Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Tranzistorli signallar aralashtirgichlari sxemalari



Yüklə 436,19 Kb.
səhifə56/82
tarix20.11.2023
ölçüsü436,19 Kb.
#164196
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-hozir.org

12.3. Tranzistorli signallar aralashtirgichlari sxemalari
Tashqi geterodinli tranzistorli chastota o‘zgartirgichlarining oddiy o‘zgartirishdagi qurishni ko‘rib chiqamiz. Eng oddiy bunday o‘zgartirgichning sxemasi 12.11- rasmda keltirilgan. Bunday o‘zgartirgichda Uc signal umumiy emitter sxemasida ulangan aralashtirgich tranzistorining bazasiga beriladi. Bunday ulanishda signal kuchlanishi uchun aralashtirgichning kirish o‘tkazuvchanligi UBli sxemadagiga qaraganda kichik bo‘ladi.

UG geterodin kuchlanishi aralashtirgich emitteri zanjiriga beriladi va geterodinga nisbatan aralashtirgich UB sxemasi bo‘yicha ulangan bo‘lib qoladi, chunki signal zanjiri geterodin tebranishlari uchun qisqa tutashuv hisoblanadi. Asosiy signal va geterodin signalini turli elektrodlarga berilishi ularning zanjirlari orasidagi aloqani kuchsizlantiradi va bunda aralashtirgichning kirish o‘tkazuvchanligi va geterodinning iste’mol quvvati oshsada, geterodin chastotasining stabilligini oshiradi.
12.11- rasm. Bipolyar tranzistordagi tashqi getrodinli tranzistorli o‘zgartirgich sxemasi

Aralashtirgich kollektori zanjiriga OChK filtrlariga o‘xshash filtrlar qo‘yiladi (bu sxemada oraliq chastotaga sozlangan rezonans kontur). R1 va R2 rezistorlar yordamida VT1 tranzistor bazasiga manfiy siljitish kuchlanishi beriladi. R4S2 zanjir atrof-muhit hararati o‘zgarganida tranzistorning ishlash rejimini stabillash uchun xizmat qiladi. R3 rezistor geterodin kuchlanishini emitter zanjiriga berish uchun xizmat qiladi. SZ konden­sator emitter tokining o‘zgarmas tashkil etuvchini geterodin zanjiriga o‘tkazmaydi.


Ichki geterodinli tranzistorli chastota o‘zgartirgichlari (12.12- rasm) tranzistorlar soni va elektr ta’minoti iste’molini kamaytirish uchun qo‘llanadi. Ular tashqi geterodinli tranzistorli chastota o‘zgartirgichlariga qaraganda yomon xarakteristikalarga ega chunki bir vaqtda bitta tranzistorda aralashtirgich va geterodinning optimal rejimlarini ta’minlash mumkin emas.
.
12.12- rasm. Bipolyar tranzistordagi ichki geterodinli tranzistorli o‘zgartirgich sxemasi


Yüklə 436,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin