Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


ASOSIY XOTIRANING MANTIQIY STRUKTURASI



Yüklə 61,93 Kb.
səhifə7/11
tarix02.01.2022
ölçüsü61,93 Kb.
#43226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OSmi210Komilov

ASOSIY XOTIRANING MANTIQIY STRUKTURASI Xotiraning har bir yacheykasi o’zining yagona adresiga egadir. Asosiy xotira

tez eslab qolish qurilmasi va doimiy eslab qolish qurilmasi, uchun umumiy adres kengligiga egadir.


Adres kengligi asosiy xotiraning bevosita adreslanadigan yacheykalarini imkon boricha maksimal sonini belgilaydi.
Adres kengligi adresli shinalar razryadliligiga bog’liqdir, negaki turli adreslarning maksimal soni ikkilik sonlarning har xilligi bilan aniqlanib, bu sonlarni p ta razryad bilan tasvirlash mumkin, ya’ni adres kengligi 2p ga teng.
Shaxsiy kompyuterda asos qilib uzunligi bo’yicha mashina so’zi o’lchamiga teng bo’lgan 16-razryadli adresli kod olingan. 16-razryadli adres kodi bor bo’lganda bevosita jami 216 = 65536=64K (K=1024) xotira yacheykasini adreslash mumkin. Mana shu segment deb ataluvchi 64 kilobaytli xotira maydoni asosiy xotira mantiqiy strukturasining asosidir. Ta’kidlash kerakki, himoya qilingan

rejimda segment o’lchami boshqacha va 64 Kbaytdan birmuncha ko’p bo’lishi mumkin.


Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar (oddiy maishiy kompyuterlardan tashqari) sig’imi 1 Mbaytdan sezilarli katta bo’lgan asosiy xotiraga ega: 1 Mbayt sig’imli xotira asosiy xotiraning yana bitta muhim strukturali tashkil etuvchisidir - uni bevosita adreslanadigan xotira deb ataymiz (u faqat haqiqiy rejim uchun tegishlidir).
1 M = 220 = 1048576 ta bevosita adreslanadigan xotira yacheykalarini adreslash uchun 20 razryadli kod kerakdir, uni shaxsiy kompyuterda asosiy xotira yacheykasi adreslarini strukturlashning maxsus uslublarini ishlatib olish mumkin.
Absolyut (to’liq, fizik) adres (Aabs) bir nechta tashkil etuvchilar yig’indisi ko’rinishida shakllanib, bu tashkil etuvchilardan ko’proq ishlatiladiganlari segment adresi va siljish adresidir.
Segment adresi (Asegm) - bu 64 kilobaytli maydonning boshlangach adresi bo’lib, uning ichida adreslanadigan yacheyka joylashadi.
Siljish adresi (Asil) - segment ichidagi nisbiy 16 razryadli adresdir.
Asegm 20 razryadli bo’lishi kerak, lekin agar Asegm albatta karrali (oxirgi 4 razryadda nollar bo’lishi kerak) bo’lish kerakligi shartini qabul qilinsa, u holda bu adresni 16 marta orttirilgan 16 razryadli kod bilan aniqlash mumkin, bu uning o’ng tarafiga 4 ta nol qo’shish va shunday qilib, uni 20-razryadli kodga aylantirish bilan tengdir. Ya’ni shartli ravishda bunday yozish mumkin:
Dasturchilar ba’zida yana siljish adresining ikkita tashkil etuvchisini: baza adresi va indeks adresini ishlatadilar.
Shaxsiy kompyuterlar uchun bevosita adreslanadigan xotirani standart taqsimlash xosdir, ya’ni asosiy xotiraning 1 megabaytli soxasini tez eslab qolish qurilmasi, va doimiy eslab qolish qurilmasi, o’rtasida va funksional mo’ljallangan axborot o’rtasida taqsimlanadi.
Asosiy xotira murojaat qilish va adreslash usullariga mos ravishda bir-birini alohida, ba’zida qisman yoki to’liq to’sib qo’yadigan soholarga bo’linadi, ular umumiy qabul qilingan nomlarga egadir. Xususan, masalan, 16 Mbayt umumiy

sig’imli shaxsiy kompyuter asosiy xotirasining yiriklashgan mantiqiy strukturasi tasvirlangan.


Eng avvalo kompyuterning asosiy xotirasi ikkita mantiqiy soxaga bo’linadi: 0 dan 1024 K - 1 gacha adresli 1024K ta birinchi yacheykalarni band qiluvchi bevosita adreslanadigan xotira va yacheykalariga maxsus dastur-drayverlarni ishlatganda yoki mikroprocessorni himoyalangan ishlash rejimida murojaat qilish imkoniyati bor bo’lgan kengaytirilgan xotira.
Drayver - maxsus dastur bo’lib, u xotira va EHM tashqi qurilmalarining ishini boshqaradi va MP, asosiy xotira va EHM ning tashqi qurilmalari orasidagi axborot almashinuvini tashkil etadi.

Yüklə 61,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin