standarti 1991 yilda Yaponiya Pochta va Aloqa Vazirligi tomonidan tasdiqlangan. 1992 yilda Germaniyada birinchi tijorat GSM standarti sotali aloqa tizimi ishga tushirildi. 1993 yilda AQShda TIA aloqa sohasidagi Amerika Sanoat Uyushmasi qator muvaffaqiyatli sinovlardan keyin CDMA standartini ichki raqamli sotali aloqa standarti sifatida uni IS-95 nomlash bilan qabul qildi. 1995 yilning sentyabrida Gongkongda birinchi IS-95 standarti tarmog‘ining tijorat ishlatilishi ochildi. Buyuk Britaniyada birinchi DCS-1800 One-2-One tarmog‘i ishga tushirildi, u hozirda 500 mingdan ortiq abonentlarga ega. O‘zbekistonda Toshkent shahrida birinchi NMT-450 standarti paydo bo‘ldi. Keyin qabul qilingan quruqlikdagi harakatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyasi milliy ko‘lamlarda sotali aloqani keyingi rivojlantirishga kuchli turtki bo‘ldi. Va agar NMT va keyin standartlarini joriy etilishi bilan O‘zbekiston o‘n yilga ortda qolgan bo‘lsa, u holda GSM standartini milliy standart sifatida e’lon qilinishi bu vaqt farqini taxminan uch yilgacha qisqartirdi. Rivojlangan jahon texnologiyalariga aniq yo‘nalish olish O‘zbekistonga zamonaviy harakatdagi sotali radioaloqa tizimlarini rivojlantirishda jahonning etakchi davlatlaridan ortda qolmaslik imkoniyatini beradi. O‘zbekiston CDMA standartini joriy etish bo‘yicha ham ortda qolayotgani yo‘q. Harakatdagi sotali radioaloqa tizimlarini keyingi rivojlantirish uchinchi avlod tizimlari (3G) loyihalarini yaratish doirasida amalga oshirilmoqda. 3G bu IMT-2000 (International Mobile Telecommunications 2000) qisqartmasi ostida beshta W-CDMA, CDMA2000, TD- CDMA/TD-SCDMA, DECT, UWC-136 standartlarni birlashtiradigan mobil raqamli aloqa standarti hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan 3G tarkibiy qismlaridan faqat birinchi uchtasi uchinchi avlod to‘laqonli sotali aloqa standartlari hisoblanadi, DECT va UWC-136 esa yordamchi rolni o‘ynaydi. DECT bu uchinchi avlod mobil texnologiyalari doirasida bu tarmoqlarga qaynoq ulanish nuqtalarini (xot-spotlarni) tashkil etish uchun uy yoki ofis maqsadlaridagi simsiz telefoniya standarti hisoblanadi. UWC-136 standarti bu EDGE texnologiyasiga o‘xshash bo‘lib, 2,5G tarmoqlarga kiradi. 3G mobil aloqa haqida taraqqiyot timsoli sifatida ko‘p aytilmoqda, lekin 4G deyiladigan sotali aloqaning keyingi avlodi oldinga intilmoqda. 4G oilasiga 100 Mbit/sekunddan ortiq tezlikli sotali tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalar kiradi. Keng tushunishda 4G bu paketli kommutatsiyalash, ko‘p darajali modulyatsiyalash, adaptiv modulyatsiyalash va kodlash, tarmoqning abonentlari orasida chastota-vaqt resurslarini dinamik taqsimlash, IP- interfeyslar, qabul qilish va uzatishda ko‘p antennali ajratish, bog‘lanishning berilgan sifatini kafolatli ta’minlash va boshqalar kabi mobil aloqaning tamoyilial yangi konsepsiyalarini jamlaydigan sotali aloqa tizimlarining nomlanishi hisoblanadi. To‘rtinchi avlod aloqa tizimlarida ma’lumotlarni uzatish asosiy servis turi hisoblandi, ovozni uzatish esa ma’lumotlarni uzatish kanalida IP-telefoniya tamoyili bo‘yicha ishlatiladi. Jahonda mavjud bo‘lgan to‘rtta mobil aloqa avlodlariga 2020 yilda beshinchi avlodning qo‘shilishi kutilmoqda [7]. Hozirgi vaqtda olib borilayotgan dasturlarda beshinchi avlod standartining qiyofasi ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun 5Gga aniq tavsif berish hozircha mumkin emas, faqat 2020 yildan keyin mobil tarmoqlar qanday bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Katta ehtimollikda 5G tarmoqlari ko‘p sonli turli tarmoqlardan iborat bo‘ladi va ulardan ko‘pchiligi “doimo onlayn” rejimida ishlaydi. Bunda tarmoqning eng muhim talablaridan biri qurilmalarning past energiya iste’molini ta’minlash bo‘ladi. 5G tarmoqlarga shakllantirilgan umumiy talablar sifatida quyidagilarni hisoblash mumkin:
tarmoqning o‘tkazish qobiliyati 10 Gbit/sekunddan yuqori bo‘lishi kerak;
bir km2ga 100 milliontagacha qurilmalarni bir vaqtda ulanishini qo‘llash;
radiointerfeysga ma’lumotlarni uzatilishining 1 msdan ortiq bo‘lmagan kechikishi.
5G tarmoqlarda quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishi kutilmoqda:
o‘ta keng polosali mobil aloqa (Extreme Mobile Broadband, xMBB) - “og‘ir” kontentni uzatish maqsadida ultra keng polosali aloqaning ishlatilishi;
ommaviy mashinalararo aloqa (Massive Machine-Type Communications, mMTC) – Internet-ashyolarni qo‘llash (ultra tor polosali aloqa);
o‘ta ishonchli mashinalararo aloqa (Ultra-reliable MTC, uMTC) - juda kichik kechikishlarli alohida xizmatlar turini ta’minlash.
5G doirasida turli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlar ishlari asosan yangi radiointerfeysni qidirishga qaratilgan. Uning spektral samaradorligini to‘rtinchi avlod (4G) tarmoqlaridagiga qaraganda 3 martaga oshirish rejalashtirilmoqda, bu o‘sha bir polosaning kengligida 3 marta ko‘p ma’lumotlarni o‘tkazilishini bildiradi, ya’ni 1 Gsga 6 bit/sekundni tashkil etadi. Bundan tashqari, yangi radiointerfeys tez moslashuvchan, oson konfiguratsiyalanadigan va 4G va3G tarmoqlar bilan teskari moslashuvchan bo‘lishi kerak [8].