Fazaviy modulyatsiyalashda yuqori chastotali tashuvchi tebranishlar fazalarining oniy qiymatlari +180°ga o‘zgarishi mumkin, buning natijasida radiosignal og‘masining qiymatlarini sezilarli o‘zgarishi vujudga kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlar surilishli kvadraturali fazaviy modulyatsiyalanadigan signallar uchun sezilarli bo‘lmaydi.
Surilishli kvadraturali fazaviy modulyatsiyalash. Bunday radiosignalni shakllantirish qurilmasining sxemasi 1.36-rasmda keltirilgan. Bu signalni shakllantirish usuli FM signalni shakllantirish kvadraturali usuliga deyarli o‘xshash bo‘lib, farq shundan iboratki, kvadraturali tarmoqdagi nimketma-ketlik vaqt bo‘yicha Ts vaqtga yoki kanal simvoli davomiyligini yarimiga ekvivalentga suriladi (kechikadi).
1.36- rasm. Surilishli FM-4 radiosignallarni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi
Bu usulni ishlatilishi uchun 1.33-rasmdagi sxemani 1.36-rasmda ko‘rsatilganidek sezilarsiz modifikatsiyalash yetarli bo‘ladi, sinfaz tarmoqda Ts vaqtga kechiktirish elementini olib tashlash zarur bo‘ladi. Bunday o‘zgaririshda kanallar simvollari kvadraturali nimketma- ketligi sinfaz nim ketma-ketlikka nisbatan Ts vaqtga kechiktiriladi.
1.37- rasmda axborot bitlari ketma-ketliklarining vaqt diagrammalari va bu funksional sxema uchun mos kanallar simvollari tasvirlangan. Bu diagrammalarni asosiy farqi shundan iboratki, endi kengaytirgichlar chiqishidagi kvadraturali kanallarda signal sathlarini o‘zgartirish bir vaqtda bo‘la olmaydi. Buning natijasida bu modulyatsiyalash usuli uchun fazaviy o‘tishlar diagrammasida koordinatalar boshi orqali o‘tadigan traektoriya bo‘lmaydi. Bu radiosignalning oniy fazasi +180°ga sakrashlarga ega bo‘lmasligini bildiradi va demak bu signalning og‘masi FM-4 kvadraturali fazaviy modulyatsiyalashdagi kabi chuqur botiqliklarga ega bo‘lmaydi.
1.37- rasm. Surilishli FM-4 radiosignallarni shakllantirishdagi vaqt diagrammalari
Surilishli FM-4 radiosignallar fazaviy o‘tishlari diagrammalari 1.38-rasmda keltirilgan.
Маvhum qism
Haqiqiy qism
1.38- rasm. Surilishli FM-4 radiosignallar fazaviy o‘tishlari diagrammalari
Dostları ilə paylaş: |