faza-chastotaviy buzilishlar FChXning nochiziqliligi natijasi hisoblanadi;
foydali signalning past sathi tufayli nochiziqli buzilishlar, ular asosan tashqi polosali kuchli halaqit orqali aniqlanadi.
Dinamik diapazon RChKning amplitudaviy xarakteristikasi bo‘yicha baholanadi (11.7- rasm).
11.7- rasm. RChKning amplitudaviy xarakteristikasi
Miqdoran u logarifmik kattaliklarda ifodalanadi:
D = 20lg(Uvx.maks/Uvx.min) Ukir.min – o‘z shovqinlari sathi orqali cheklanadi;
Ukir.max – yo‘l qo‘yiladigan nochiziqli buzilishlar.
Ishlash barqarorligi – barcha parametrlarni ishlatish sharoitlarida ruxsat etiladigan barcha bo‘lishi mumkin o‘zgarishlardan saqlanishi hisoblanadi.
Barcha parametrlarni ruxsat etiladigan chegaralarda saqlash bilan berilgan chastotalar diapazonini qamrab olish hisoblanadi.
Nazorat savollari 1. Radiochastota kuchaytirgichlariga talablar nimalardan iborat?
2. Radiochastota kuchaytirgichlarining vazifasi nimadan iborat?
3. Radiochastota kuchaytirgichlari qanday turlarga bo‘linadi?
4. Radiochastota kuchaytirgichlari qanday elementlarda yig‘iladi?
5. Kaskadlararo aloqa zanjirlarining vazifalarini sanab o‘ting.
6. Aperiodik kuchaytirgichlarning ishlash prinsipini tushuntiring.
7. Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasini tushuntiring.
8. Radiochastota kuchaytirgichlarning asosiy parametrlarini sanab o‘ting.
9. Ichki teskari aloqali kuchaytirgich sxemasini tushuntiring.
10. Kaskadli kuchaytirgich sxemasini tushuntiring.