Imom Moturidiy, imom Tahoviy, Abul Muin Nasafiy va boshqa olimlar tomonidan yozilgan asarlarda «imon» masalasi alohida o‘rganilgan, chunki u kalom ilmining eng nozik va asosiy mavzularidan biri hisoblanadi
Ular aqida mavzusini to‘rt qismga ajratib o‘rganganlar: ilohiyot, nubuvvat, kavniyot va sam’iyot.
“Ilohiyot” iloh va Unga oid masalalar haqida bahs yuritadi
“Nubuvvat”da vahiy, payg‘ambarlik va ularga tegishli masalalar haqida bahs yuritiladi
“Kavniyot”da borliqdagi mavjudotlar – inson, farishta, jin va sababiyat qonunlari haqida bahs yuritiladi
“Sam’iyot” eshitish bilangina sobit bo‘ladigan aqidalar haqida bahs yuritadi
.
Bular asosan g‘ayb olamiga tegishli masalalar bo‘lgani uchun bu turni «g‘aybiyot» ham deyiladi
Islom besh asosga qurilgan. Ular:
Imon Namoz Zakot Ro‘za Haj
Moturidiylik kalom maktabi vakillari
Moturidiya ta’limoti vakillariga Movarounnahrda faoliyat olib borgan bir qancha olimlarni misol keltirish mumkin.
Bular: Abul Muin Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Pazdaviy, Alouddin Samarqandiy, Ibrohim ibn Ishoq Saffor Buxoriy , Nuriddin Sobuniy, Asmandiy va b.
Abul Muin Nasafiy
Imom Nasafiy o‘z davrining mashhur mutakallimi va mutasavvif olimi hisoblangan bo‘lib, fiqh ilmiga oid asarlari ham mavjud. U umri davomida o‘ndan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Olimning asarlari orasida «Tabsirat al-adilla», «at-Tamhid li qavoid at-tavhid» («Tavhid qoidalariga muqaddima») va «Bahr al-kalom» («Kalom ilmi ummoni») kabi asarlari bizgacha yetib kelgan.
Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil Nasafiy
Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil Nasafiy (1068–1142) bo‘lib, ba’zi manbalarda unga «Moturidiy» nisbasi berilgani qayd etilgan. Bu esa uning Imom Moturidiyning ma’naviy shogirdi va moturidiya ta’limotining davomchisi ekanidan darak beradi.
Abu Hafs Nasafiy o‘zining «Aqoid an-Nasafiy» («Nasafiy aqidalari») asarida moturidiya ta’limoti qarashlarini aks ettirgan.
Abu Hafs Nasafiyga «Moturidiy» nisbasi berilishiga uning Imom Moturidiy yurti Samarqandda umrining asosiy qismini o‘tkazganini ham sabab qilib ko‘rsatiladi.
Najmuddin Nasafiy o‘rta asr sharq olimlariga xos qomusiy bilim sohibi bo‘lib, zamonasining mashhur tarixchisi, faqihi, mufassiri, tilshunosi, geografi, faylasufi hamda shoiri bo‘lgan. Uning yozgan asarlari mundarijasi nihoyatda keng va rang-barang bo‘lib, bir qismigina bizgacha yetib kelgan.