Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti



Yüklə 6,7 Mb.
səhifə72/83
tarix24.08.2023
ölçüsü6,7 Mb.
#140412
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI

Nazorat savollari

1. Televizion qabul qilgichda qanday jarayon amalga oshiriladi?


2. Televizion qabul qilgichning tuzilmasini sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.
3. Oq-qora televideniye tizimlari parametrlarini sanab o‘ting.
4. Rangli televizion qabul qilgichning tuzilish sxemasi qanday asosiy elementlardan tashkil topadi?
5. Rangli televizion qabul qilgichning tuzilish sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.
6. LVDS texnologiyadagi zamonaviy SK televizorning tuzilish sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.
7. Raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish uchun raqamli qabul qilgich qanday asosiy elementlardan tashkil topadi?
8. Raqamli televideniye abonentlar qabul qilgichining funksional sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.
9. Abonentlar raqamli qurilmasining umumlashtirilgan tuzilish sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.
10. Kanal dekoderining tuzilish sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.

16. ANALOG VA RAQAMLI RADIOESHITTIRISH QABUL QILGICHLARI


16.1. Analog radioeshittirishdan raqamli radioeshittirishga o‘tish

Analog radioeshittirishdan raqamli radioeshittirishga o‘tish zarurati uzatish, aloqa vositalari, axborot xizmatlari va kompyuter tizimlarini yagona interaktiv tarmoqqa birlashtirish ortib borayotgan jarayoniga bog‘liq, bu raqamli texnologiyalar sohasidagi jahonning keskin taraqqiyoti tufayli mumkin bo‘ldi. Bu integratsion jarayonlar radiochastotalar spektridan (RChS) foydalanish samaradorligini oshirish va elektr aloqadagi xizmatlar sifati va sonini oshirish muammolariga yanada ortib borayotgan qiziqishni shartlaydi.


Hozirgi vaqtda radioaloqada RChSdan foydalanish samaradorligini oshirish muammosi raqamli radioeshittirish va aloqa usullarini rivolantirish zaruratini ta’kidlash bilan butun dunyoda oldingi rejaga chiqmoqda. Bundan tashqari, raqamli radioeshittirish tizimlarini joriy etish zarurati quyidagi ikkita omillar orqali tushuntiriladi. Ulardan birinchisi uzatish sifatiga talablarni aniqlaydi va aholida kompakt-disklarning (CD) keng tarqalishiga va buning natijasida bu ehtiyojga ko‘ra, umumiy qabul qilingan standart bo‘lib qolayotgan yuqori sifatli eshittirishning paydo bo‘lishiga bog‘liq.
Ikkinchi omil harakatdagi (mobil) qabul qilish sharoitlarida bu sifatni saqlashga talablar hisoblanadi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, efir bo‘yicha radioeshittirishning mavjud (analog) tizimlari doirasida bu talablarni bir vaqtda qoniqtirish mumkin emas.
Jahon tajribasiga muvofiq ovoz eshittirishni (OE) istiqbolli rivojlantirish masalasi turli qabul qilish sharoitlarida dasturlarning yangrash sifatiga tinglovchilarning yuqori talablarini qondirish uchun loyihalashtirilgan absolyut yangi eshittirish tizimlarini yaratish yo‘li bilan yechiladi. Bu talablarga raqamli radioeshittirish – yangi axborot texnologiyasi javob beradi, uning asosida eshittirish traktining barcha bo‘g‘inlarida – studiyadan to mobil qabul qigichgacha ovoz signalini raqamli shaklda berilishi va uzatilishi yotadi.
Analog radioeshittirishga qaraganda raqamli radioeshittirish qator mavjud afzalliklarga ega, ularga quyidagilar kiradi:

  • radiochastotalar spektridan katta foydalanish samaradorligi;

  • o‘sha bir xizmat ko‘rsatish zonasida uzatkichlarning kichik quvvati;

  • halaqitlarga kichik sezgirlik.

Televideniyening keskin rivojlanishiga qaramasdan, bugungi kunda ommaviy axborotning eng muhim elektron vositasi bo‘lgan efir bo‘yicha radioeshittirish butun dunyoda aholi uchun asosiy ma’lumotlar manbai bo‘lib qolmoqda. Efir bo‘yicha radioeshittirish uchun dunyoda maqsadlari, texnik parametrlari va xizmat ko‘rsatish zonalari bilan farqlanadigan bir necha xizmatlar ishlatiladi. Efir bo‘yicha radioeshittirish mavjud tizimlarining asosiy xarakteristikalari 16.1- jadvalda keltirilgan, bu yerda taqqoslash uchun raqamli radioeshittirishning rejalashtiriladigan parametrlari ko‘rsatilgan.
Bu tizimlarni shartli ravishda quyidagi uchta sinflarga bo‘lish mumkin:
1) amplitudaviy modulyatsiyali (AMli) tizimlar, ular KMT, GMT va DKMT (ya’ni 30 MGsdan past chastotalar) diapazonlarini ishlatadi, bu “Radioaloqa reglamenti” (RR) atamashunosligi bo‘yicha PCh, O‘Ch va YuCh dipazonlariga mos keladi;
2) MT (UQT) ChM tizimlar, metrli to‘lqinlarni ishlatadi, ya’ni JYuCh diapazonda 30...300 MGs chastotalardan ishlaydigan tizimlar;
3) UYuCh va O‘YuCh diapazonlarda ishlaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldoshli radioeshittirish tizimlari (DSR, ADR, World Space, Digital System E va boshqalar).
16.1- jadval
Efir bo‘yicha radioeshittirish mavjud tizimlarining asosiy xarakteristikalari

To‘lqin diapazoni/ xizmat

Tarqatish zonalari

Ovoz dastur-lari soni

Ovoz chastota-lari, polosasi kGs

Signal/ tashuvchi nisbati, dB

Mono/ stereo

Qayd etilgan/ mobil

KMT

Milliy tarqatish, aralash davlatlar

3…5

4,5…5,0

20

M

Q+M

GMT

- // -

8

4,5…5,0

20

M

Q+M

DKMT

Butun dunyo




4,5…5,0

0

M

Q(M)

MT/UQT

Hududiy va mahalliy tarqatish

5…10

15

50

M/S

Q(M)

DSR, ADR

Milliy tarqatish, aralash davlatlar

16

15

70

M/S

Q

RRE (yer usti)

Hududiy va mahalliy tarqatish

≥6

>15

70

S

Q+M

RRE (sun’iy yo‘ldoshli)

Milliy tarqatish, aralash davlatlar

≥16

>15

70

S

Q+M




Yüklə 6,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin