Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 61,93 Kb.
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü61,93 Kb.
#43226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OSmi210Komilov

2. MIKROPROTSESSORLI XOTIRA
Mikroprotsessorli xotira (MPX) - unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar - mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o’lchanadi).


U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan; mikroprotsessorli xotira mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprocessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.


Mikroprotsessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprocessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium mikroprotsesoridagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.
Mikroprotsessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari - Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari - Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) saqlash uchun ishlatiladi.
Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatta ishlatilgan bo’lishlari shart.



Yüklə 61,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin