LTE standartidagi tarmoqlarini qurish va ishlash tamoyillari. LTE radiointerfeysi ma’lumotlarni uzatish maksimal tezligi 300 Mbit/sdan ortiq, paketlarni qayta uzatilishi kechikish vaqti 10 m/sdan kam, shuningdek sezilarli yuqoriroq spektral samaradorlikni ta’minlaydi. LTE tizimlari operatorlardagi yangi va mavjud bo‘lgan chastotalar polosalarida ishlatilishi mumkin. LTE texnologiyasi mos apparatli va dasturiy qo‘llashga ega bo‘lish bilan abonentlar terminalini UMTS, CDMA2000, WiMAX tarmoqlari, shuningdek GSM yoki IS-95 tarmoqlari bilan moslashuvchanligini ta’minlaydi [15]. LTE tarmoqlarining arxitekturasi quyidagi umumiy tamoyillarni qoniqtiradi:
foydalanuvchilar ma’lumotlari va xizmat ma’lumotlarini uzatish transport nimtarmoqlari mantiqiy ajratilgan;
radioulanish tarmog‘i va bazaviy paketli tarmoq bu tarmoqlarda ishlatiladigan transport funksiyalari, manzillashtirish sxemalaridan to‘liq ozod etilgan, transport funksiyalarini ishlatilishida foydalaniladigan manzillashtirish sxemalariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak;
abonentlar va foydalanuvchilar terminallarining mobilliklarini boshqarish to‘liq radioulanish tarmog‘iga yuklangan;
radioulanish tarmog‘i interfeyslarining funksional ajratilishi bir necha bo‘lishi mumkin opsiyalarga ega bo‘lishi kerak;
interfeyslar bu interfeys bilan boshqariladigan blokning mantiqiy modeliga asoslanishi kerak;
tarmoqning bitta fizik elementi o‘zida bir necha mantiqiy bloklarni ishlatilishiga ega bo‘lishi kerak.
LTE tarmog‘ining arxitekturasi shunday tarzda ishlab chiqilganki, u choksiz mobillik deyiladigan mobbillikli, paketlarni etkazilishini minimal kechikishili va xizmat ko‘rsatish sifatining yuqori ko‘rsatkichlarili paketli trafikni qo‘llanilishini ta’minlaydi. Tarmoq funksiyasi sifatida mobillik uning ikkita funksiyalari - diskret mobillik (rouming) va uzluksiz mobillik (xendover) orqali ta’minlanadi. Binobarin, LTE tarmoqlari barcha mavjud tarmoqlar bilan rouming va xendover protseduralarini qo‘llashi kerak, LTE- abonentlar (terminallar) uchun hamma joyda simsiz keng polosali xizmatlar qamrab olishi ta’minlanishi kerak. Paketli uzatish barcha xizmatlarni, shu jumladan foydalanuvchilar ovozli trafigini uzatilishini ta’minlashga imkon beradi. Tarmoq tugunlarining yetarlicha yuqori har xil turliligi va ierarxikligi kuzatiladigan (taqsimlangan tarmoq javobgarligi deyiladigan) oldingi avlodlar ko‘plab tarmoqlaridan farqli ravishda LTE tarmoqlari arxitekturasini tekis deb hisoblag mumkin, chunki deyarli butun tarmoq o‘zar ta’sirlashish ikkita BS (bazaviy stansiya) va MBB (mobillikni boshqarish boki) tugunlari orasida bo‘lib o‘tadi. BS texnik spetsifikatsiyalarda B-tugun (Node-B, eNB) deyiladi, MBB (MME, Mobility Management Entity)esa ishlatilishi bo‘yicha SH (GW, Gateway) shlyuzni o‘z ichiga oladi, ya’ni MME/GW kombinatsiyalangan bloklar o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Oldingi avlodlar tarmoqlarida juda sezilarli rolni o‘ynagan radiotarmoq kontrolleri ma’lumotlar oqimini boshqarishdan ozod etilgan (u hatto tuzilish sxemalarida mavjud bo‘lmaydi), uning an’anaviy funksiyalari – radioresurslarni boshqarish, sarlavhalarni siqish, shifrlash, paketlarni ishonchli uzatilishi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri BSga yuklangan. MBB faqat tarmoq signalizatsiyasi deyiladigan xizmat ma’lumotlari bilan ishlaydi, shunday ekan foydalanuvchilar ma’lumotlariga ega bo‘lgan IP-paketlar u orqali o‘tmaydi. Bunday alohida signalizatsiya blokining bo‘lishi afzalligi shundan iboratki, tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini bog‘liq bo‘lmagan holda ham foydalanuvchilar trafigi, ham xizmat ma’lumotlari uchun kengaytirish mumkin. MBBning asosiy funksiyasi kutish rejimida bo‘lgan foydalanuvchilar terminalini (FT) boshqarish, shu jumladan chaqiruvlarni qayta yo‘naltirish va bajarish, mualliflashtirish va autentifikatsiyalash, rouming va xendover, xizmat va foydalanuvchilar kanallarini o‘rnatish hisoblanadi.