Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə3/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

Radioaloqa tizimlarning eng muhim afzalligi qurishga kam vaqt talab qilinishi hisoblanadi. Bu xususan, shunga bog‘liqki, transheyalarni qazish, kabellarni yotqizilishi, shuningdek binolarda kabellarni simlarni ichki o‘tkazish zarurati bo‘lmaydi. Istalgan tizimni yaratilishi uchun investitsiyalar talab qilinadi, vaqt bo‘yicha ularning
qanday taqsimlangani va ishlatishdan foydani tez olishni kutish qanchalik mumkinligi bu boshqa. Simsiz tizimlar ishlatishga bosqichma-bosqich kiritilishi mumkin. Simli tizimlar esa bir vaqtda butun infratuzilmani yaratilishini talab qiladi. Simsiz tizimlarda daromadlarni olishning boshlanishi birinchi bo‘lagini ishga tushirilishi bilan mos tushadi va tizimni keyingi rivojlantirilishi foydalanuvchilarning o‘zlari orqali moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, ishlaydigan tuzilma ko‘rinishidagi ijobiy misol o‘rniga bo‘lajak imtiyozlar, potensial abonentlarni va vositalarni jalb qilishga imkon beradi. Bu investorlarning moliyaviy xavflarini keskin kamaytiradi va kelajakka ishonch bilan qarashga imkon beradi.


ESYli aloqa tizimlarining xarakterli o‘ziga xos xususiyalariga nisbatan uncha katta bo‘lmagan hajmdagi ma’lumotlarni yer sirtining sezilarli maydonlarini qamrab olish bilan (global tizimlarni qurishgacha) juda katta olis maofalarga uzatish (10 – 60 Mbit/c gacha tezliklarda) imkoniyati kiradi. Uzatiladigan ma’lumotlar hajmini cheklash yerda ma’qul elektromagnit holatni ta’minlash maqsadlarida nurlantiriladigan signallar quvvatini chegaralash orqali aniqlanadi.

Yer usti simsiz tizimlari ma’lumotlarni uzatish zamonaviy tizimlarida orasida optik tolali va sun’iy yo‘ldoshli tuzilmalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish bilan, ayniqsa uncha katta bo‘lmagan mosfalarga aloqada juda sezilarli rolni o‘ynaydi. Yer usti radio vositalari sohasidagi texnologik yechimlarda inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha o‘n minglab kilometrlargacha masofalarda aloqani mikroto‘lqinli aloqa tizimlari ta’minlaydi ularning ishlash tezligi sekundiga yuzlab megabitlardan ortadi. 40 MGs chastotalar polosasida STM-4 (622 Mbit/s) raqamli oqimlarni uzatilishini tashkil etishga imkon beradigan radioreleli raqamli tuzilmalar paydo bo‘ldi.
Uncha katta bo‘lmagan masofalarga aloqa uchun (bir necha o‘nlab kilometrlargacha) ulanish va ma’lumotlarni taqsimlash tizimlari ommaviy ko‘lamlarda ustun rivojlanmoqda. Bunday tizimlarga tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlari, shuningdek ochiq tarqatiladigan telekommunikatsion tizimlar kiradi.
Tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlaridagi farq, avvalo qo‘llaniladigan tebranishlar tashuvchilari tuzilmalaridan iborat. Tor polosali tizimlarga kiradigan an’anaviy radiovositalar signal tashuvchisi sifatida bir chastotali garmonik tebranishlarni ishlatadi. Bunday tizimlardagi ajratilgan chastotalar diapazonida ko‘plab foydalanuvchilarning ishlash imkoniyatini ta’minlash uchun
uzatiladigan signallar chastotalari polosalarini iloji boricha kamaytirishga uriniladi. Keng polosali aloqa tizimlarida tebranishlar tashuvchilari sifatida keng polosali psevdo-tasodifiy signallar qo‘llaniladi. Bunda har bir foydalanuvchining signali chastotalar diapazonining butun ajratilgan oralig‘ini egallaydi, alohida signallarni ajratish esa kodli usullarda amalga oshirildi.
So‘nggi yillarda ishlab chiqilgan ochiq tarqatiladigan optik aloqa tizimlari infraqizil va lazerli tizimlarga bo‘linadi. Bu tizimlar kichik masofalarga (yuzlab va minglab metrlarga) ma’lumotlar sezilarli oqimlarini uzatishga imkon beradi. Uncha katta bo‘lmagan masofa sabablari tabiatda tuman, yomg‘ir, qor, qurum, do‘l va turli tabiiy va sun’iy to‘siqlarning ta’siri mavjudligi orqali tushuntiriladi. Eng yaxshi tizimlar (masalan, Canobeam, Lightpoint tizimlari) signalni juda zich nurga jamlash va yorug‘lik nurini antennaning apreturasida ushlab turadigan tizimni avtomatik qidirish va sozlashni qo‘llash bilan istalgan ob-havo sharoitlarida raqamli oqimlarni 4-5 kmlargacha masofalarga 155 Mbit/s tezliklarda uzatishga imkon beradi (www.canon.com, www.lightpointcom.com). Infraqizil va lazerli qurilmalarning eng muhim afzalliklariga boshqa tizimlariga qaraganda ularning hamma joyda hech qanday litsenziyalarsiz va ruxsatlarsiz qo‘llanilishini kiritish mumkin.

    1. Yüklə 470,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin