Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (KVAKTU)



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə16/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

Kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (KVAKTU) an’anaviy tushunishda shundan iboratki,
tizimning har bir abonentiga aloqa seansi vaqtida oldin aktiv abonentlarga taqdim etilgan intervallardan hech biri bilan mos tushmaydigan, tizimning umumiy Tr vaqt resurslari (tizimning Ti sikli yoki kadri) chegaralarida T0 vaqt intervali (yoki Tk vaqt kanali) ajratiladi. Bu bilan har bir kanallar signali boshqalari qoplamasdan, o‘z individual oynasida (so‘zida) joylashadi (1.14a- rasm).

S(t)

v)
g)


1.14- rasm. Kanallar signallarining vaqt bo‘yicha joylashishi (a), abonentlar orasida chastota-vaqt resurslarini taqsimlanishi (v) va KCHAKTU/KVAKTU chastota va vaqt bo‘yicha ajratish kombinatsiyasi (g)
Shu bilan birga, abonentlar signallari spektri tizimga ajratilgan butun Δfr chastotalar polosasini egallashi va to‘liq qoplanishi mumkin. Bunday resurslarni taqsimlanishini ko‘rsatilishiga 1.14v-rasm xizmat qiladi, undan ko‘rinib turibdiki, yig‘indi chastota-vaqt resursi k
vertikal polosalar ko‘rinishida “qirqilgan” bo‘lib, ulardan har biri butun mumkin bo‘lgan chastotlar diapazonini va jratilgan vaqtning faqat k – qismini (Tk ) egallaydi.
Har bir abonent traktga davriy ravishda Ti davrda ulanadi va guruhli traktga o‘z kanallar signalini (KS) jo‘natadi. KSning davomiyligi Tk < Ti bo‘lishi kerak. N abonentlarda Tk ≤ Ti/N va N qanchalik katta bo‘lsa KS shunchalik kichik (qisqa) bo‘lishi kerak.
Qabul qilishda ajratilganidan keyin har bir KS bo‘yicha dastlabki ma’lumot qayta tiklanadi, ya’ni interpolyasiyalash amalga oshiriladi. Natijadan kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan (KVA) tizimlarda Tiga teng sikllarli uzatish amalga oshiriladi. Binobarin, sinxron kommutatsiyalash uchun siklda sikl signali uzatiladi. Bundan tashqari, siklda KS xizmat ma’lumotlarini uzatish uchun vaqt ajratiladi, u holda bitta Tk kanali uchun ajratiladigan vaqt quyidagiga teng bo‘ladi:

Odatda Tk=Tus=Tss, demak (1.15-rasm):

1.15- rasm. KVAdagi uzatish sikli

KS ikkilik jo‘natish orqali uzatiladi va τihim, u holda 1.16-


rasm:

1.16- rasm. KVAda kanallar impulslarini uzatish


KSning shakli turlicha bo‘lishi mumkin, ko‘pincha qo‘ng‘iroqsimon impulslar qo‘llaniladi, chunki ularni shakllantirish oson bo‘ladi. Shunday qilib, FDMAdan asosiy farqlanish – sinxronlashtirishg zarurati vujudga keladi.
Ideal holda kanallar signallarning vaqt bo‘yicha mos tushmasligini ularning ortogonalligi ta’minlaydi, demak ularning bir- birlariga ta’sirini oldini oladi. Real holda tizimning polosasini cheklanganligi tufayli oldingi kanallardan keyingi kanallarni paydo bo‘lshini boshlanishiga signallardan o‘tish jarayonlari tugallanmasligi va oxirgilari bilan qo‘shilib borishi bilan kesishma (kanallararo) halaqitlarni hosil qilishi mumkin. Qo‘shni kanallarning ta’sirini, ya’ni kanallararo halaqitlar sathini kamaytirishga himoya vaqt intervallarini kirtish yo‘li bilan erishiladi, bu o‘z navbatida, ma’lumotlarni uzatilishi mumkin bo‘lgan diapazonning kamayishiga, ya’ni uzatish tezligini haqiqiy kamayishiga olib keladi.
Sotali aloqa tizimlarida samaradorlikni oshirish maqsadlarida tor polosali TDMA (NB TDMA yoki MC/TDMA) – birlashtirilgan FDMA va TDMA ishlatiladi. Bunda ajratilgan chastotalar diapazoni FDMAdagi kabi tashuvchilar alohida polosalarga bo‘linadi. Har bir chastotalar polosalarida esa abonentlarni vaqt bo‘yicha ajratish amalga oshiriladi. Bu usul raqamli tizimlarda (GSM, D-AMPS) qo‘llaniladi. 1.17- rasmda ajratilgan diapazonni 4 ta nimtashuvchilarga har bir polosalar chagaralarida maksimum 4 ta abonentlarga bir vaqtda aloqa taqdim etiladigan ajratish keltirilgan. Shunday qilib, tor polosali TDMA usulini ishlatish bilan o‘sha bir chastotalar diapazonida FDMAdagiga qaraganda 4 marta ko‘p abonentlar ishlashi mumkin. Va shuning uchun TDMAni ishlatadigan tarmoqlarning sig‘imi FDMAga qaraganda 3-6 martaga ortiq bo‘ladi.
1.17- rasm. Ajratilgan chastotalar diapazonini bo‘lish
TDMAning kamchiliklariga sinxronlashtirishning uzilishiga sezgirlikni kiritish mumkin. Sinxronlashtirishga ega bo‘lmagan analog standartlarda amalda sotaning radiusi 35-40 kmni tashkil etadi, bunda radioaloqaning “qattiq baqirsa uzoqqa eshitiladi” tamoyiliga muvofiq, ya’ni uzatkichning chiqish quvvatini oshirilishi bilan uni 60 kmgacha yoki hatto 80 kmgacha (nazariy) oshirish mumkin. Raqamli standartlarda esa kamida TDMA texnologiyasida amalga oshirilgan absolyut kechikish vaqtini kompensatsiyalash tizimi 250 mksgacha intervalda ishlay oladi, bu sotaning 35 km maksimal radiusiga mos keladi.

Yüklə 470,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin