O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
______________ U.Djumaniyazov
2022 yil “ ____” ________
АGRAR SIYOSAT VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI
FAN SILLABUSI
Bilim sohasi:
|
200 000
|
-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta'lim sohasi:
|
230 000
|
- -Iqtisod
|
Ta'lim yo’nalishi:
|
5230400
|
- Marketing (qishloq xo’jaligida)
|
Kafedra mudiri _________ Beglayev U.X.
Fan o‘qituvchisi __________ Saidova D.N.
Toshkent – 2022 yil
FAN SILLABUSI
Toshkent davlat agrar universiteti
Fan to‘g‘risida ma’lumot
Fan shifri: АСООХМ3304
Fan nomi: Аgrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi
Semestr/Yil: 6-semestr/ 2022-2023 o’quv yili
Kafedra: Agroiqrisodiyot va turizm kafedrasi
Soatlar/kreditlar miqdori: 4 ECTS (60 auditoriya soati)
Ma'ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Mustaqil ta'lim
|
Jami
|
30
|
30
|
60
|
120
|
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar: Marketing (qishloq xo’jaligida) talabalari uchun mo’ljallangan
Fan uchun mas’ul kafedra: Agroiqrisodiyot va turizm kafedrasi
Instruktor to’g’risida ma'lumot
Instruktor: Saidova Dildora Nurmatovna
Kafedra joylashgan joyi: TDAU, Agrologistika va biznes fakulteti binosi, 401-xona
Telefon: 71-260-50-66 ish telefoni
Mobil: +99893 3956500
E-mail: dsaidova@rambler.ru
I. Fan tavsifi
Ushbu fan agrar iqtisodiyotning asosiy fundamenti boʼlib, u ikkinchi kursning toʼrtinchi semestrida oʼqitiladi. Аgrar siyosatning asosiy vazifalari oziq-ovqat mahsulotlariga boʼlgan talabni imkon qadar milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirish, oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror miqdorda va sifatda yetkazib berish boʼyicha eksportyor mamlakatlar bilan samarali kelishuvlar olib borish va shartnomalar tuzish, oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal qilish va xavfni imkon qadar kamaytirish maqsadida maxsus oziq-ovqat zahiralarini tashkil qilishdan iborat. Shu jihatdan qishloq xoʼjaligida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish, birinchi navbatda ularning iqtisodiy taʼlimini yaxshilash talab etiladi. Аgrar sohaga kadrlarni tayyorlash jarayonida iqtisodiy fanlarni, “Аgrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fanini chuqur oʼrganishga eʼtibor beriladi.
Ushbu fan agrar sohada iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilish qonuniyatlari, barqaror iqtisodiy oʼsish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda davlatning agrar iqtisodiyotni tartibga solish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalari mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilishda, bozor tamoyillari asosida agrar sohani isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalar ongiga milliy mustaqillik va iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda milliy mafkura gʼoyalarini singdirishda zarur boʼlgan bilimlarni shakllantiradi. Fanni oʼqitishdan maqsad – agrar sektorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar va davlat agrar siyosatining oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal etish va iqtisodiy rivojlanishga taʼsiri samarasi, zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasiga baho berish boʼyicha bilim va koʼnikmani hosil qilishdir.
Аgrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi fani quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat:
Аgrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari hamda tadqiqot usullari. Oʼquv dasturining birinchi qismida agrar siyosat- davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi, rivojlangan va rivojlanayotgan hamda MDH davlatlarining agrar siyosati, Oʼzbekiston Respublikasi agrar siyosatining mazmuni, maqsadi va asosiy yoʼnalishlari koʼrib chiqiladi. Аgrar islohotlarni amalga oshirishning asosiy yoʼnalishlari, agrar iqtisodiyotda institutsional. investitsion va innovatsion siyosat, tarkibiy oʼzgarishlar siyosati: maqsadi, vositalari, unsurlari. siyosat, agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati, agrar bozorlar va narxning shakllanishi ushbu boʼlimning asosini tashkil etadi.
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini baholash mezonlari, tamoyillari va darajalari koʼrib chiqiladi.Oziq ovqat xavfsizligi omillari va agrosanoat sektorini rivojlantirish muammolari oʼrganiladi. Oziq ovqat xavfsizligi va meʼyoriy ovqatlanishning ijtimoiy tashkiliy asoslari oʼrganiladi. Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikatsiyalashga, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat koʼrib chiqiladi. Oʼzbekiston Respublikasida istiqbolda oziq-ovqat strategiyasi va jahon mamlakatlarida oziq ovqat xavfsizligiga taʼsirlar oʼrganiladi.
Dostları ilə paylaş: |