RFID-tizimlar turli obyektlarni operativ va aniq nazorat qilish, ularning haakatlanishini kuzatish va hisobga olish talab qilinadigan turli xil hollarda qo‘llaniladi.
RFID-texnologiyalarning asosiy afzalliklari:
RFIDga tegish yoki to‘g‘ri ko‘rinish kerak emas;
RFID-belgilar tez va aniq o‘qiladi (100%-lik identifikatsiyalashga yaqinlashish bilan);
ishlab chiqarish, tovarlar va bojxona omborlari (ayniqsa yiriklari), magazinlarni, tovarlar va moddiy boyliklarni berilishi va harakatlanishini boshqarish;
ma’lumotlarni avtomatik to‘plash va zarurat bo‘lganida temir yo‘llarda, pulli avtomobil yo‘llarida, yuk stansiyalari va terminallarida to‘lovni o‘tkazish;
harakatlanishni rejalashtirish va boshqarish, grafikning intensivligini va optimal marshrutlarni tanlashni nazorat qilish;
jamoat transportida harakatlanishni boshqarish, yo‘l haqini to‘lash va yo‘lovchilar oqimini optimallashtirish;
barcha transport turlari uchun elektron to‘lovlar, shu jumladan pulli yo‘llar, yo‘l va tranzit haqini avtomatik to‘lovi, pulli avtomobillar saqlash joylarini tashkil etish;
xavfsizlikni ta’minlash boshqa audio- va video nazorat qilish texnik vositalari bilan birga kompleksda, transport vositlarida himoyalash va signalizatsiya:
ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarining harakatlanishini nazorat qilish.