Raqamli televideniye tizimlari. Bugungi kunda televideniyeda navbatdagi texnologik revolyutsiya – raqamli televizion uzatishni ommaviy tarqalishining boshlanishi bo‘lib o‘tmoqda. Raqamli televidenie (RTV) bu tamoyilial yangi imkoniyatlar, interaktivlik, multimediali trafikni etkazish muhiti hisoblanadi. Shuning uchun TV- uzatish formatini o‘zgartirish bu nafaqat murakkab texnik masala, balki bu butun dunyo ko‘lamiidagi iqtisodiy va ijtimoiy tomondan ta’sir qiladigan o‘ta jiddiy omil hisoblanadi
Raqamli televideniyeda ommaviy tomoshabingacha studiya sifatidagi signal deyarli buzilishlarsiz etadi, analog uzatishga xarakterli bo‘lgan halaqitlar yo‘qoladi. Standart 480-625 satrlar (3:4 format) soniga qaraganda yuqori bo‘lgan 720, 1080 (satrlar va ustunlar nisbati) yoyish satrlari sonili yuqori aniqlikdagi televideniye (TVCh, HDTV) videotasvirlarini uzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Lekin bu yuqori aniqlikni mos xarakateristalarli kineskopga ega bo‘lgan TV qabullagich ekranida ko‘rish mumkin. Shuning uchun muhimki, RTV spektral diapazondan ancha samarali foydalanishga imkon beradi, bitta analog TV-kanal polosasida bir necha TV- kanallarni shakklantirish mumkin, bir vaqtda mumkin bo‘ladigan TV- dasturlar soni bir tartibga ortadi. Nihoyat, raqamli televizion signalni etkazish vositalarining rivojlanishi bugungi kunda jadal ishlab chiqilayotgan “so‘rov bo‘yicha televideniega” muhim qadam bo‘ladi, tomoshabin endi kanalni emas, balki ko‘rishni istagan film yoki ko‘rsatuvni ko‘radi.
Oxirgi foydalanuvchilarga TV-trafikni uzatishning to‘rtta asosiy mexnizmlari - kabelli, sun’iy yo‘ldoshli, yer usti (efirda uzatish) va sotali usullari ajratiladi. Sotali usul MMDS (Multichannel Microwave Distribution System), LMDS (Local Microwave Distribution System), MWS (Multimedia Wireless System) yuqori chastotali tizimlarni ishlatadi. RTV tizimlarini keng polosali MSUTga misol sifatida ko‘rib chiqamiz, uning xarakterli o‘ziga xos xususiyati trafiknning yaqqol asimmertiyasi hisoblanadi. Shu bilan birga, IEEE 802.16 guruhi standartlarining paydo bo‘lishi bilan sotalali televideniening moslashuvchan tizimlarini ham tayyorlash mumkin bo‘lib qoladi. O‘zbek tomoshabini sun’iy yo‘ldoshli va kabelli RTV bilan hozirda tanish. Lekin davlatdagi televidenieniening rivojlanish strategik masalasi yer usti uzatilishi hisoblanadi. Ommaviy uzatish sohasida ikkita signallarni uzatish ATSC (Advanced Television Systems Committee, AQSh) va DVB (Digital Video Broadcasting, Evropa) standartlari to‘qnashishdi. YAponiya ISDB (Integrated Services Digital Broadcasting) standarti bilan alohida turibdi. Amerika va Yevropa standartlari qarama-qarshiligi O‘zbekistonda ortda qolgan masala, chunki ko‘rinib turibdiki, yakuniy tanlov DVB foydasiga qilingan. Bu standartlar shu ma’noda o‘xshashki, har ikkalasi MPEG-2 va MPEG-4 orqali kodlangan va kompressiyalangan video va audioma’lumotlarni uzatilishiga mo‘ljallangan. Ovoz boshqa algoritmlar, masalan, Dolby AS-3 yordamida kodlanishi mumkin. Shuning uchun tasvirning sifati, agar u qabullagich orqali muvaffaqiyatli qabul qilinsa bir yoki boshqa modulyatsiyalash usulini tanlashga kam bog‘liq bo‘ladi. AQShda raqamli televizion uzatish tizimini tanlashda asosiy e’tibor tasvirning oshirilgan sifatiga qaratildi. Bunda standart sifatli tasvirli kanallar sonini oshirish ko‘rib chiqilmadi. Ravshanki, yuqori ruxsat etishli tasvir 32 dyuymlardan kam bo‘lmagan televizorlarda o‘zini namoyon qiladi, 55 – 60 dyuymlardagi televizorlarda esa yanada o‘zini yaxshi namoyon qiladi. Evropada DVB raqamli televizion tizimni ishlab chiqishda yuqori aniqlikdagi tijorat televizion uzatish, asosan MAC (Multiplexed analog components) analog YUAT-tizimni qurishga bog‘liq bo‘lgan o‘n yil oldingi ayanchli tajriba hisobga olindi. Shuning uchun standart ruxsat etish qobiliyatli kanallar sonini oshirishga asosiy e’tibor qaratildi. Bu hozirda mavjud bo‘lgan televizion qabullagichlar uchun nisbatan arzon tyunerlar chiqariladigan RTVga o‘tishni boshlashga imkon berdi. Bundan tashqari, Yevropa standarti eng turli tabiatli ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan yagona telekommunikatsion tizim uchun asos sifatida ko‘rilmoqda, bu yerdan past xatoliklar ehtimolliklariga talablar kelib chiqadi. SHu bilan bir vaqtda ATSCda qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatish opsiyasi mavjud emas. ATSC yer usti uzatishda 19,28 Mbit/s tezlikli bitta oqimni 6 MGs (NTSC amerika analog TV tizimi kanalining standart kengligi) kenglikdagi polosada va bunday ikkita oqimlarni kabelli televidenie tarmoqlarida translyatsiya qilishga mo‘ljallangan. DVB ancha tez moslashuvchan. 8 MGs standart polosada (hududlarda 6 va 7 MGs kenglikdagi kanallar bilan ishlash mumkin) u 4,98 dan 31,67 Mbit/sgacha diapazonda tezlikni tanlashni ta’minlaydi. Mos ravishda bu polosadagi TV-dasturlar soni ham 16 dan 2 tagacha o‘zgaradi, binobarin, dasturlarni past ruxsat etishli, lekin yuqori ishonchlilikli va qabul qilish ishonchliligi kamayganida yuqori ruxsat etishli bir vaqtda translyatsiya qilish mumkin. DVBning noyob o‘ziga xos xususiyati bu qabullagichning mobilligi hisoblanadi, u 300 km/soatgacha tezliklarda harakatlanishi mumkin, bu poezdlar, shaharlararo yo‘lovchilarni tashish avtotransporti, mobil xizmatlar (tez tibbiy yordam, militsiya) va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Lekin eng muhimi signalni yetkazilish ishonchliligida ATSC DVBga yutqazadi. Buning sababi ATSCda qabul qilingan 8-VSB (satellite-sideband modulation system for broadcast) yon polosada qisman so‘ndiriladigan ko‘p pozitsion amplitudaviy modulyatsiyalash hisoblanadi. Umuman 8-VSBni yon polosa so‘ndiriladigan amplitudaviy modulyatsiyalash tizimlarini texnik ishlatilishining cho‘qqisi deyish mumkin. Lekin DVBga qaraganda real sharoitlarda bu mexanizm ishonchlilik, tez moslashuvchanlik, qabul qilish antennalariga talablar bo‘yicha yutqazadi. Bu standartni atroflicha ko‘rib chiqamiz.