Demodulyatsiyalashda FM radiosignalning fazasi qabul qilish uchida qayta tiklangan tayanch tebranishi (tashuvchi) fazasi bilan taqqoslanadi. Radiosignalning tasodifiy buzilishlari tufayli qayta tiklangan tashuvchining fazasini noaniqligi o‘z o‘rniga ega, bu ikkilik jo‘natmalar «negativ» sifatida qabul qilinadigan teskari ishlashning sababi hisoblanadi. Bu hodisani yo‘qotish uchun uzatiladigan radioimpulslarning fazalarini farqli kodlash qo‘llaniladi. Fazani bunday manipulyatsiyalash fazalar farqili yoki NFM nisbiy fazaviy manipulyatsiyalash deyiladi.
NFMliraqamli RRLlarda ma’lumotlarni uzatilishida radiosignal fazasining o‘zi emas, balki ikkita qo‘shni radioimpulslarning fazalari farqi (fazalari surilishi) kodlanadi.
NFMda kodlash qoidasi 1.29- rasmda keltirilgan.
Ikkilik NFMda radioimpulsning davomiyligi τ=T bo‘ladi. Ko‘p sathli manipulyatsiyalashda (M>2) T davomiylikdagi ikkilik elementlarning dastlabki ketma-ketligi modulyator koderi yordamida τ=2T (M=4 bo‘lganda) yoki τ =3T (M=8 bo‘lganda) davomiyliklardagi ikkita (M=4 bo‘lganda) yoki uchta (M=8 bo‘lganda) ikkilik elementlar ketma-ketliklariga birligiga o‘zgartiriladi.
Dastlabki signal
NFM
1.29- rasm. Kodlangan NFM signal
Bu erda:
o‘tish
1→1
- fazalar sakrashi avjud
1→0
- fazalar sakrashi yo‘q
0→0
- fazalar sakrashi yo‘q
0→1
- fazalar sakrashi mavjud
NFM radiosignallarni ikkita demodulyatsiyalash usullari qo‘llaniladi. Birinchisida dastlab tashuvchi qayta tiklanadi va OFM radiosignal kogerent detektorlanadi, keyin qabul qilingan signallar farqli (diffferensial) kodlanadi (1.30-rasm).
1.30- rasm. Tashuvchi qayta tiklanadigan OFM demodulyatsiyalash
Ikkinchi usul NFM radiosignallarni differensial-kogerent (avtokorrelyasion) detektorlashni ko‘zda tutadi, bunda tayanch tebranishi sifatida oldingi radioimpuls ishlatiladi. Bunda detektorlash va dekodlash operatsiyalari birlashtiriladi (1.31-rasm).