Televizion signallarni uzatish standartlari. Yevropa va O‘zRda qabul qilingan DVB standarti bu kabelli DVB-C (cable), sun’iy yo‘ldoshli DVB-S (satellite) va yer usti DVB-T (terrestrial) uzatishni qamrab olgan spetsifikatsiyalar to‘plami hisoblanadi. DVB-T dagi agoritm eng murakkab algoritm hisoblanadi, chunki ishlash sharoitlari va uzatishga talablar yer usti uzatishda eng qat’iy hisoblanadi.
Koderning kirishiga MPEG-2 (MPEG-4) transport oqimlari 188 baytdan keladi, keyin ular ikkili psevdo-tasodifiy ketma-ketlik (generator — 15-razryadli surish registri) bilan 2 modul bo‘yicha qo‘shish orqali randomizatsiyalanadi. Randomizatsiyalanganidan keyin paketlar Rid-Solomon kodi bilan himoyalanadi, buning natijasida 188 baytga 16 tekshirish baytlari qo‘shiladi. Keyin ichki o‘rama kodlash keladi. COFDM (Coded Orthogonal Frequency-Division Multiplexing) standartda modulyatsiyalash – signal oldindan kodlanadigan ortogonal tashuvchilar orqali multiplekslash varianti ishlatilgan. OFDM modulyatsiyalashda butun uzatish kanali diapazoni (Evropada 8 MGs) ko‘plab ortogonal nimtashuvchilarga bo‘linishini ko‘zda tutadi. Ma’lumotlar oqimi N suboqimlarga bo‘linadi, ulardan har birining tashuvchisi ancha past tezlikda modulyatsiyalanadi. DVBda bitta kanalda (Evropada qabul qilingan TV kanalning 8 MGs kengligida) 8 mingtagacha tashuvchilar (8 x 1024 — 8192 yoki 8K qayta ishlash algoritmlarining talablarini hisobga olganda) bo‘lishi mumkin. Real 1705 ta (2K COFDM rejimi) yoki 6817 ta (8K rejimi) tashuvchilar ishlatiladi. Har bir tashuvchi 4-pozitsion kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK) yoki 16- va 64-pozitsion kvadra- turali amplitudaviy modulyatsiyalash (QAM) orqali modulyatsiyalanadi. Mos ravishda har bir tashuvchiga bitta modulyatsion simvol 2 dan 4 gacha bitlarni aniqlaydi. Qabullagichda signal demultiplekslanadi va dekodlanadi. Buning uchun uzatkichning algoritmlariga qo‘shimcha korrelyasion detektorlar, Viterbi algoritmli dekoderlar va boshqalar ishlatiladi. MPEG-2 (MPEG-4) transport paketlarini ham dekodlash va televizor turiga bog‘liq ravishda raqamli yoki analog signalni shallantirishi kerak. Shuning uchun RTV-qabullagich bu yetarlicha murakkab dasturiy-apparatli kompleks hisoblanadi va faqat so‘nggi yillardagi texnologik yutuqlar uni ommaviy ishlab chiqarishda uncha qimmat bo‘lmasligiga imkon bermoqda. O‘zbekistonda kabelli DVB-C (cable), sun’iy yo‘ldoshli DVB-S (satellite), yer usti DVB-T (terrestrial) va sotali DVB-N uzatishni qamrab olgan DVB standarti spetsifikatsiyalar to‘plami qabul qilingan. Ma’lumki, 625 ta satrlardagi yuqori ruxsat etish bilan xarakterlanadigan DVB-T tarqoq yoyishni ishlatadi, bunda yarim kadrlarning chastotasi 50 Gsni tashkil etiadi. DVB-T gorizontal va vertikal bo‘yicha ikkilangan ruxsat etishni (bazaviyga nisbatan) ta’minlashi, shuningdek 16:9 tomonlar nisbatili tasvirlarni uzatishi mumkin. DVB-T audiosignalni uzatish uchun MUSICAM satndartini ishlatish bilan Dolby Digital AC-3 formatdagi ovozni ta’minlaydi. Shuningdek DVB-T standartining asosiy afzalliklaridan biri signalning qabul qilish barqarorligi va uning signallarning boshqa qayta qaytishlariga sezgir emasligi hioblanadi. Respublikada 2011 yilning dekabrida HD yuqori aniqlikdagi televideniyeni sinov ishlatilishi ishga tushirildi.