Bo‘shliqda (ochiq fazoda) radioto‘lqinlarning tarqalishi. Bo‘shliq deganda molekulalar, atomlar, erkin zaryadlar bo‘lmagan bir jinsli cheksiz fazo tushuniladi. Bunday bo‘shliq tushunchasini kiritilishi maydonning radioto‘lqinlarni tarqalishining istalgan mexanizmiga xarakterli bo‘lgan umumiy xossalarini aniqlashga imkon beradi.
Agar bo‘shliqning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi ε0=1 va nisbiy magnit singdiruvchanligi µ=1 ega bo‘lgan A nuqtasiga yo‘naltirilmagan nurlantirgich joylashtirilsa, u holda nurlantirgichdan R masofadagi elektr maydon kuchlanganligini Eo quyidagicha tarzda aniqlash mumkin:
A nuqta atrofida R radiusli aylanani o‘tkazamiz (1.8-rasm).
1.8- rasm. Elektr maydon kuchlanganligini aniqlashga doir
U holda sfera sirtining birligiga to‘g‘ri keladigan quvvatni, ya’ni bitta davrda Poyting vektori modulining | P | o‘rtacha qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin:
|P| =P/4πR2, bu yerda R – nurlantirgichga beriladigan quvvat.
Poyting vektori bu Eo elektr maydon kuchlanganligini No magnit maydon kuchlanganligiga vektor ko‘paytmasi sifatida hisoblanadi:
P= [E0;H0] yoki E0 ┴ H0 ekan, u holda |P| = |E0| · |H0| .
Poyting vektorining yo‘nalishi bu nuqtadagi energiyaning tarqalishi yo‘nalishi bilan mos tushadi.
Nurlantirgichdan etarlicha katta masofalarda u nurlantiradigan qabul qiluvchi antenna egallaydigan uncha katta bo‘lmagan maydon chegaralaridagi sferik to‘lqinni tekis deb hisoblash mumkin, sferik to‘lqin uchun quyidagi nisbat mavjud: