sintezatori tasvirlangan FM-8 signalni shakllantirish qurilmasidagi elementlarga ega bo‘ladi.
1.44- rasmda M-lik KAM signalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi Bu signal spektrining kengligi taxminan M-lik FM signaldagi kabi bo‘ladi. Lekin bu modulyatsiyalash usuli uzatiladigan bir bitga xatoliklar kam ehtimolligini ta’minlashi mumkin va shuning uchun ba’zan avzal bo‘lishi mumkin. Lekin nazarda tutish kerakki, KAM signal o‘zgarmas amplitudaga ega emas, u holda bu modulyatsiyalash usulining qo‘llanilishi uzatish kanalining chiziqliligiga talablarning ortishi bilan bo‘ladi.
Radioaloqani tashkil etilishi prinsipini tushuntiring, bir tomonlama va ikki tomonlama radioaloqaning tuzilish sxemalarini keltiring?
Simpleks, yarim dupleks va dupleks radioaloqa qanday tashkil etiladi?
Radioreleli radioaloqa tizimlari qanday tashkil etiladi?
Sun’iy yo‘ldoshli radioaloqa tizimlari qanday tashkil etiladi?
Radiochatotalarning tasniflanishini keltiring va radioaloqa liniyasi tashuvchi chastotasini tanlash qanday amalga oshiriladi? Radioto‘lqinlarni tarqalishi qanday umumiy qonunlarga bo‘ysunadi?
Qanday uzunlikdagi to‘lqinlar UQT diapazoniga kiradi va ular qanday tarqaladi?
Radioqabullashga qanday halaqitlar mavjud?
Antennaga umumiy tushuncha bering.
Izotrop nurlantirgich va simmetrik vibrator deganda nima tushuniladi?
Fazaviy manipulyasiyalashni talqin etilishini keltiring va tushuntiring.
FM-8 radiosignalni shakllantirish prinsipini tushuntiring va qurilmaning funksional sxemasini keltiring.
π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyasilangan radiosignalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasini keltiring va tushuntiring.