Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 61,93 Kb.
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü61,93 Kb.
#43226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OSmi210Komilov

6. TASHQI XOTIRA
Tashqi xotira shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmasi bo’lib, bu qachondir masalani echish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotirada kompyuterning butun dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi xotira turli xil eslab qolish qurilmalarini o’z ichiga oladi, lekin ulardan eng ko’p tarqalgani, deyarli istalgan kompyuterda mavjud bo’lgan va strukturali sxemada ko’rsatilgan qattiq (QMDY) va egiluvchan (EMDY) magnit disklardagi yig’uvchilardir.
Bu yig’uvchilarning vazifasi: katta hajmdagi axborotni saqlash, so’rov bo’yicha tezda eslab qoluvchi qurilmaga saqlanayotgan axborotni yozish va uzatish. QMDY va EMDI faqat konstruktiv (tuzulish) jihatdan, saqlanadigan axborot sig’imi va axborotni qidirish, yozish va o’qish vaqti bilan farqlanadi.

Tashqi xotira qurilmalari sifatida ko’pincha yana optik diskdagi yig’uvchilar (CD-ROM - Compact Disk Read Only Memory) va kamroq xollarda kassetali magnit lentadagi eslab qoluvchi qurilmalar (strimmerlar) ishlatiladi.


Ta’minot manbai - SHK ning avtonom va tarmoqli energiya ta’minoti tizimini o’z ichiga olgan blok.
Taymer - mashina ichidagi haqiqiy vaqt elektron soati, u kerak bo’lganda, joriy vaqt paytini avtomatik olishni ta’minlaydi (yil, oy, soatlar, minutlar, sekunddar va sekund ulushlari). Taymer avtonom ta’minot manbaiga - akkumulyatorga ulanadi va mashina tarmoqdan uzilganda ham ishlayveradi.



Yüklə 61,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin