Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Radioreleli aloqa liniyasining tuzilmasi



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə54/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

Radioreleli aloqa liniyasining tuzilmasi. Ko‘p martalik translyatsiyalash tamoyillariga asoslangan radioreleli aloqa liniyasining soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 3.1-rasmda keltirilgan. U oxirgi, oraliq va uzel stansiyalarga bo‘linadi.
Oxirgi stansiyalar aloqa liniyasining chetki punktlariga o‘rnatiladi va signllarni uzatish yo‘nalishlarida modulyatorlar va uzatkichlarga va qabul qilish yo‘nalishlarida demodulyatorlarli qabullagichlarga ega bo‘ladi. Qabul qilish va uzatish uchun qabul qilish va uzatish traktlari bilan antenna tarmoqlagichi yordamida ulangan bitta antenna ishlatiladi. Signallarni modulyatsiyalash va demodulyatsiyalash standart oraliq chastotalardan (70 - 1000 MGs) birida amalga oshiriladi. Bunda modemlar turli chastotalar diapazonlari ishlatadigan qabullagich-uzatkichlar bilan ishlashi mumkin. Uzatkichlar oraliq chastota signallarini ishchi O‘YUCh
diapazonga o‘zgartirish uchun, qabullagichlar esa, teskari o‘zgartirish va oraliq chastota signallarini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
3.1- rasm. Radioreleli aloqa bir yo‘nalishining tuzilish sxemasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘YUCh signallar modulyatsiyalanadigan
RRLlar mavjud (masalan, Erikom-11 apparaturasi), lekin ular cheklangan tarqalgan.
3.2- rasmda oxirgi stansiyaning soddalashtirilgan tuzilish sxemasi keltirilgan. Oraliq (3.3- rasm) stansiyalar to‘g‘ri ko‘rinishdagi masofada joylashtiriladi va signallarni qabul qilish, ularni kuchaytirish va keyingi aloqa liniyasi bo‘yicha uzatishga mo‘ljallangan.

3.2- rasm. Oxirgi stansiyaning tuzilish sxemasi

Oraliq stansiyalarda signallarni qabul qilish va uzatish yaqin joylashgan antennalardan teskari nurlanishning ta’siri hisobiga qabullagich-uzatkichlardagi parazit aloqalarni yo‘qotish uchun turli

chastotalarda amalga oshirilishi kerak. Qabul qilish va uzatish chastotalari orasidagi farq surilish chastotasi (fsur) deyiladi.

3.3- rasm. Oraliq stansiyaning tuzilish sxemasi

Uzel stansiyalar (3.4- rasm) ham oraliq stansiyalar funksiyalar funksiyalarini, ham axborotlarni kiritish va chiqarish funksiyalarini bajaradi. SHuning uchun ular yirik aholi punktlarida yoki aloqa liniyalarining kesishish (tarmoqlanish) nuqtalarida o‘rnatiladi.

Yaqindagi stansiyalar oralig‘idagi masofa RRLning o‘tish oralig‘i (intervali) deyiladi. O‘tish oralig‘ining uzunligi ko‘plab sabablarga bog‘liq, 6 - 8 GGs chastotalar diapazonlarida o‘rtacha 50-
60 kmga va 30 - 50 GGs chastotalar diapazonlarida bir necha kilometrlargacha yetadi.
Oxirgi stansiya va yaqindagi uzel stansiya yoki uzel stansiyalar orasidagi masofa RRL seksiyasi deyiladi, qabul qilish-uzatish qurilmalarining majmui esa RRL stvolini hosil qiladi. Bir yo‘nalishli va ikki yo‘nalishli (dupleks aloqa uchun) stvollarga ajratiladi.
10 GGsdan yuqori diapazonlar uchun radioreleli tizimlar zamonaviy apparaturalari pastroq chastotali apparaturalarga qaraganda konstruktiv bajarilishda ma’lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 10 GGsgacha chastotalar diapazonlarida qabul qilish-uzatish apparaturasi apparatlar xonasiga joylashtiriladigan juda katta ustunlar ko‘rinishida bajariladi. Antennalar bilan aloqa sezilarli uzunlikka va natijada sezilarli yo‘qotishlarni kiritadigan fider to‘lqin o‘tkazgichlari orqali amalga oshiriladi. 10 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlariga o‘tish apparaturalarning konstruktiv bajarilishini sezilarli o‘zgartirdi. 10 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarida ishlaydigan apparatura uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega va antenna bilan yagona blokka birlashtirilgan antennalar tayanchining balandligida joylashtiriladi.

3.4- rasm. Uzel stansiyaning tuzilish sxemasi


10 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarida qo‘llaniladigan uncha katta bo‘lmagan o‘lchamli va og‘irlikli ixcham apparatura baland binolarda, tutun quvurlarida yoki baland joylarda o‘rnatish mumkin bo‘lgan uchburchakli kesimli fermalar yoki quvursimon konstruksiyalar ko‘rinishida bajarilgan engillashtirilgan antennalar machtalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yadi.

Qabul qilish-uzatish bloklari koaksial kabellar orqali binoda joylashgan modemlar qurilmalari bilan ulanadi. Zamonaviy modemlar qurilmalari bu markaziy yoki mahaliy kompyuter boshqaruvi ostida ishlaydigan oson tranformatsiyalanadigan kompleks hisoblanadi.
Modemlar qurilmalari 1 dan 34 Mbit/sgacha tezliklardagi raqamli oqimlarni shakllantirish va qayta ishlash, oqimlarni multiplekslashni amalga oshirish va istalgan konfiguratsiyadagi aloqa tarmoqlarini shakllantirish rejimlarida ishlashni ta’minlashi mumkin.

    1. Yüklə 470,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin