jamiyat 
rivojlanishi 
falsafasi 
akademik 
V.P.Tixomirovning ilmiy maktabi tomonidan faol tadqiq qilib 
borilayotgan bo‘lib, bu yerda axborotlashgan jamiyatni SMART-
jamiyatga qayta tashkil etish muammolari chuqur o‘rganilmoqda va 
buning asosida elektron o‘qitish texnologiyalari bosqichma-bosqich 
rivojlantirib borilmoqda.
XXI asr axborot texnologiyalari inson hayot makonining ajralmas 
qismiga aylangan asr. Bugungi kunda mobil telefon, kompyuter va 
internet tabiat va jamiyat kabi tabiiy elementlari bo‘lib, yangi raqamli 
(tarmoq) avlodining mavjudligini ishonch bilan aytishimiz mumkin. 
Axborotlashgan jamiyatdagi ta'lim muammolariga bag‘ishlangan hozirgi 
davr nashrlarida kishilarning “raqamli” avlodi mavjudligi faktlari 
ta'kidlanib, ular uchun turmush faoliyatning tabiiy elementlari bo‘lib 
kommunikatsiyalarning 
uyali 
va 
mobil 
vositalari 
sanaladi. 
V.P.Tixomirov innovatsion ta'lim muassasasining bitiruvchisi qanday 
bo‘lishi lozimligi haqidagi o‘z tasavvurlarini taqdim etgan: “SMART-
jamiyat fuqarosi (SMART-odam) butun hayoti davomida o‘qiydi-
o‘rganadi, innovatsiyalarni yaratadi, hukumat bilan birgalikda ijtimoiy 
muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topadi, dunyo fuqarosiga 
aylanadi. Internet va texnologiyalardan foydlanishga tayyorlangan 
kishilar yangi iqtisodiy va ijtimoiy ne'matlarni olib keladilar, yangi 
madaniyatni yaratadilar”. 
Akademik A.P.Yershov axborotlashtirishni shaxs faoliyatining 
barcha ijtimoiy ahamiyatli turlarida bilimlardan ishonchli, to‘liq va o‘z 
vaqtida to‘la foydlanishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar 


majmuasi sifatida ta'riflash orqali, ko‘rsatib o‘tgandiki, ta'limni 
axborotlashtirish – bu pedagogik faoliyatning metodlari va tashkiliy 
shakllarini sifat jihatdan o‘zgartirishga imkon beruvchi dastak 
ko‘rinishida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish yordamida 
pedagogik muammolarni hal qilish vositasidir. Bu g‘oya mazkur 
tushunchaning zamonaviy talqini uchun asos bo‘lib qoldi.
Ta'limni axborotlashtirish – bu qulay va sog‘liqni asraydigan 
sharoitlarda qo‘llaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalarining imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yo‘naltirilgan ilmiy-
pedagogik, o‘quv-metodik ishlanmalarni yaratish hamda ulardan optimal 
ravishda foydalanishning metodologiyasi, texnologiyasi va amaliyoti 
bilan ta'lim sohasini ta'minlashning maqsadga qaratilgan tashkiliy 
jarayonidir. Ta'limni axborotlashtirish dolzarb ilmiy yo‘nalish bo‘lib, 
uning konseptual, metodologik va nazariy asoslari Ya.A.Vagramenko, 
S.G.Grigorev, V.V.Grinshkun, S.D.Karakozov, K.K.Kolin, M.P.Lapchik 
va boshqalarning ilmiy ishlarida taqdim etilgandir. Ta'lim tizimini 
axborotlashtirish muammosining hozirgi davrdagi holatini ko‘rib chiqa 
turib, axborot texnologiyalarini joriy qilishning keng ko‘lamli va 
majmuaviy xarakterini ta'kidlab o‘tish zarur bo‘lib, bu ikkita strategik 
maqsadlarga – ta'lim faoliyatining barcha turlari samaradorligiga va 
axborotlashgan jamiyat talablariga mos keluvchi mutaxassislarni 
tayyorlash sifatining oshirilishiga erishish imkonini beradi.
Shunday 
qilib, 
axborotlashgan 
jamiyat 
va 
ta'limni 
axborotlashtirishning rivojlanishidagi zamonaviy yo‘nalishlarni tahlil 
qilib chiqish shuni ko‘zda tutadiki, SMART-ta'lim (SMART-education) 
– “bu erkin foydalanish mumkin bo‘lgan, butun dunyodagi kontentlar 
yordamida interfaol o‘qitish muhitida moslashuvchan ta'lim olishdir”. 
SMART-ta'lim texnologiyasi ta'lim oluvchilarga yangi bilimlarni 
generatsiyalashga va SMART-odamni shakllantirishga imkon berib, 
bunday odam axborotlarni izlab topish, tahlil qilish va innovatsiyalarni 
yaratish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan mukammal 
foydalana oladigan bo‘ladi.
SMART-ta'limga bag‘ishlangan ilmiy-metodik adabiyotlarda uning 
quyidagi asosiy tavsiflari ajratib ko‘rsatiladi.

elektron o‘qitish ta'lim texnologiyalari majmuasi sifatida prinsipial 
jihatdan yangi kontent va uni tasarruf etishning interfaol ta'minoti 
bilan to‘ldiriladi; 

ta'lim kontentining sezilarli qismi Internet tarmog‘idagi veb-
resurslarda joylashtiriladi; 



bilimlarni sinxronlashtirilgan tarzda yetkazib berishning shart-
sharoitlari yaratiladi – saytda joylashtiriladigan dolzarb axborot 
o‘quv materiallariga tezda kiritiladi; 

pedagogik internet-hamjamiyatlari rivojlanib, ularda ta'lim tizimi 
mutaxassislari har bir konkret o‘quv fani uchun o‘qitish mazmuni va 
metodikasini tushunishdagi har xillikni ta'minlash uchun interfaol 
kontentlar bilan almashuvlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi; 

ta'lim muassasalari va o‘qituvchilar umumiy standartlar, kelishuvlar 
va texnologiyalar asosida Internet tarmog‘i orqali hamkorlikdagi 
ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quv materiallarining 
umumiy repozitori yordamida jamoaviy ta'lim jarayonini amalga 
oshiradilar; 

ta'lim oluvchilar ta'lim kontentini ishlab chiqishda ishtirok etishlari 
mumkin bo‘lib, bu ularga kompetentli model bilan mos holda bilim, 
mahorat, faoliyat usullarini egallashlariga imkon beradi. 
Ta'limning axborotlashuvi sharoitlarida bu tizimda ro‘y berayotgan 
global o‘zgarishlarning nazariy tahlil quyidagi qarama-qarshiliklarni 
ajratib ko‘rsatdi: 
axborotlashgan jamiyatning o‘zgarib borayotgan maqsadli yo‘riqlari 
bilan ularning ta'lim muhitida mos holda aks etishi orasidagi qarama-
qarshilik; 
pedagoglarga qo‘yilayotgan talablarning o‘zgarib borishi bilan ular 
tomonidan ta'lim jarayonidagi o‘z vazifalarining anglanishi, o‘zlarida 
zamonaviy 
axborotlashgan 
jamiyat 
talab 
qilayotgan 
sifatlarni 
shakllantirishga intilish orasidagi qarama-qarshiliklar. SMART-ta'lim 
tushunchasida aks etuvchi ta'limning axborotlashuvidagi yangi yuqori 
texnologiyalar yo‘nalishlari bitiruvchilarning innovatsion faoliyatga 
tayyorligi malakasiga yuqori talablarni qo‘yadi. Innovatsion faoliyat 
jahon xamjamiyatini inson hayoti va faoliyatining barcha sohalariga, shu 
jumladan ta'limga sezilarli darajada ta'sir etgan holda, rivojlanishning 
yangi hamda yuqori bosqichlarga olib keldi.
XX asrning o‘rtalarida zamonaviy jamiyat axborot jamiyati sifatida 
tavsiflandi. Bu inson faoliyatining barcha sohalarida axborot 
jarayonlarning o‘rni o‘sishini bildiradi, axborotni ishlab chiqish, ishlov 
berish, saqlash va undan foydalanish uchun axborotga va axborot 
vositalariga bo‘lgan ehtiyoj oshib boradi.
Adabiyotlarning nazariy tahlili ta'limning an'anaviy va innovatsion 
tizimidagi farqlarni aniqlashtirgan holda, taqqoslashni amalga oshirish 
imkonini berdi



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin