WLANni qurish tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari. WLAN tarmog‘i uzellar orasidagi aloqa va ma’lumotlarni uzatish uchun kabelli liniyalarni emas, balki yuqori chastotali radioto‘lqinlarni ishlatadigan lokal hisoblash tarmog‘i (LAN) hisoblanadi. Bu ma’lumotlarni uzatish tez moslashuvchan tizimi bo‘lib, u bitta bino ichida yoki ma’lum hudud chegaralarida kabelli lokal tarmoqqa kengaytirish yoki muqobil sifatida qo‘llaniladi va
alohida binolarga bog‘liq bo‘lmagan tarmoq va Internetga ulanishni ta’minlaydi. WLAN tarmog‘i foydalanuvchilarga tarmoqqa ulangan xolda korxona yoki tashkilot hududi bo‘ylab harakatlanishga imkon beradi. WLAN uchun tarmoqni kengaytirish va rekonfiguratsiyalash murakkab masala hisoblanmaydi. Foydalanuvchilar qurilmalarini ularga simsiz tarmoq adapterlarini o‘rnatish bilan tarmoqqa integratsiyalash mumkin. Moslashuvchan mijozlar va tarmoq qurilmalarining har xil turlari o‘zaro ta’sirlashishi mumkin. Simsiz lokal tarmoqni qurish kabelli tarmoqni qurishga qaraganda oddiy, har ikkala turlardagi tarmoqlarni ma’murlashtirish bir-birlaridan deyarli farq qilmaydi. WLAN tarmog‘ining mijozlar echimi Plug-and-Play tamoyili asosida qurilgan, u kompyuterlar oddiy bir darajali tarmoqqa (peer-to-peer) ulanishini ko‘zda tutadi. Radiochastotalarning ishlash masofasi, ayniqsa, binolarning ichida qurilmaning xarakteristiklariga (shu jumladan, uzatkichning quvvatiga), qabullagichning konstruksiyasiga, halaqitbardoshlikka va signalning o‘tish yo‘liga bog‘liq. Radioto‘lqinlarning binoning odiy ob’ektlari, masalan devorlari, metall konstruksiyalari va hatto insonlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi signalning tarqalishi masofasiga ta’sir qilishi va shunday tarzda aniq bir tizimning ishlash zonasini o‘zgartirishi mumkin. Simsiz tarmoqlar radiochastotalarni ishlatadi, chunki radioto‘lqinlar devorlar va to‘siqlar orqali binoning ichiga kiradi. Ko‘plab WLAN tizimlarining qamrab olish sohasi yoki diapazoni uchraydigan to‘siqlar soni va turiga bog‘liq ravishda 160 metrlarga etadi. Qo‘shimcha ulanish nuqtalari yordamida ishlash zonasini kengaytirish va bu bilan harakatlanish erkinligini ta’minlash mumkin. WLAN tarmoqlari yuqori ishonchlilikka ega, chunki simsiz texnologiya ildizlari bilan mudofaa sanoatiga ketgan va shuning uchun simsiz qurilmalarning xavfsizligini ta’minlash ishlanmalarning boshlanishida qo‘yilgan. Shu sababga ko‘ra simsiz tarmoqlar kabelli tarmoqlarga qaraganda ishonchliroq. WLAN tarmoqlarida Direct Sequence Spread Spectrum (DSSS) texnologiyasi ishlatiladi, u ma’lumotlarni buzilishiga, halaqitlarga, shu jumladan atayin halaqitlarga va aniqlanishiga yuqori barqarorlik bilan farqlanadi. Bundan tashqari, simsiz tarmoqning barcha foydalanuvchilari tizim identifikatori bo‘yicha autentifikatsiyalashdan o‘tadi, bu ma’lumotlarga ruxsat etilmagan ulanishni oldini oladi. Juda zaif ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanuvchilar Wired Equivalent Privacy (WEP) rejimini ishlatishi mumkin, bunda signal qo‘shimcha algoritm bilan shifrlanadi, ma’lumotlar esa elektron kalit yordamida nazorat qilinadi. Umuman aytganda, alohida uzellarda tarmoq trafigiga ulanishdan oldin o‘z xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak. 802.11b spetsifikatsiya bo‘yicha ishlaydigan WLAN tarmoqlarida tarmoqning yuqoriroq ishonchliligini ta’minlash uchun foydalanuvchini autentifikatsiyalash bilan birga 40-bitli va 128-bitli shifrlash algoritmlari qo‘llanilishi mumkin. Atayin va atayin bo‘lmagan trafikni qo‘lga kiritish deyarli mumkin emas. WLAN tarmoqlarida ulanish nuqtasi ko‘zd tutiladi, u kabelli va simsiz tarmoqlarni bog‘laydi va simsiz tarmoq abonentlariga kabelli tarmoq resurslariga ulanishni olishiga imkon beradi. Foydalanuvchilar sotali telefon yordamida tarmoqqa ulanganidagi kabi tarmoq bilan bog‘lanishni yo‘qotmasdan ulanish nuqtalari orasida harakatlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, ulanish nuqtasi dasturiy-apparatli qurilma bo‘lib, u simsiz tarmoq mijozi uchun konsentrator rolini bajaradi va kabelli tarmoqqa ulanishni ta’minlaydi. Tarmoqdagi foydalanuvchilar soni deyarli cheklanmagan va uni yangi ulanish nuqtalarini o‘rnatish bilan oshirish mumkin. Turli chastotalarga (kanallarga) sozlangan bir-birlarini qoplaydigan ulanish nuqtalari yordamida simsiz tarmoqni bitta zonadagi foydalanuvchilar sonini oshirilishi hisobiga kengaytirish mumkin. O‘zaro halaqitlarni hosil qiladigan bir-birlarini qoplaydigan kanallar bir vaqtda uchtadan ortiq bo‘lmagan o‘rnatilishi mumkin va ular tarmoq foydalanuvchilari sonini uch martaga oshiradi. Shunday tarzda binoning turli nuqtalarida ulanish nuqtalarini o‘rnatish bilan simsiz tarmoqni kengaytirish mumkin. Bu umumiy foydalanuvchilar sonini oshiradi va ularga bino yoki tashkilot hududi bo‘yicha harakatlanish imkoniyatini beradi. Bitta ulanish nuqtasi bir vaqtda ta’minlaydigan foydalanuvchilar soni, birinchi navbatda, trafikning yuklanganligiga bog‘liq bo‘ladi. WLAN tarmoqlaridan o‘tkazish polosasi foydalanuvchilar orasida kabelli tarmoqdagi kabi bo‘linadi. Foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, tarmoqning unumdorligi foydalanuvchi bajaradigan vazifalar turiga ham bog‘liq bo‘ladi.