4 marta uzun va 2 marta tezkor — Bluetooth 5.0 Bluetooth SIG ijrochi direktori standartning yangi versiyasini ma’lum qildi. Kompaniya marketologlar fikriga tayanib, Bluetooth 5 versiyasini oddiylashtirib, odatdagidek emas, balki nuqtasisiz nomlashga qaror qilindi. Shunisi qiziqki, yangi versiya aloqani Bluetooth 4.2. ga nisbatan ikki marta tez ta’minlaydi, ta’sir radiusi esa to‘rt marta ortadi. Yana bir muhim yangiligi keng ma’lumotlar uzatuvchi paketlar (advertising packet) funksiyasi o‘rnatilganligidir: Bluetooth-qurilmalar u bilan bog‘liq bo‘lmagan gadjet orqali oshib boradigan axborot qismlarini jo‘nata oladi.
APD: ko‘rsatkichlari sozlandi — Bluetooth SIG ma’lumotiga ko‘ra, yangilikda xatoga yo‘l qo‘yilgandi: dastlabki ma’lumotida ko‘rsatilganidek emas, balki aksincha radiusi 4 marta, tezligi esa 2 marta oshirildi.
1994-yildan boshlab Bluetooth texnologiyasi RS-232 kabelining o‘rniga simsiz texnologiya sifatida ishlab chiqarila boshlagan. Bu Ericsson bo‘lib, shved kompaniyasining ildizlari uning nomi va logotipida namoyon etilgandi: BlueTooth atamasi Xarald I Sinezubiy nomidan, logotipi esa skandinaviya run «xaglaz» va «berkana» belgilaridan kelib chiqqandi. Daniya qirolining— «Birlashtiruvchi» degan ikkinchi nomi sharafiga shu nom bilan atalgandi. Bluetooth qurilmasidan kompyuterlar va atrofdagi qurilmalardan, o‘yin pristavkalari va joystiklar, telefonlar hamda garnituralar, naushniklar, aqlli qurilmalardan ma’lumotlar uzatishda foydalaniladi. Ayrim foydalanuvchilar xali-xanus Bluetoothdan foydalanib, musiqa va suratlarni telefondan telefonga o‘tkazishni yoddan chiqarmagan bo‘lsalar ajabmas.
Ericsson T39 — Bluetooth qollab-quvvatlagan birinchi telefon 2000-yilda yaratilgan. Texnologiya radioto‘lqinlardan foydalanishda ISM-diapazoniga (Industry, Science and Medicine) bog‘liq, 2,4–2,4835 GGts diapazonini litsenziualashdan erkin foydalanadi, unda o‘zgaruvchan qayta quriluvchi chastotalar (Frequency Hopping Spread Spectrum, FHSS) spektrini kengaytirish usuli qo‘llaniladi. Chastotalar orasida ketma-ket psevdotasodifiy ishga tushish xususiyati evaziga yonma-yon turgan bir necha qurilmalar xalaqitsiz tekis ishlaydi. Bluetooth 1.0 versiyasi 1998-yilda tayyor bo‘lgandi, biroq turli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari o‘rtasidagi yomon moslashuv turli muammolar yuzaga kelishining sababchisi bo‘ldli. Keyinchalik 1.1 versiyasida qator xatoliklar to‘g‘rilandi hamda qabul qilinadigan signallar quvvatli indikasiyasini olishga erishildi. Muvofiqlashtirish muammosini IEEE ishchi guruhi Bluetooth 1.2 versiyasi standartizatsiyada hal qildi. 2004-yilda ishlab chiqarilgan 2.0 versiyasi tezligi, Enhanced Data Rate (EDR) ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi evaziga 2,1 Mbit/s.ga yetdi, bazaviy tezligi esa 1.1 Mbit/s.ni tashkil etdi. 2007-yilda 2.1 qurilmasida batareya quvvati anchha tejaldi. 2009-yilda HS texnologiyasidagi Bluetooth 3.0 tezligi nazariy jihatdan 24 Mbit/s.gacha yetishiga erishildi.
Hozirgi vaqtgacha qurilmaning ilg‘or versiyasi Bluetooth 4.2. bo‘lgandi. Olib yuriladigan qurilmalar smartfon qo‘llab-quvvatlovisiz mazkur versiya shunchaki ishlamaydi. Keyinroq Bluetooth 4.2 ning o‘rniga Bluetooth 5. ArsTechnica paydo bo‘ldi. Bluetooth SIG ijrochi direktori Mark Pauell yangi standart tezligi 4.2ga solishtirganda 2 marta, ta’sir radiusi — 4 marta ortadi, shuningdek, «keng xabar beruvchi paketlar uchun ancha katta imkoniyatga egalik imkonini beradi» — deya ta’kidlaydi. Hozir 4.2 versiyasida bunday paketlar ma’lumotlar yozish uchun 31dan 47 bayt o‘lchamga ega. Hozircha yangi versiya qanchalik kattalashishi ma’lum emas. Paketlarni noma’lum manzil egalariga uzatish imkoniyati ixcham uzatish moslamalariga ega keng foydalaniladigan «mayoqchalar» deb nomlangan qurilmalarni o‘rnatmay, bino ichida GPS tizimini almashtirmay turib, joylashgan joyi haqida axborot, reklama va boshqa ma’lumotlarning mahalliy joylashgan joyiga bog‘liq axborotlar, masalan, ko‘rgazma eksponatlari haqida ma’lumotlarni muntazam ravishda uzatishi mumkin. Ehtimol, dastlabki Bluetooth 5.0 qurilmalari 2017-yilning boshida paydo bo‘lishi mumkin. Ulardan tezlikni oshirish va energiyadan samarali foydalansh uchun «aqlli uy» va olib yuriladigan qurilmalar yangi gadjetlarida foydalanish mumkin.