16.2. Radioeshittirish qabul qilgichlari
Radioeshittirish qabul qilgichlarining yuqori chastotali trakti supergeterodinli sxema bo‘yicha bajariladi. 4-sinfdagi qabul qilgichlar faqat uzun (UT) va o‘rta (O‘T) to‘lqinlar diapazonlariga ega bo‘ladi. Bu diapazonlarda amplitudaviy modulyatsiyalash qo‘llaniladi va shuning uchun 4-sinfdagi qabul qilgichlar AM signallarga qabul qilishga mo‘ljallangan. 3-sinfdagi statsionar qabul qilgichlarda chastotaviy modulyatsiyalashli (ChM) UQT stansiyalarni qabul qilish ko‘zda tutiladi. 3-sinfdagi statsionar qabul qilgichning tuzilish sxemasi 16.1-rasmda tasvirlangan.
16.1-rasm. 3-sinfdagi stansionar qabul qilgichning tuzilish sxemasi
Sxema ikkita radiochastota traktidan va umumiy OChK traktidan tashkil topgan. Qabul qilgich ikkita UQT diapazoni antennasi va UT va O‘T diapazonlari antennasiga ega. UQT va QT to‘lqinlar uchun tashqi teleskopik antenna, UT va O‘T to‘lqinlar uchun ichki magnit antennasi ishlatiladi.
Signal antennadan diapazon bo‘yicha chastotasi o‘zgaradigan kirish zanjiriga kelib tushadi, kirish zanjiri kerakli signalni ajratib oladi, qolganlarini so‘ndiradi. Tanlangan signal kuchsiz bo‘lgani uchun YuChK kaskadlari yordamida kuchaytiriladi. Undan keyin signal chastotasi chastota o‘zgartirgich (ChO‘) yordamida oraliq chastotaga aylantiriladi va barcha diapazonlar uchun umumiy bo‘lgan OChK kaskadlarida kuchaytiriladi.
OChK konturlari ikkitadan bo‘lib, 465 kGs (UT, OT, QT uchun) va 10,7 MGs ga (UQT uchun) sozlangan. Zarur qiymatgacha kuchaytirilgan signal alohida yig‘ilgan AD va ChD detektorlari yordamida detektorlanadi va PChK kaskadlarida kerakli quvvatgacha kuchaytirilib, akustik sistema (D) yordamida akustik (ovoz) to‘lqinlariga aylantiriladi.
16.3. Stereofonik radioeshittirish qabul qilgichlari
Ovoz (musiqa) sifatini oshirishning asosiy usullaridan biri stereofonik signalni tayyorlash, uzatish va qabul qilishdir.
Stereofonik signal ovoz manbaining bo‘shliqda (konsert zalida) qayerdan chiqayotganligi va qo‘shiq ijrochisining sahna bo‘ylab harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beradi va radioeshituvchi o‘zini konsert zalida o‘tirgandek his qilishi mumkin. To‘liq stereosamara hosil qilish uchun har bir ovoz manbaiga alohida mikrofon va kuchaytirgich talab qilinadi.
Lekin ikkita mikrofon, ikkita kuchaytirgich va ikkita akustik tizim qoniqarli darajada stereosamara hosil qila oladi. Bunday tizim ikki kanalli stereofoniya deb ataladi.
Stereofonik signalni uch xil usulda shakllantirish mumkin. Stereosignalni radio orqali uzatishda monofonik qabul qilgich ham stereofonik signalni qabul qila olishi kerak. Bu vazifani bajarish uchun mikrofonlardan biri sahnadagi hamma tovushlarni qabul qilishi kerak, M mikrofonning yo‘nalish diagrammasi aylana shaklida bo‘ladi.
Ikkinchi mikrofon sahnaning ikki chetidagi tovushlarni qabul qilishi kerak, uning yo‘nalish diagrammasi «sakkiz» shaklida bo‘ladi. S mikrofonda hosil bo‘luvchi signallar maxsus qo‘shib — ayiruvchi sxemaga beriladi. Stereosignal hosil qilishning bu usulini L/5 sistemasi deb ataladi.
1 6.2-rasmda MS — Mittel-Seite (O‘rta-chekka) sistemasi asosida stereosignalni hosil qilish sxemasi berilgan.
1, 2, 3 ovoz manbalari; M — sahnadan to‘liq ovoz axborotni oluvchi mikrofonning yo‘nalish diagrammasi; S — sahnaning ikki chekkasidan ovoz qabul qiluvchi mikrofonning yo‘nalish diagrammasi
16.2- rasm. MS — Mittel-Seite (O‘rta-chekka) sistemasi asosida stereosignalni hosil qilish sxemasi
16.3- rasmda ko‘prik sxemasi asosida mikrofonlarda hosil bo‘luvchi kuchlanishlarni qo‘shish va ayirish qurilmasining sxemasi keltirilgan. Signallarning yo‘nalishi bir xil bo‘lganda ular qo‘shiladi, yo‘nalish qarama-qarshi bo‘lsa, ayiriladi. Mikrofonlar bir nuqtada o‘rnatiladi, natijada, tovushlarning fazasi bir xil bo‘lib, 1 kanalda ularning doimiy yig‘indisi, 2 kanalda ularning doimiy ayirmasi paydo bo‘ladi.
16.3-rasm. Ko‘prik sxemasi asosida mikrofonlarda hosil bo‘luvchi kuchlanishlarni qo‘shish va ayirish qurilmasining sxemasi
Radiouzatkichda M va S signallar qo‘shish-ayirish yordamida M+S va M-S signallariga aylantiriladi. Ikkala signalning chastota diapazoni bir xil bo‘lgani uchun M-S signalini qo‘shimcha tashuvchi chastota 31,25 kGs yordamida amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi, natijada, qutbiy modulyatsiyalangan keng spektrga ega bo‘lgan stereosignal hosil bo‘ladi, undan keyin bu signal chastota bo‘yicha ultraqisqa to‘lqinda modulyatsiyalanadi va kuchaytirilib antenna yordamida nurlantiriladi.
16.4-rasmda stereosignalning chastotalar spektri tasvirlangan.
16.4-rasm. Stereosignalning chastotalar spektri
15.4-rasmdan ko‘rinadiki, uzatiladigan signalning chastota diapazoni 30 Gs dan 46,25 kGs gacha oraliqni egallaydi va shuning uchun stereofonik radioeshittirishni faqat ultraqisqa diapazonda amalga oshirish mumkin. Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan stereoradiokanal 190 kGs ga teng bo‘lgan kenglikni qamrab oladi.
Streoeshittirish qabullagichi detektorili yuqori chastotali traktining tuzilish sxemasi ChMS qabul qilgichining tuzilish sxemasidan farq qilmaydi.
Stereofonik qabul qilgichning soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 15.5-rasmda keltirilgan.
16.5-rasm. Stereofonik qabul qilgichning soddalashtirilgan tuzilish sxemasi
Bu yerda chastotaviy detektorning chiqishidan olingan signal stereodekoderga (SD) beriladi, u stereojuftlikning chap (M) va o‘ng (S) kanallari signallarini ajratadi. Keyin alohida kuchaytirish traktlarida chap va o‘ng traktlar signallarini kuchaytirish bo‘lib o‘tadi. Chap va o‘ng kanallarning kuchaytirilgan signallari elektr-akustik o‘zgartirgichlarga (dinamiklarga) beriladi.
Stereodekoderning tuzilishi sxemasi 16.6-rasmda berilgan.
Stereodekoderda quyidagilar bajariladi:
qabul qilgichning yuqori chastotali traktida vujudga keladigan signaldagi yuqori chastotali buzilishlarni tuzatish;
tashuvchi tebranishning amplitudasini qayta tiklash;
qutbli modulyatsiyalangan tebranishni detektorlash;
signalning oldindan buzilishlarini tuzatish.
16.6-rasm. Stereodekoderning tuzilishi sxemasi
Odatda stereodekoderlarda stereojuftlik signallarini ajratishning quyidagi prinsiplari ishlatiladi:
qutbli modulyatsiyalangan tebranishlarni diodli detektorlash;
signalning keyingi ishlov beriladigan tonal va tonal osti tashkil etuvchilarini ajratish;
qutbli modulyatsiyalangan tebranishlarni amplitudaviy – impulsli modulyatsiyalangan tebranishlarga keyingi stereokanal signallariga ajratish bilan o‘zgartirish.
Dostları ilə paylaş: |