Xususiyatlari/Funksiya
| |
Xarakteristika
| |
Aloqa turi
|
Keng polosali radioimpulslar (Shaped
pulse)
|
Chastotalar diapazoni
|
3,1 – 10,6 GGs diapazondagi
ajratiladigan oraliqlar
|
Kanallar kengligi
|
500 MGsdan katta; MTO diapazonlarida:
528 MGs
|
Modulyatsiyalash
|
Ko‘p chastotali OFDMA
|
Ulanish usuli
|
CSMA-CA tashuvchini topish va kolliziyalarni oldi olinishli ko‘p
tomonlama ulanish
|
Uzatish usuli
|
Paketli
|
Uzatish quvvati
|
Uchta sinfdagi uzatkichlar: 1-sinf – 1 dan
100 mVtgacha, 2-sinf – 0,25 dan 2,5 mVtgacha, 3-sinf – 1 mVtgacha.
|
Ma’lumotlarni uzatish
tezligi
|
53,3, 80, 106,7, 160, 200, 320, 400, 480
Mbit/s.
|
Ishlash masofasi
|
10 metrlargacha
|
Klasterdagi qurilmalar
soni
|
127 tagacha
|
Passiv nishon bilan ishlashda qurilma-initsiator uzluksiz nurlantiradi, qurilma-nishon esa faqat bunday tarzda hosil qilingan elektromagnit maydonni modulyatsiyalaydi. Passiv qurilma-nishonni, shunday tarzda, qabullagich-uzatkich (transponder) sifatida ko‘rish
mumkin. Aktiv nishon bilan ishlashda qurilmalar o‘z nurlanishini javobni kutish vaqtiga uzish bilan uzatish tartibini navbatlashtiradi.
Simsiz kartali tizimlarda ishlashga o‘xshash NFC texnologiyasi asosidagi tizimlarda aloqa bir-birlarining yaqin maydonlari chegaralarida bo‘lgan ikkita ramkali antennalar orasida o‘rnatiladi. Aloqa umumiy mumkin va litsenziyalanmaydigan ISM Band (Industrial, Scientific and Medical radio Band, Sanoat, Ilmiy va Tibbiyot radiochastotalari) radiochastotalar chegaralarida 13,56 MGs tashuvchi chastotada bo‘lib o‘tadi. Axborot signali energiyasining katta qismi 14kGsdagi chastotalar polosasida bo‘ladi, lekin amplitudaviy modulyatsiyalash ishlatilganida polosaning to‘liq kengligi 1,8MGsga etishi mumkin.
Standartda ixcham antennalarda maksimal bo‘lishi mumkin ma’lumotlarni uzatilishi masofasi 10 smni tashkil etadi.
NFC texnologiyasi orqali signalni ikkita kodlash turi ishlatiladi. Ulardan birinchisida aktiv qurilma ikkilik ma’lumotlarni 100%
amplitudaviy modulyatsiyali ikki darajali kodlash (shuningdek inglizcha adabiyotlarda Miller kodlashi deyiladi) ishlatiladi. Bunday rejimda uzatish tezligi 106 Kbit/sni tashkil etadi.
Ikkinchisida, aktiv qurilma 10% amplitudaviy modulyatsiyali nolinchi sathga qaytishsiz kod (manchester kodi deyiladigan) ishlatiladi. Bunday rejimda malumotlarni uzatish tezligi 212 yoki 424 Kbit/sni tashkil etishi mumkin.
Passiv qurilma har doim 10% amplitudaviy modulyatsiyali manchester kodini ishlatadi.
Binobarin, NFC qo‘llanadigan qurilmalar bir vaqtda ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin, ularga koliziyalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Kolliziyalarni aniqlash uzatilgan va olingan signallarning chastotalarini taqqoslashga asoslangan va ular mos tushganida olingan signal yaroqsizga chiqariladi.
NFC texnologiyasi ma’lumotlarni kriptografik himoyalashga standartlarni o‘z ichiga oladi va u yuqori darajalar protokollari orqali ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
NFC texnologiyasi mobil aloqa qurilmalarida qo‘llaniladi. Uchta asosiy ishlatish usullari amalga oshiriladi:
Kartani emulyasiyalash: NFC qo‘llanadigan qurilma simsiz kartani emulyasiyalash uchun ishlatiladi.
O‘qigich rejimi: NFC qo‘llanadigan qurilma aktiv rejimda ishlaydi va passiv qurilmalardan, masalan radio-belgidan ma’lumotlarni o‘qiydi.
Nuqta-nuqta rejimi: NFC qo‘llanadigan ikkita qurilma aktiv rejimda ishlaydi va o‘zaro ma’lumotlarni almashlash uchun texnologiyani ishlatadi.
Tavsiflangan rejimlar uchun jamoat transportida yo‘l haqini mobil to‘lovi, NFC qo‘llanadigan mobil qurilmalardan kredit/debet karta sifatida, reklama oynalaridan radiobelgilardan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘qish uchun foydalanish kabi ko‘plab qo‘llanishlar bo‘lishi mumkin.
NFC texnologiyasidan foydalanish bilan Bluetooth 2.1 yoki Wi-fi kabi boshqa simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalaniladigan o‘zaro ta’sirlashishni oddiy va tez sozlash mumkin. NFC texnologiyasini poezd, samolyot, konserlar va boshqalarga chiptalarni elektron bron qilish uchun, “elektron pullar” bilan hisoblashish uchun, sayohatchi xaritasi, shaxsni tasdiqlash guvohnomasi, xavfsizlik tizimlarida kontaktsiz kartalar sifatida (shu jumladan mehmonxonalar nomerlari, avtomobillar, maishiy qulflar kalitlari o‘rniga) qo‘llash mumkin. NFC qo‘llanadigan qurilmalarni birja savdosi, kontentni sotib olish, dasturiy arzonlashtirishlar va bonuslar va boshqalar uchun ishlatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |