Nazorat savollari 1. Raqamli manipulyatsiyalash jarayonining ma’nosi nimadan iborat?
2. Dastlabki analog signalni raqamli signalga o‘zgartirish jarayonini tushuntiring.
3. Raqamli signalni uchta manipulyatsiyalash usullarini tushuntiring.
4. Amplitudaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
5. Chastotaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
6. Fazaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
8. Kvadraturali amplitudaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
9. Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
10. QPSK signalning sinfaz va kvadraturali tashkil etuvchilarini hosil qilish qanday amalga oshiriladi?
7. ANALOG VA RAQAMLI TELEVIDENIYE UZATKICHLARI 7.1. Televideniye uzatish tizimiga talablar Televideniyening asosiy vazifasi tomoshabin ob’ektning tasvirini tabiiy qilinganidek rangli va hajmli ko‘rishidan iborat. Harakatdagi va qo‘zg‘almas tasvirlarni elektr uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi TV tizim deyiladi. Bu kompleksga televizion uzatish kamerasidan tortib to televizion qabul qilgichgacha bo‘lgan butun televizion apparatura kiradi.
TV uzatish tizimi qanday talablarga javob berishi kerak? Ulardan birinchisi – rangli TV signal egallaydigan polosa (ΔFRTV) oq-qora televideniye egallaydigan polosaga (ΔFOQTV) teng bo‘lishi kerak, ya’ni
ΔFRTV = ΔFOQTV = 8 MGs Bu shart rangli televideniye signallarini mavjud televizion aloqa kanallari orqali uzatish uchun foydalanish zarurati orqali tushuntiriladi.
Yer usti uzatishda tasvirlar va ovoz signallarini uzatish televideniye uzatish radiosignallari (TURS) orqali amalga oshiriladi, ulardan har biri tasvir radiosignali (TRS) va ovoz radiosignali (ORS) birligidan iborat bo‘ladi. Tasvir radiosignali deb UΣ(t) to‘liq videosignal yoki UTRVS(t) to‘liq rang videosignali orqali modulyatsiyalangan tasvirni tashuvchiga, ovoz radiosignali deb ovoz signali bilan modulyatsiyalangan ovoz tashuvchisiga aytiladi. Bunda barcha davlatlarda radiosignal egallaydigan chastotalar polosasini qisqartirish va TV uzatkichlarning qurilishini soddalashtirish maqsadlarida videosignalni uzatish uchun amplitudaviy modulyatsiyalash (AM), ovoz signalini uzatish uchun esa chastotaviy modulyatsiyalash (ChM) ishlatiladi (7.1- rasm).
7.1- rasm. To‘liq televizion signal
TV uzatkich chiqishida videosignaldagi o‘zgarmas tashkil etuvchini qayta tiklash, ya’ni o‘chiruvchi yoki sinxronlashtiruvchi impulslarni qayd etish amalga oshiriladi. Bu uzatkich kaskadlaridagi tranzistorlarni samarali ishlatishga imkon beradi, chunki modulyasion (amplituda) xarakteristikaning chiziqli oralig‘i sezilarli kamayadi, bunda iste’mol quvvati bo‘yicha yutuq taxminan 2,5 martani tashkil etadi. TV uzatkich modulyatoriga videosignal negativ yoki pozitiv qutbda beriladi, natijada negativ yoki pozitiv modulsiyalashli TRS hosil bo‘ladi (7.2- rasm).
7.2- rasm. Negativ va pozitiv modulyatsiyalashli TRS
Radiosignal negativ modulyatsiyalanganida maksimal nurlanish quvvatiga sinxronlash tirish impulslari va tasvirning qora oraliqlari mos keladi. Oq oraliqlari maksimal nurlanish sathining 15% ga mos sathda uzatiladi.
Pozitiv modulyatsiyalashda, aksincha, maksimal nurlanish quvvati tasvirning oq oraliqlariga mos keladi. Har ikkala hollarda doimo “qora” sathlari, o‘chiruvchi impulslar sathlari qiymatlari qayd etiladi.
Televizion uzatish radiotraktining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi 7.3- rasmda keltirilgan.
7.3- rasm. Televizion uzatish radiotraktining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi
Agar UB1 amplitudaviy modulyator kirishiga shartli bir tekis spektrli UTRVS(t) signal berilsa, chiqishda ikkita yon polosalar va fTT tasvir tashuvchi hosil bo‘ladi. Fyu= 6 MGs videosignal spektri yuqori chegaraviy chastotasida ikki polosali AM signal egallaydigan chastotalar polosasi kengligi 12 MGs ni tashkil etadi. Lekin binobarin, modulyatsiyalovchi signal haqidagi to‘liq ma’lumot yon polosalardan har birida bo‘ladi, u holda ulardan birini uzatish yetarli bo‘ladi. Shuning uchun uzatkichda bitta yon polosa (ko‘pincha pastki) Z1 filtrda qisman so‘ndiriladi, uning chiqishida UTRS tasvir radiosignali hosil bo‘ladi.
Yon polosani to‘liq so‘ndirish mumkin emas, chunki videosignalda pastki chegarviy chastota Fp=0, demak, yon polosalar orasida ularni ajratish uchun chastotalar oralig‘i mavjud emas. Bunda uzatkichning ideallashtirilgan AChXsi Z1 filtrning uzatish koeffitsienti (fTT+6)…(fTT–0,75) MGs chastotalar sohasida nolga teng bo‘ladigan, (fTT– 0,75)…(fTT–1,25) MGs oraliq esa chegaralarida 20 dBdan ortiq bo‘lmagan so‘ndirishli pasayuvchi chiziqli tushishga ega bo‘ladigan quriladi (7.4- rasm).