Wireless USB. Bu 7,5 GGs kenglikdagi chastotalar diapazonida MultiBand OFDM Alliance (MBOA) va WiMedia Alliance
uyushmalari tavsiyalari asosidagi o‘ta keng polosali modulyatsiyalash UWB (Ultra-Wideband) texnologiyalarini ishlatilishiga asoslangan butun simsiz interfeyslar seriyasidan bir standart hisoblanadi. UWB asosidagi barcha simsiz interfeyslar IEEE802.15.3 spetsifikatsiyalar asosidagi Open System Interconnection (OSI) modelining kanal va fizik darajalar protokollarini birga tashkil etishga ega [25]. 5.2- jadval ZigBee aloqaning asosiy texnik parametrlari
Xususiyatlari/Funksiya
Xarakteristika
Aloqa turi
Radioto‘lqinlar
Chastotalar diapazoni
868, 902 va 2400 MGs
Kanallar soni
2,4 GGs (16 ta kanallar), 915 MGs (10
ta kanallar) va 868 MGs (1ta kanal)
Batareyaning xizmat
ko‘rsatish muddati
100 dan 1000 gacha va undan ortiq
kunlar
Uzatish usuli
Direct Sequence Spread Spectrum
(DSSS) to‘g‘ri ketma-ketlik usulida spektrni kengaytirish
Ulanish vaqti
30 ms
Uzatish quvvati
1 mVt
Ma’lumotlarni uzatish tezligi
250 Kbit/sgacha
Ishlash masofasi
70 mgacha
Tarmoqdagi uzellar soni
65 536 (64-bitli manzillar), 264 (16-
bitli manzillar)
Ma’lumotlarni himoyalash
128 bitli kalit uzunligili AES algoritmi
bo‘yicha shifrlash
Manzillashtirish
MAS darajadagi noyob 64-bitli manzil,
qo‘shimcha 16-bitli manzil (PAN-ID)
UWB bu qisqa 10 metrlargacha masofalarga, yuqori o‘tkazish qobiliyatli (480 Mbit/sgacha) va past iste’mol quvvatli ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan simsiz texnologiya hisoblanadi. UWB radiokanallari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishda ortogonal tashuvchi chastotalar bo‘yicha multiplekslash (OFDM, Orthogonal Frequency Division Multiplexing) texnologiyasi bir necha chastotalar diapazonlari bilan birgalikda ishlatiladi, bu chastotalar keng diapazonlarining ishlatilishini talab qiladi. O‘tkazish keng polosalari simsiz lokal interfeyslarni tashkil etishda oldin ko‘rib chiqilgan Bluetooth texnologiyasidagi tezliklarga cheklashlarni chetlab o‘tishga imkon beradi. SHuning uchun UWB bu yuqori sifatli multimediali kontentni, masalan videooqimni simsiz uzatish uchun echim hisoblanadi. Lekin UWB texnologiyaning afzalliklaridan biri shundan iboratki, u boshqa simsiz texnologiyalar uchun halaqitlarni hosil qilmaydi, chunki modulyatsiyalashning o‘ziga xos tamoyili va tashuvchi chastotaning yo‘qligi signalni butun spektr bo‘yicha oddiy fon halaqitalar sathlaridan oshmaydigan “oq shovqin” ko‘rinishida o‘ziga xos keng polosali “chaplanishiga” olib keladi. Ma’lumotlar paketlari USB 2.0 tranzaksiyalari tamoyili bo‘yicha shakllantiriladi va endi TDMA (Time Division Multiple Access) vaqt bo‘yicha kanallar ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish protokoli yordamida tashiladi. 4 MGs o‘tkazish polosasidagi har bir OFDM- uzatish 100 ta ma’lumotlar paketlarini o‘z ichiga oladi. Paketlar formati har qanday ma’lumotlarni uzatish tezligi uchun o‘zgarishsiz qoladi. Oltita paketlar 1,875 mks davomiylikdagi asosiy paketni shakllantiradi, u keyinchalik aniq ma’lumotlar bitlariga o‘zgartiriladi. Standart 53,3 Mbit/s, 106,7 Mbit/s va 200 Mbit/s ma’lumotlarni asosiy almashlash tezliklarini, 80 Mbit/s, 160 Mbit/s, 320 Mbit/s, 400 Mbit/s va 480 Mbit/s opsional tezliklarni qo‘llaydi. Texnologiyaning yana bir afzalligi trafikni deyarli oniy, masshtablanuvchanligi, ya’ni qurilmalar orasidagi masofaga bog‘liq ravishda masshtablanuvchanligi hisoblanadi, tezlik 53,3 Mbit/s dan 480 Mbit/sgacha chegaralarda o‘zgarishi mumkin. Simli USBlarga o‘xshashlik bo‘yicha, Wireless USB qurilmalari ulanishda olinadigan o‘z manziliga ega bo‘ladi. Har bir Wireless USB qurilma bir yoki bir necha aloqa kanallarini qo‘llaydi. Wireless USB simsiz tarmoq infratuzilmasining asosiy elementlari konsentrator va radial liniyalar hisoblanadi. Bunday topologiyada xost-kontroller unga ulangan qurilmalar orasida ulardan har biriga vaqt intervallari va o‘tkazish polosasini ajratish bilan istalgan ma’lumotlar almashinuvini initsializatsiyalaydi. Bog‘lanishlar “nuqta-nuqta” turiga kiradi va Wireless USB-xost va Wireless USB-qurilma orasida amalga oshiradi. Unga mantiqiy ulangan qurilmalarli (maksimal 127 tagacha) xost norasmiy Wireless USB-klasterni hosil qiladi. Wireless USB- klasterlar minimal o‘zaro halaqitlarli qoplanadigan fazoviy muhitda ishlaydi, bu radionurlantiruvchi qurilmalarning umumiy ishlash zonasi chegaralarida bir necha klasterlarning ishlashiga imkon beradi. 5.3- jadvalda Wireless USB aloqaning asosiy texnik parametrlari keltirilgan.
NFC. Bu kichik masofalarga ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi hisoblanadi. Uzatish modeli elektromagnit maydonni hosil qiladigan qurilma-initsiator va qurilma-nishonni o‘z ichiga oladi. Qurilma-nishon ham aktiv (masalan, boshqa mobil aloqa qurilmasi yoki to‘lov terminali), ham passiv (RFID radio-belgi, kontaktsiz karta yoki jevakcha) bo‘lishi mumkin. Radio-belgilar va kontaktsiz kartalarning mavjud formatlari qo‘llanadi [26].
5.3- jadval Wireless USB aloqaning asosiy texnik parametrlari