Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti



Yüklə 6,7 Mb.
səhifə69/83
tarix24.08.2023
ölçüsü6,7 Mb.
#140412
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI

Nazorat savollari

1. SDR texnologiyasini tavsiflang.


2. Radiochastota bo‘yicha SRIBli qabul qilgich tuzilmasini keltiring va tushuntiring.
3. Oraliq chastota bo‘yicha SRIBli qabul qilgich tuzilmasini keltiring va tushuntiring.
4. Supergeterodinli qabul qilgichlarining kamchiliklari nimalardan iborat?
5. Oraliq chastota bo‘yicha SRIBli qabul qilgichning qanday afzalliklari bor?
6. Diskretlashtirish chastotasi bajarishi kerak bo‘lgan matematik shart qanday tavsiflanadi?
7.Radioqabul qilgichda raqamli qurilmalarga nimalar kiradi?
8. Radioqabul qilgichda raqamli qurilmalar qanday vazifalarni bajaradi?
9. 1288XK1T raqamli qabul qilgichining tuzilmasini tushuntiring.
10. 1288XK1T raqamli qabul qilgichining imkoniyatlarini sanab o‘ting.
15. ANALOG VA RAQAMLI TELEVIDENIYE QABUL QILGICHLARI


15.1. Televizion qabul qilgichning tuzilmasi

Televizion qabul qilgichda (15.1- rasm) antenna qabul qilgan televizion radiosignalni televizion trubka ekranidagi tasvirga teskari o‘zgartirish jarayoni amalga oshiriladi.


15.1-rasm. Televizion qabul qilgichning tuzilmasi


Kanallar selektori va chastota o‘zgartirgichda chastotalar kanallarini ajratish va qabul qilingan radiosignalni oraliq chastotaga o‘zgartirish amalga oshiriladi. Tasvir va ovozni asosiy kuchaytirish oraliq chastotada bo‘lib o‘tadi.. Bu yerda tasvir va ovoz signallarini ajratish ham bo‘lib o‘tadi. Keyin tasvir signali videokuchaytirgichda kuchaytiriladi va kineskopga beriladi.


Ovoz kanali oraliq chastota signali ovoz oraliq chastota kuchaytirgichida kuchaytiriladi va chastotaviy detektorda detektorlanganidan va ovoz kuchaytirgichida kuchaytirilganidan keyin dinamikka beriladi.
Qabul qilgich va uzatkich elektron nurlarini yoyilishining sinxronligi qabul qilingan signaldan sinxroimpulslarni ajratib olish bilan ta’minlanadi.
Oq-qora televideniye tizimlari parametrlari:

  • kadrlarni o‘tish chastotasi - 25 Gs ;

  • satr oralatib yoyishda maydonlarning almashishi chastotasi - 50 Gs ;

  • kadrdagi satrlar soni - Z=625;

  • satrlarni kelishi chastotasi - 15 625 Gs ;

  • satrdagi yoyish elementlari soni - 33 ;

  • kadrdagi yoyish elementlari soni - 521 000 n ;

  • teskari yo‘lli satrni yoyish davomiyligi - 64 mks;

  • teskari yo‘lli satrni yoyish davomiyligi - 0,04 s;

  • tasvir signali chastotalar polosasi kengligi - 6,5 MGs;

  • tasvir va ovozni eshittirish videosignali chastotalar polosasi kengligi - 8 MGs.




Yüklə 6,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin